O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Professional futbol ligasi bayrog‘i ostida o‘tadigan uchrashuvlarning real vaqt rejimi (internet onlayn shakl)dagi audiovizual huquqlarini olish uchun translyator va telekommunikasion kompaniyalar, shuningdek sport huquqi sohasidagi agentliklar o‘rtasida tender e’lon qiladi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi FIFA hamda OFK normalari asosida o‘tkaziladigan musobaqalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning tashkilotchisi sifatida audiovizual huquqlariga bevosita egalik qiladi.
Tenderda ishtirok etish niyatida bo‘lgan kompaniyalar 2020 yil 5 iyun kuni (soat 18:00)ga qadar rasmiy so‘rov yuborishlari talab etiladi. Murojaatlar marketing@ufa.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Belgilangan muddat yakuniga yetgach tenderda qatnashish istagini bildirgan barcha kompaniyalarga audiovizual huquqlarning qay tartibda taqdim etilishi batafsil ma’lum qilingan rasmiy hujjatlar jo‘natiladi.