Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Endi futbolda 5ta almashtirish? Buning foydasi bormi yoki ziyoni?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol uchrashuvlariga kiritilishi mumkin bo‘lgan yangi qoida haqida fikr almashadi.

Doimo futbolga kiritilgan yangi qoidalar katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lib keladi. FIFA yaqinda futbol uchrashuvlari orqali futbolchilarning sog‘lig‘iga putur yetkazmaslik maqsadida mavsum so‘nggiga qadaro‘yin davomida 5 ta o‘zgarishdan foydalanishga ruxsat berish borasida qaror qabul qildi. Xo‘sh,bu qay darajada foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin?

Foydali

1. Birinchi navbatda futbolchilarni jarohat olishdan asrab qolish imkoni yanada oshadi.Kuchli birinchiliklardagi to‘p uchun kurash juda ayovsiz tarzda kechishi odatiy holga aylanib bo‘lgan. Shifokorlarning fikricha, futbolchilardagi kuchli toliqish jarohatlarga olib kelmoqda. Ayniqsa, karantin chog‘ida uyida qolgan va sport formasini tiklab olmagan futbolchilar uchun jarohat ortirib olish xavfi juda yuqori. Boz ustiga, butun boshli jamoalar katta futbolga qaytgach, avvalgi tartibda barchasini davom ettirish mushkul.

  1. Bu qaror futboldagi intensivlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, agar mavsum so‘nggiga qadar jamoalar beshtadan futbolchi almashtirsa, o‘yinning tezligi tushib ketmaydi. Bu uchrashuvning tomoshabopligini va qizg‘in o‘tishini ta’minlab beradi. Maydonga tushgan yangi futbolchilar ehtiyot bo‘lib harakat qilayotgan futbolchilar bilan birgalikda tushib ketgan tempni ko‘tarishga hizmat qilishi mumkin.

3. Murabbiylar uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Hatto dekabryoyida bunday tashabbus bilan shaxsan Pep Gvardiola ham AFAga murojaat bilan chiqqan edi. Uning aytishicha, agar o‘yin davomida 5 yoki 6 ta almashtirishdan foydalanisa, jamoadagi barcha futbolchiga o‘yin amaliyoti taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, murabbiylar bir o‘yin davomida bir necha bor taktikani o‘zgartirishga ham muvaffaq bo‘lishgan bo‘lar edi. Misol uchun, agar Jozega o‘yin davomida 5 ta o‘zgartirish amalgaoshirish imkoni berilganida, u APLning bir nechta uchrashuvlarini ortiqcha qiyinchiliksiz taktik mahorati evaziga yutib chiqqan bo‘lar edi. Kuchsiz jamoalar esa, grandlarga qarshi uchrashuvda yanada ishonch bilan harakat qilishi va istalgan daqiqada “jokker”ni janggatashlash imkonini qo‘lga kiritgan bo‘lar edi.

4. O‘z-o‘zidan ko‘plab futbolchilar uchun o‘yin amaliyoti ham yaratib berish mumkin. Mavsum boshida 30 futbolchi ro‘yxatdan o‘tkaziladi, biroq maydonda bor-yo‘g‘i 14 tagina futbolchi to‘p suradi. Mantiq qani? Xo‘sh, maydonga tushmaydigan futbolchilar uchun nega klublar maosh to‘lashi lozim? Ayniqsa, pandemiyadan so‘ng og‘ir kriziz chog‘ida? Hech bo‘lmasa, yosh va iqtidorli futbolchilar uchun ham qo‘shimcha o‘yinchi almashtirishlariga ruxsat berish mumkin. Juda bo‘lmaganda, FIFA va UEFA jarohat olgan futbolchilarni almashtirish uchun bonus tariqasida yana ikkita futbolchi almashtirishga ruxsat berishni o‘ylab ko‘rishi kerak.

Hammasi o‘z o‘rnida qolsin!

1. Telba-teskari futbol! Aslida, asosiy tarkibda maydonga tushmagan futbolchilar o‘z-o‘zidan o‘yinni tomoshabin sifatida tomosha qilishadi. To‘g‘ri, o‘yinchi almashtirish foydali bo‘lishi mumkin, biroq bu o‘zgarishlar o‘yinning asl mohiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir. Tajribali murabbiylar o‘yinning so‘nggi 15 daqiqasida 3 yoki 4 o‘yinchini zaxiraga olish orqali faqat hisobni saqlab qolish va vaqtni o‘ldirishi mumkin. Murabbiylar g‘alaba uchun barcha ishni amalga oshirayotgan bir paytda futbol maydoni shaxmat doskasiga aylanib ketmasligiga kim kafolat bera oladi?

2. Nima uchun quyi divizionlarni hech kim tomosha qilmaydi? Axir u yerda hatto 10 ta o‘yinchi almashtirishga ham ruxsat borku! Aslida, Angliyaning quyi dviziolarida ham ba’zan istisno tariqasida bir nechta futbolchi almashtirish mumkin. Ayniqsa, ayrim xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi tinimsiz futbolchi almashtirishlar ko‘pchilikning e’tiborini tortgan bo‘lsa, ajab emas. Hech sezganmisiz, mana shunday almashtirishlar futbolga bo‘lgan qiziqishning pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Katta uchrashuvlardagi tinimsiz to‘xtalishlar futbolchilarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Katta ehtimol bilan, hatto yuqori darajadagi ijrochilar ham bunday o‘zgarishga tayyor emas.

3. Agar klublar bu qoidaga o‘rganib qolishsa, barchasi iziga tushgach, yana shu qoidani ishga tushishini talab qilishlari turgan gap. Birinchilardan bo‘lib, futbolchilar og‘ir mashg‘ulotlardan halos bo‘lgach, ancha yengil tortishadi. Shu sababli, Ispaniya futbol federasiyasi o‘yin davomida 5 ta futbolchi almashtirishni sinovdan o‘tkazishni ham istamadi. Ular shu qarorlarini quyidagicha izohlashgan edi: “Agar futbolchi va murabbiylarga ularning ishlarini yengillatadigan biror bir qoida kiritsangiz, hech qachon buning manfiy tomoni haqida so‘zlashmaydi. Ular o‘zlari uchun qulay bo‘lgan sharoitda faoliyat olib borish tarafdori. Biz esa, futbolning muxlislar uchun yoqimli bo‘lishini istaymiz”.

4. Grandlar g‘alaba qozonishi ehtimoli ko‘payib ketadi. Tassavur qiling, Gvardiolaning “Manchester Siti”si kamtarin “Genk” bilan mehmonda to‘qnash kelmqoda. Birinchi bo‘limdan so‘ng, hisob mezbonlar foydasiga (aytaylik — 1:0). Ikkinchi bo‘limda Pep 3 yangi futbolchi bilan vaziyatdan chiqib keta olmas, biroq yarim jamoani almashtirish orqali o‘yinni osonlik bilan o‘zi tomon og‘dirib olishi mumkin. Boz ustiga, grandjamoalarning zaxira qudrati o‘rtamiyona klublarnikidan keskin farq qiladi. Bu esa, tablodagi natijaning yakunda grandlar tomoniga o‘zgarishi bilan tugash ehtimolini keskin oshirib yuboradi.

Muallif fikri

P.S. Umuman olganda, futbol sport turi sifatida shakllanganida, unda futbolchi almashtirilishiga ruxsat berilmagan. Yillar o‘tgach, avvaliga ikkita, keyin uchtagacha zaxira futbolchisining maydonga tushishiga ruxsat berildi. Endlikda, bu son 5 taga yetishi mumkin.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:59, 09.05.2020. O'qildi: 6696 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик