Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transferlarsiz “YUventus” tarkibi qanday ko‘rinish olgan bo‘lar edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Turinning “Yuventus” jamoasi so‘nggi yillarda ketma-ket Italiya chempionligini qo‘lga kiritayotgani hech kimga sir emas. Tan olish lozim, “Yuve”ning g‘alabalarida o‘rinli transferlar katta rol o‘ynaydi. Bir tasavvur qilib ko‘ring, agar jamoa safida faqat akademiya tarbiyalanuvchilari harakat qilishganida, tarkib qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?

Darvozabon. Antonio Mirante

Antonio “Yuventus” akademiyasiga 2000-yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘zining ilk professional shartnomasini 2004-yilda imzolagan. Afsuski, u “abadiy Buffon” davri qurboni bo‘ldi. Klub yosh darvozaboni qatorasiga 3 yil davomida turli klublarga ijara asosida jo‘natdi va yakunda Mirante “Sampdoria” safiga borib qo‘shildi. Afsuski, qahramonimiz u yerda ham muhim o‘rin olishni udday olmadi va “Parma” darvozasini qo‘riqlashni boshladi. Keyin “Bolonya”da ko‘rinish berdi. Ayni damda “Roma”ning ikkinchi darvozaboni sanaladi.

Himoyachilar. Dominiko Krishito

Dominiko himoyadagi universal futbolchi. U qanotda va markazda birdek faollik namoyish eta olishiga qaramay, “Yuve” safida atigi 8 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. O‘yin amaliyoti yetishmaganligi bois uni “Jenoa”ga ijaraga berib yuborildi. Krishito yangi jamoasi tarkibida juda yorqin o‘yin namoyish etgani bois hatto terma jamoadan ham chaqiruv oldi.
2011-yilda uning transfer huquqini “Zenit” sotib olganidan xabaringiz bor. Himoyachi naqd 7 yil davomida piterliklar sharafini munosib himoya qildi va shartnomasi yakunlangach yana “Jenoa”ga qaytib ketdi.

Daniyele Rugani

Italiyada koronavirus bilan birinchilardan bo‘lib og‘rigan Rugani “Yuventus” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Mavsum so‘nggida klubni tark etishi kutilayotgan Rugani “Yuventus” jamoasiga rotasiya chog‘ida katta naf keltirdi, biroq top darajadagi himoyachiga aylana olmadi.

Federiko Mattyello

Federiko “Yuventus”ning yoshlar jamoasi yetakchisi bo‘lganiga qaramay, himoyadagi raqobat sababli Turin klubi sharafini atigi 2 ta uchrashuvdagina himoya qildi xolos.

Jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, Italianing turli jamoalarida to‘p surishni boshladi. Afsuski, birorta jamoada o‘rnasha olmadi va grand jamoalar radaridan yo‘qolib qoldi. Shunday bo‘lsada, u hali juda yosh va faoliyatini qayta ishga tushirishi mumkin.

Rojerio

Braziliyalik himoyachi klubga 15 yoshida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida tashrif buyuradi. Jismonan baquvvat, tehnikasi kuchli bo‘lishiga qaramay unga biror marotaba maydonga tushish imkoniyati yaratib berilmaydi. Oqibatda, “Yuve” himoyachini o‘zining norasmiy “farm klubi”ga aylanib ulgurgan “Sassuolo”ga jo‘natib yubordi. E’tiborlisi shundaki, himoyachi qisqa muddat ichida yangi jamoasining asosiy futbolchisiga aylandi v ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishni boshladi. Tez orada klub uni yana Turinga qaytarishi hech gap emas.

Yarim himoyachilar. Luka Marone

Luka 8 yoshidan boshlab “Yuventus” akademiyasiga qabul qilingan. Barcha yosh toifasidagi jamoalarda to‘p surgach, Chiro Ferrera uni asosiy jamoaga o‘tkazadi. Qisqa muddat “Yuve”ning asosiy tarkibida ko‘rinish bergan futbolchi murabbiy iste’foga chiqqan zaxira o‘rindig‘ida ham ko‘rinmay qoldi. Keyinchalik klub uni turli klublarga ijaraga berishni boshlab yubordi. Ayni damda uning transfer huquqi “Verona”ga tegishli, biroq u “Krotone”da ijara asosida to‘p surmoqda.

Franchesko Kassata



Kassata ham 8 yoshida “Yuventus” akademiyasida shug‘ullanishni boshlaydi. Afsuski, akademiyaning 80 foiz tarbiyalanuvchilari singari u ham o‘z imkoniyatiga ega bo‘lmay turib o‘zi uchun boshqa jamoa izlashga tushib ketadi.

“Yuve” uni avvaliga “Sassuolo”ga jo‘natdi, biroq Kranchesko ishonchni oqlay olmadi. Keyin “Jenoa”ga yuborildi. Tan olish lozim, bugungi kunda futbolchi o‘z o‘yinini topib oldi.

Filippo Romanya



Filippo chinakam universal futbolchi. U tayanch zonasida ham markaziy himoyada ham birdek naf keltirishga qodir. Afsuski, futbolchi Turinda muhim o‘rnasha olmadi va 2017-yilda uni “Kalyari” sotib oldi. Afsuski, yangi jamoasida ham Filippo kutilganidek o‘yin namoyish etmadi va “Sassuolo”ga ijara asosida berib yuborildi.

Hujumchilar. Sebastyan Jovinko

14 yoshida klub akademiyasiga tashrif buyurgan futbolchi o‘z davrida Italiyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanalar edi.

2007-yilda Turin klubi u bilan professional shartnoma imzolaydi va “Empoli”ga ijaraga berib yuboradi. 2010-yilda futbolchiga “Parma” jamoasi asosiy tarkibdan o‘rin naqd qilingan shartnoma taklif etadi va Jovinko taklifni qabul qiladi.

Oradan bir necha yil o‘tgach, Jovinkodagi o‘sishni ko‘rgan “zebralar” uni ortga qaytarishadi. Afsuski, Jovinko ikkinchi urunishda ham “Yuventus”da ushlanib qola olmaydi. Oqibatda, 2015-yil kutilmaganda Jovinko MLSga yo‘l oladi. Okean ortidagi eng kuchli futbolchilardan biriga aylangach, Saudiya Arabistonining “Al Xilol” klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Chiro Immobile



Chiro Neapol shahrida tavallud topganiga qaramay, yoshligidan “Yuventus”ga muxlislik qilgan. Shu sababli, “Napoli” akademiyasi turib Turinga ko‘chib keladi.

Barcha yoshlardagi “Yuventus” klubi sharafini himoya qilgach, sekin-asta asosiy asosiy jamoada ko‘rinish berishni boshlaydi. Afsuski, tajribasizligi bois o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olmaydi va “Yuve” uni 2013-yilda “Torino”ga sotib yuboradi.

Turinning boshqa bir jamoasida Chiro chinakamiga o‘zini anglaydi va mavsum to‘purariga aylanadi. Keyin “Borussiya Dortmund”ga o‘tgan futbolchi jamoaning o‘yin uslubiga mos kelmaydi va yana Italiyaga qaytadi. Ayni damda Rimning “Latsio” klubi bilan chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Moyze Kin

O‘tgan mavsumda “portlash”ni amalga oshirgan Moyze ham “Yuventus” akademiyasi mahsuli sanaladi. Jismonan baquvvat, kuchli zarba va so‘nggi pasga ega hujumchi o‘zining ilk professional mavsumidayoq barchaning e’tiborini qozondi va hatto Italiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Keyinroq “Yuve” tarkibdagi hujumchilar zichligi bois “Everton”ga sotib yubordi. Afsuski, Moyze ayni damda APL o‘yin ritmiga moslasha olmayapti. Shunday bo‘lsada, u hali juda yosh va katta futbolda o‘z so‘zini aytishga qodir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:56, 31.05.2020. O'qildi: 6584 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик