Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Eski maktab» APLga qaytmoqda. Ular nimalarni o‘tkazib yuborishdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz uzoq tanaffusdan so‘ng yana elitaga qaytgan “Lids”ni tabriklaydi.

“Taxtlar o‘yini” serialidagi Jeymi Lannister obrazini gavdalantirgan daniyalik aktyor Nikolay Koster-Valdau “Lids”ning APLga qaytganidan juda mamnun ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Hatto sevimli jamoasining murabbiyiga ta’sirli xat ham jo‘natib yubordi.

“Lids” muxlislari APLsiz o‘tgan yillar davomida 20 ta murabbiyga ishonch bildirishdi, biroq faqat Marselogina o‘z ishini uddaladi. Taniqli aktyorning qizchasi “Lids” APLni tark etgan chog‘da endigina 3 yoshda edi. Bugungi kunga kelib, bu qizaloq allaqachon tongda o‘z mashinasini boshqargancha ishga yo‘l olmoqda. Qo‘shimchasiga futbol olamida ham juda ko‘p narsalari o‘zgarib ketdi. Keling, avvaliga “Lids”ning APLdagi so‘nggi mavsumidagi futbol olamidagi ulkan voqealarni yodga olamiz. Keyin klubning APLda qolish imkoniyatlari haqida biroz fikr almashamiz.

Arsenal” yengilmas jamoaga aylangan davr aynan “Lids”ning elitadagi so‘nggi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Arsen Venger shogirdlari APLda biror marotaba mag‘lub bo‘lmay turib oltin medallarni o‘ziniki qilgan birinchi va bugungi kunga qadar so‘nggi jamoa bo‘lib turibdi. So‘nggi yillarda bu tryukni qaytarishga Klopp va Gvardiola urbnib ko‘rdi, biroq urinishlar omadsiz yakunlanmoqda.

“Benazir” atamasi ham aynan 2004-yilda dunyoga kelgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Qitmir ingliz jurnalistlari Jozening APL bosimiga dosh bera olishi bilan qiziqqadi va murabbiy ularga qarata o‘sha mashhur: “TheSpecialone” atamasini ishlatadi. Ortidan «ECHLda zafar quchgan murabbiyga APL chikora”, deb qo‘shib ham qo‘yadi. Ko‘p o‘tmay, Joze o‘z so‘zida turdi va “Chelsi” bilan chempionatda zafar quchdi. Afsuski, qahramonimiz so‘nggi yillarda “Benazir” atamasiga sira mos kelmmaydigan futbol namoyish etmoqda.

2004-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida Gresiya sensasion ravishda g‘olib chiqadi. Rekxagel shogirdlari musobaqa davomida sabr-matonat ko‘rsatgancha finalga qadar yetib boradi. Finalda esa, Figu va Ronaldu singari ijrochilari bor Portugaliya yana bir bor mag‘lub etiladi. “Lids” muxlislari alamdan o‘zlarini qo‘yarga joy topa olmayotgan bir paytda, Afinada xalq katta bayram uyushtiradi. Greklar katta futbolda uzoq vaqt yetakchilik qilishi kutilgan edi. Ayniqsa, himoyaviy futbolning urfga kirishi jamoa muxlislaridan ishonch uyg‘otadi, biroq yakunda 2004-yildagi chempionlik baxtli tasodif ekanligi ayon bo‘ladi. Finalda yengilgan Portugaliya o‘sha final alamini 2016-yilda Fransiyadan oladi va Yevropa taxtiga baribir ko‘tariladi.

“Real” chinakam “galaktikos” edi. Tarkibida Bekxem, Karlos, Figu, Ronaldo, Zidan, Guti singari futbolchilar bor klubning futbolkalari sayyoramizning istalgan nuqtasida mavjud edi. Bugungi kunda bu yigitlar turli-tuman sohalarda o‘zini sinab ko‘rmoqda. Karlos buva bo‘lishga ulgurgan bo‘lsa, Bekxemning endilikda o‘z klubi mavjud. Zidan nima bilan band ekanligini yaxshi bilasiz. O‘sha “Galaktikos”dan faqat Ramosgina “Lids”ning elitaga qaytguniga qadar futbol olamini tark etgani yo‘q. Tan olish lozim, penaltilar ustasi ayni damda ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Aynan “Lids” elitani tark etgan yili Lionel Messi dunyo futboliga chiqib keladi. Leoning “Barselona” libosidagi ilk rasmiy uchrashuvi 2004-yilning 16 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Kataloniya derbisida Deku 30-raqamdagi (hech kimga hali tanish bo‘lmagan) Messiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Italyancha familiyadagi Argentina pasporti egasi 17 yoshlik o‘spirin sifatida katta futboldagi ilk qadamini tashlaydi. O‘sha uchrashuvda unga himoyachilar aytarli imkon qoldirishgani yo‘q, biroq Ronaldinyo Messini “Barselona”ning kelajagi deb ataydi. Ko‘p o‘tmay, aynan Messi Ronaldinyoni “Barselona”dagi birinchi raqamli yulduz emasligini isbotlab qo‘yadi. “Lids” quyi dvizionlarda harakat qilayotgan chog‘da Leo 6 bor “oltin to‘p”ni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

“Manchester Siti” APLdagi mavsumni 16-o‘rinda tugatadi. “Siti” 2004-yil yakunida 41 ochko jamg‘aradi. Bu APLdan tushib ketgan “Lids”ning ochkolaridan atigi 8 ochko ko‘p degani. “Arsenal” esa, 90 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ladi. Aynan shu ko‘rsatgich “kononirlar” va “shaharliklar”o‘rtasidagi farq qay darajada o‘zgarib ketganini ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari, “Charlton”, “Bolton”, “Fulxem” singari klublar kuchli o‘nlikda musobaqani yakunlaydi. Bugungi kunda ular pastgi ligalarda jon saqlash bilan ovora.

Marselo Byelsa 2004-yilda bo‘lib o‘tgan olimpiadada Argentina bilan g‘olib chiqadi. Uzoq kutilgan oltin medallarni aynan Marselo argentinaliklarga sovg‘a qiladi. Bu ushbu yurt tarixidagi ilk Olimpiada oltin medallari bo‘lib, murabbiy chinakamiga xalq qahramoniga aylanadi. O‘sha tarkibda to‘p tepgan futbolchilar (Kabalyero, Ayalo, Burdisso, Maskerano, Xaynse, Saviola, Teves, Leandro Fernandes...) super yulduzlarga aylanib bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Argentina futbol jamoasi musobaqa davomida barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonibgina qolmay, o‘z darvozasidan to‘p ham olib chiqmaydi. Raqiblari darvozasiga javobsiz 17 ta gol kiritgan Argentina ustozi keyinchalik 16 yil davomida birorta musobaqada g‘alaba qozonishni uddalay olmaydi. Marselo ham 16 yil davomida 1-o‘rinni egallay olmaydi, lekin “Lids” murabbiyning uzoq yillik orzusini ro‘yobga chiqardi va Chempionshipda g‘alaba qozondi.

“Lids” APLda ushlanib qoladimi?

Faqat umid qilishdan boshqa choramiz yo‘q. Ayni damda “Sheffild” bilan super natija ko‘rsatayotgan Uaylder klubni APLda yulduzlarsiz ham saqlab qoldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kuchli mutaxassis bilan bu ishni uddalash mumkin. Jamoa APLda jon saqlab qolishi uchun birinchi navbatda ruhan kuchli futbolchilarni jamoaga jalb etish kerak. Deylik Jeyms Milner singari. Ha aytgancha, “Lids” 2004-yilda “Chempionship”ga ravona bo‘lganida, tarkibda Jeyms Milner ham bor edi.

Ortiqcha ta’riflashning keragi yo‘q. “Lids”ning bugungi kundagi tarkibi ancha kuchsiz. To‘g‘ri, taktik kuchli yigitlar, biroq dunyo darajasidagi jamoalarga ularning “tishi o‘tmasligi” ehtimoli juda yuqori. “Tovuslar” Chempionshipdagi 44 o‘yinning 9 tasida mag‘lub bo‘lishdi. 70 ta gol kiritishdi va atigi 34 bor darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Bu Marseloning “Lids”dagi faoliyati chog‘idagi eng yaxshi ko‘rsatgich. Bundan ko‘rinib turibdiki, argentinalik mutaxassis sekin-asta o‘z jamoasini kuchaytirib bormoqda. Ayni damdagi tarkibdan Pablo Ernandes (“Valensiya”dagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan) va Kiko Kasilyadan (“Real Madrid”dagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan) boshqa taniqli futbolchi yo‘q.

Nima bo‘lgan taqdirda ham tarkibni kuchaytirish shart. Bugungi kunda “Lids”ning moliyaviy muammolari chekingan va klub 3-4 ta sifatli transferga qo‘l urishga qodir. 2004-yilda “Lids”ni tark etgan titul homiylar yana ko‘rinish berishni boshladi. Endilikda, klub bu borada amerikaliklar bilan emas, nemislar bilan shartnoma imzoladi. Umuman olganda, menejment borasida ham “Lids”da o‘sish kuzatilmoqda.

“Telba” laqabli Marselo Byelsa APL grandlarini shokka tushirib qo‘yishga qodir taktik yechimlarni tayyorlab qo‘ygani aniq. To‘g‘ri, uning jamoalari hech qachon sovrinlar uchun kurashmagan, biroq doimo muxlislar e’tiborida bo‘lgan. Umid qilamizki, Byelsa o‘zi shundoq ham tomoshabop APLga “nimadir” qo‘sha oladi. Bundan faqat muxlislar yutadi. Ushbu maqolani aktyor Koster-Valdauning Marseloga yozgan tabrik so‘zlaridagi bir jumla bilan yakunlaymiz.

“Biz barchamiz ancha ulg‘aydik. Dunyo ham ulg‘aydi va ancha o‘zgarib ketdi, biroq bugun sen bizni yana yoshartirding. Alamli o‘tgan 16 yil. Bugungi kundagi erkaklarning aksariyari “Lids” APLni tark etganida bolalarcha yig‘lagan o‘spirinlar edi. Endi esa, sen bizga o‘sha bolaligimizni qaytarib berding. Hammasi uchun rahmat. Bu nomamni albatta o‘qiysan degan umiddaman. Biz seni sen o‘ylagandan ham ko‘proq yaxshi ko‘ramiz».

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev blogidan olindi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:01, 21.07.2020. O'qildi: 6502 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.