Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • 0:3
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • 0:2
      • Roma
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • -:-
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 17 39
2 Milan 17 38
3 Napoli 17 37
4 Roma 19 36
5 Yuventus 19 34
6 Komo 18 33
7 Bolonya 17 26
8 Atalanta 18 25
9 Lasio 18 24
10 Sassuolo 19 24
11 Torino 18 23
12 Udineze 18 22
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 17 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 18 12
19 Verona 17 12
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vladislav Xan: «Biz mashg‘ulotlarga ruxsatni, intizorlik bilan kutayapmiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ayollar futboli / Futbol chempionati
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zingizga ma’lum, mamlakatimizda boshlangan koronavirus pandemiyasi tufayli karantin joriy etildi. Ko‘plab sohalar kabi, yurtimiz futbolida ham majburiy tanaffus vujudga keldi. Futbolchilar uy sharoitida jismoniy holatlarini ushlab turish uchun yakka holda mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Biz klubimiz bosh murabbiyi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Xan Vladislav Nikolayevich bilan telefon orqali bog‘landik. Va klubda karantin jarayoni qanday kechayotgani, agar ruxsat etilsa mashg‘ulotlar qayerda va qanday boshlanishi va boshqa masalalar haqida fikrlashdik.

— Hammangizga ma’lum, karantin yurtimizda hamon davom etmoqda. Hammamiz karantin talablariga sabr bilan amal qilayapmiz. Bu talablar avvalo siz va bizning sog‘-omon bo‘lishmizga qaratilgan. Inson sog‘ligi hamisha eng muhim sanaladi. Biz futbolchilarimiz bilan faqat telefon va internet orqali aloqada bo‘lib turibmiz. Futbolchi qizlarimiz imkon qadar yakka tartibda, karantin talablariga rioya qilgan holda shug‘ullanishmoqda. Eng qizig‘i ular professional futbolga qadam qo‘ygandan buyon o‘z oilasi bag‘rida kamdan-kam bo‘lishardi. Karantin bunga imkoniyat yaratib berdi. Futbolchilarimizning aksariyati mamlakatimiz oliygohlarida ta’lim olishadi, o‘z o‘rnida ular o‘zlarining o‘qishlariga ham e’tiborli bo‘lishdi deb, o‘ylayman. Umid qilamanki, badiy kitoblar ham mutaola qilishdi.

O‘z o‘rnida shuni ta’kidlashni istardimki, bosh homiymiz – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyati, shaxsan klubimiz prezidenti Shuhrat Choriyevichga o‘z nomimdan va jamoamiz a’zolari nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman. Chunki, biz mana shu karantin davrida ham maoshlarimizni o‘z vaqtida olib turdik. Hatto bizning xodimlarimiz uchun mo‘ljallangan bayram mukofot pullarini ham vaqtida to‘lab berishdi. Bu chetdan qaraganda oddiy holdek bo‘lishi mumkin. Lekin, vaholanki karantin davrida bu ham futbolchilarimiz, xodimlarimizga ham moddiy, ham ma’naviy dalda bo‘layapti. Bundan juda minnatdormiz.



Suratda: o‘ngdan chapda «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ bosh direktori, «Sevinch» PFK prezidenti Shuhrat Choriyevich Aslanov.

Mana rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarimiz orqali xabardorsiz, klubimiz qarorgohida juda katta ta’mirlash ishlari ketayapti. Qarorgohimiz butunlay yangilangan va juda qulay imkonyat va sharoitlarga ega bo‘ladi. Bundan biz juda xursandmiz va minnatdormiz. O‘z o‘rnida biz murabbiylar va futbolchilarimiz ham, bu g‘amxo‘rlikka javoban oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo‘yamiz va bunga erishish uchun bor kuchimizni ayamaymiz.

Endi mashg‘ulotlarni qayerda va qachon boshlashimiz haqida. Biz, klubimiz rahbariyati bilan bu borada bir necha marta muhokama qildik va qarorga ham kelganmiz. Rahbariyatimiz, agar O‘zbekiston futbol assosasiasiyasi tomonidan mashg‘ulotlarga rasman ruxsat berilsa, har qanday sharoitni yaratib berishga tayyor. Birinchidan shu vaqt mobaynida qarorgohimizdagi ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetsa, albatta qarorgohimizda. Darvoqe, hozir shaxsan klubimiz prezidenti tomonidan ta’mirlovchilarga ta’mirlash ishlarini jadallashtirishga ko‘rsatma berilgan. Agar maboda bu ishlar tugallanmay qolsa, bosh homiymiz tasarrufida viloyatimizning tog‘li hududi, Shaxrisabz tumanining Miroqi qo‘rg‘onidagi bolalar dam olish lageri bor. Bu lagerda o‘quv-yig‘in o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Biz u yerda ham tayyorgarlik yig‘ini tashkil qilishimiz mumkin. Bundan boshqa ham variantlar bor. Faqat mashg‘ulotlarni boshlash rasmiy ruxsatni intizorlik bilan kutayapmiz.

Jamoamiz tarkibi ham qisman o‘zgargan, hamma futbolchilarimizni PFLdan ro‘yxatdan o‘tkazdik. Biz o‘z an’anamizga ko‘ra yoshlarga ko‘proq e’tibor beramiz. Nasib etsa, bu yil ham tarkibimizda bir qancha yoshlar maydonga tushishadi.

Yana bir narsa haqida to‘xtalmoqchiman, kuni kecha Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lgani haqida rasmiy xabar berildi. Bu xabar bizni xursand qildi, chunki Imomxo‘jayevlar oilasini mamlakatimizda bilmagan odam topilmasa kerak. Bu oila vakillarini futbolimizga qo‘shgan hissalari beqiyos. Bizning klubimiz ham Axbor Imomxo‘jayev bilan ko‘p yillar hamkorlik va hamrohlik qilganmiz. Biz hozir ham Axbor aka bilan do‘stona aloqadamiz. U kishi futbolchi qizlarimizni xuddi o‘zining farzandidek ko‘radi. Ayollar futboli bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa yoki biron tadbir bo‘ladimi u kishi hamisha hoziru-nozir. Xullas, Imomxo‘jayevlar oilasi ayollar futboliga befarq emas. Diyor Imomxo‘jayev ham shu oila vakili, albatta. Yosh va izlanuvchan mutaxasis. Umid qilamanki, yurtimiz ayollar futbolini yanada rivojlantirish uchun endi, PFL bilan yanada yaqindan hamkorlik qilamiz.



Shaxsan o‘zim, Diyor Imomxo‘jayevni yangi lavozimda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

So‘zimni oxirida, hamma-hammaga mustahkam sog‘lik tilayman. Karantin talablariga qattiq rioya qiling va o‘zingizni hamda yaqinlaringizni asrang!

Suhbatni klub matbuot xizmati uyushtirdi.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 15:08, 27.05.2020. O'qildi: 2826 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 6
4 Наполи Rasmus Xeylund 6
5 Комо Anastasios Duvikas 6
6 Ювентус Kenan Yildiz 6
7 Милан Rafael Leau 6
8 Интер Xakan Chalxanoglu 6
9 Болонья Rikkardo Orsolini 6
10 Торино Djovanni Simeone 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.