Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: «Xavinesta»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir paytlar futbolda "Xavinesta" iborasi bo‘lardi. Birgalikda jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan bu ikki futbolchi shu darajada e’tiborli juftlik bo‘lgandilarki, hatto ularsiz Messi ham o‘rtamiyona futbolchi, deb yuboradiganlar bo‘lgandi. Shubhasiz, ba’zilar tomonidan, futbol tarixidagi eng kuchli jamoa deb tan olinadigan 2009-2012 yillardagi "Barselona" ham asosan mana shu ikki futbolchining yelkasida turardi.

Bu futbolchilar aslida bir xilmi yoki farqli, ularni qanday eslab qolishimiz va yoshlarga qanday hikoya qilib berishimiz kerakligi haqida rus blogeri Stanislav Rinkevich yozibdi:

"O‘ylashimcha, Xavi va Inyesta tarixga duet sifatida kiradilar. Vaqt o‘tgan sari. ularni alohida eslash kamayib boraveradi. Bu futbolchilarni vikipediya ma’lumotlari yoki internetdagi lavhalar orqali biladiganlar haqida aytganda. Ularni o‘yinini ko‘rmagan, xuddi shunday shaklda biladigan jurnalistlar, tabiiyki, duet sifatida aytib berishlari tabiiy, chunkr o‘ziga xos jihat bor — akademiyaning ikki tarbiyalanuvchisi klubda 6 va 8, terma jamoada esa, 8 va 6 raqamlarda to‘p surib, yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutib oladilar. Aksariyat hollarda, bu duet Messi haqidagi hikoyalarda ko‘p tilga olinadi — "Xavinestasiz Messi bo‘lmas edi" deb yozishadi ular.

Aslida esa, Xavi va Inyesta butunlay farqli bo‘lgan va turlicha yo‘lni bosib o‘tgan ikki futbolchidir.

Xavi  —  o‘z vaqtida Gvardiolaga o‘rinbosar sifatida qaralgan, hatto akademiyada yurgan chog‘dayoq, o‘zi haqida shunday gapirishlariga majbur qilgan. Ammo asosiy faoliyatini u soyada o‘tkazdi. Hamma eslab qolgan Xavi  —  "Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lgan, qoplab golli uzatmalarni amalga oshiradigan futbolchi. Bu Xavining cho‘qqisi. Bu cho‘qqiga esa, aynan Gvardiola yaratgan tizim yordamida chiqqandi. Aynan Gvardiola davrida Xavi soyadan chiqdi va e’tiborga sazovor bo‘ldi.

28 yoshgacha u ancha orqaroqda, deyarli tayanch yarim himoyachida to‘p surgan. Raykard davrida hatto u "Barselona"ni tark etish haqida o‘ylagandi. Chunki uning maydondagi pozisiyasi futboldan zavq olish imkonini bermayotgandi.

Qisqa qilib aytganda, Xavining hikoyasi shuki, u uzoq vaqt bir xil musiqani chalib yurgan, ammo qachondir, o‘sha musiqa urfga aylanib, mashhur bo‘lib ketgan musiqasini eslatadi.  

Inyesta esa, boshqa, ko‘proq "jim yursang, uzoqroqqa borasan" maqolini eslatib yuboradi. Bu tomondan u Xavidan ko‘ra, Messiga o‘xshab ketadi. Ancha kamtar bo‘lgan, lekin futbolni tushunishi bilan jamoasi uchun juda muhim o‘yinlarni yutib bergan qahramon. Bir qaraganda, u qadar ko‘zga tashlanuvchi harakatlar qilmaydi, lekin terma jamoa bilan hammasini yutgan. U qadar urf emasdir, lekin hamma yaxshi ko‘rgan. "Barselona"da uni "bazmlar qiroli" deb ham atashar edi.

Qizig‘i, uning gollari  —  aynan u "Chelsi"ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida barchasining oyog‘ini osmondan qilib yuborgan zarbani ijro etgandi. U Niderlandiya darvozasiga jahon chempionati finalida hal qiluvchi golni urgan. Xuddi Messi kabi, Inyesta ham, yoshi katta bo‘lgachgina, sardorlik qila boshladi, o‘shandagina uni biz janjallarga aralashgan, jamoadoshlarini yonini olgan holatda ko‘rdik. Shu tomoni bilan u Xavidek provakator emas, shuning uchun Ispaniyaning barcha stadionlarida olqishlanadi.

Ularning kuchi o‘zaro tushunishda edi. Ular haqida "farqli bo‘lganliklari uchun ham zo‘r bo‘lishgan" yoki "xuddi siam egizaklaridek" deb baholab yuborishdan tiyilish kerak. Ularning o‘xshashliklari shunda ediki, futbolni bir xil ko‘rardilar, jamoaga o‘ynardilar va to‘p bilan o‘ta nozik muomala qila olardilar.

Lekin agar Xavini "jarayon" deb ataydigan bo‘lsak, Inyesta  —  natija. Xavi asosan o‘yinlarning "Barselona" tashabbusi ostida o‘tishini ta’minlashga javob berardi. U xuddi 90 daqiqa diktant davomida o‘quvchilarga matnni aytib berib turadigan ona tili o‘qituvchisiga o‘xshaydi. O‘xshatishni davom ettirsak, Inyesta so‘nggi partada o‘tiradigan va olimpiada paytlarida to‘g‘ri javobni hammadan oldin topib qo‘yadigan o‘quvchi. Javob ham ko‘pincha, kutilmagan, noan’anaviy yo‘l bilan topiladi, deyish ham mumkin".

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 21:43, 05.06.2020. O'qildi: 4286 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик