Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

AGMK — "Mash’al" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Superliganing 6-turi doirasidagi bahsda jamoamiz Olmaliqda "Mash’al"ni qabul qiladi.

Aslida birinchi davrada AGMK Muborakda mehmon bo‘lishi ko‘zda tutilgan bahs Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati tufayli birinchi davra o‘yini manzili o‘zgartirildi.

Kuzda o‘tishi rejalashtirilgan ikkinchi davradagi bellashuv Osiyo chempionati paytiga to‘g‘ri kelgani bois PFL har ikkala jamoalarning o‘zaro roziligi evaziga o‘yinni Olmaliqqa ko‘chirdi.

Dilyaver Vaniyev boshchilik qilayotgan "Mash’al" ayni dam chempionatda 6 ochko bilan 9-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa karantindan keyingi restartni ikkita durang bilan qarshiladi. Dastlab "Surxon" bilan murosaga kelingan bo‘lsa, so‘ngra "Nasaf" bilan ochko bo‘lishishdi.

Qizig‘i, jamoa karantindan avvalgi turda ham durang o‘ynagan va qatorasiga uch bellashuvdan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. "Mash’al" asosan o‘yinni himoyadan qurib, qarshi hujumga tayanadigan o‘yin uslubini joriy qiladi.  Mudofaa chizig‘i nisbatan barqarorligi tufayli muborakliklar eng kam gol o‘tkazish borasida to‘rtta gol o‘tkazgan holda to‘rtinchi jamoa bo‘lib turibdi.

"Mash’al" 5 o‘yinda jami 6 gol urgan. Dastlab "So‘g‘diyona"ni 3 ta gol bilan siylagan muborakliklar "Qizilqum"ga bitta gol urgan va Termizda "Surxon" darvozasi 2 marotaba ishg‘ol etilgandi. Gollarga Meliyev (2), Pavlenko (2), Normurodov va Abdusalomov mualliflik qilishgan.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK ayni paytda 11 ochko bilan turnir jadvali "uchligi"dan joy olgan. Jamoamiz hozircha mag‘lubiyatsiz seriyani "Nasaf" bilan birgalikda davom ettirmoqda.
AGMK mavsumni uyda "Metallurg" (1:1) bilan durang qayd etgan holda boshladi. Keyinchalik Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga (1:1) qarshi bahsda yana g‘olib aniqlanmadi. Olmaliqda o‘tgan "Bunyodkor" (2:0) bilan bo‘lgan to‘qnashuvda jamoamiz ishonchli g‘alabani tantana qildi. So‘ngra Navoiyda "Qizilqum" (1:0) ustidan g‘alaba qozonildi va o‘tgan tur jamoamiz "Surxon"dan ustun keldi.

Jamoamiz chempionatda eng kam gol (-2) o‘tkazib yuborgan hamda “Nasaf” bilan birgalikda mag‘lubiyatga uchramagan jamoa sifatida qolmoqda.
AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov, Elguja Grigalashvili va Arslonmirat Amanov mualliflik qilishgan.

AGMK O‘zbekiston milliy chempionatida o‘tkazgan 344 o‘yindan 122tasi g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 471-503.

AGMK - "Mash’al" jamoalarining o‘zaro uchrashuvi tarixiga nazar tashlasak, bunga qadar barcha musobaqalarda jami 20 o‘yin o‘tkazilgan. Bu borada ustunlik muboraklikla tarafida. AGMK 7 g‘alaba, "Mash’al" 9 yutuqqa erishgan. Qolgan 4 uchrashuv durang bilan tugagan. To‘plar nisbati: 21-23.

Ushbu jamoalar Olmaliqda jami 11 o‘yin o‘tkazishgan. Uydagi o‘yinlarimizda AGMK 7 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Superliga, 6-tur.
27 iyun, shanba.
AGMK – MASH’AL (19:00)
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Sultonmurod Ulfatov, Sardor Nishonboyev, To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Tambovsev
Komissar: Ramil Ilyasov.
Translyasiya: «Mahalla».

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 20:36, 24.06.2020. O'qildi: 4272 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик