Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidan Gvardiolaga qarshi. Ramossiz «Real» va Aguerosiz «Siti» o‘yini haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Madridning «Real» klubi 7 avgust, juma oqshomida Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Manchester Siti» maydoniga safar qiladi.

«Manchester Siti» Angliya Premyer Ligasida (yomon natija bo‘lmagan) ikkinchi o‘rinni egalladi, Liga Kubogini qo‘lga kiritdi, biroq Chempionlar Ligasi «shaharliklar» uchun hamon armon bo‘lib qolmoqda. Madridliklar esa 3 yillik tanaffusdan so‘ng yana La Ligada g‘alaba qozondi va qaysidir ma’noda 2019/20 yilgi mavsum uchun qo‘yilgan minimum vazifani bajardi. Axir kimsan Messisi bor «Barselona» ortda qoldirildi. Ammo Zidanning «Real»i  Chempionlar Ligasiga hech qachon oddiy o‘yinga bo‘lgani kabi qaramagan. Shundan ekan, maydonda ayovsiz kurash borishiga hech qanday shubha yo‘q.

Jamoalarning ilk uchrashuvi

26 fevral sanasida «Real» «Santyago Bernabeu»da «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limi xavfli vaziyatlarga boy, biroq golsiz o‘tadi. Asosiy voqealar esa tanaffusdan so‘ng, ya’ni ikkinchi 45 daqiqalikda sodir bo‘ladi. Dastlab 60-daqiqada Isko hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas «Siti» oradagi farqni yo‘qqa chiqaradi. 83-daqiqaga kelib esa de Bryuyne 11 penaltini zarbasini aniq amalga oshirib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yadi.

Uchrashuvdagi gollardan-da esda qolarli vaziyat 86-daqiqada «qirollik klubi» sardori Serxio Ramosning maydondan chetlatilgani bo‘ldi. Shunday ekan Ramos Manchesterdagi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

O‘yinga oid muhim jihatlar

«Real» keyingi bosqichga o‘tish uchun «Etihad»da kamida ikkita gol urishi kerak. «Manchester Siti» Madridda nafaqat g‘alaba qozondi, balki ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘z uchun yaxshigina ustunlik yaratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu jihatlarni hisobga olib, Gvardiolaning o‘yinni «quritishini» taxmin qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi, boisi: birinchidan, bu umuman Pepning uslubiga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, jamoaning himoya chizig‘i va darvozaboni ham ko‘krak kerib maqtanishga imkon bermaydi.

«Real» Zidan boshqaruvida Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlarida faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchragandi (2016 yilgi mavsumda «Volfsburg»ga qarshi chorak final o‘yinida). Chempionlar Ligasi pley-offining boshqa barcha o‘yinlarida Zidan jamoasi hech qachon birinchi uchrashuvda yutqazmagan edi.

Yo‘qotishlar: Ramossiz «Real» va Aguerosiz «Siti»

«Real»ning asosiy yo‘qotishi, shubhasiz, Serxio Ramos. Serxio birinchi o‘yinda jamoasini ehtimoliy uchinchi goldan qutqarib qolgani uchun o‘yindan chetlatilgandi. Ramos o‘yinda qatnasha olmasa ham, sardor sifatida jamoa bilan Manchesterga tashrif buyurdi. Shuningdek, Mariano Dias koronavirusdan tuzalgan bo‘lsa-da, o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagan. Bundan tashqari, Marseloning maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi. Ammo braziliyalik futbolchi Garet Beyl va Xames Rodrigesdan farqli o‘laroq, o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Uelslik va kolumbiyalik Zidan bilan hamon til topisha olgani yo‘q. Katta ehtimol bilan har ikkalasi ham yozda jamoani tark etadi.

«Manchester Siti» ham 1/8 final javob o‘yini oldidan yo‘qotishlarga ega: Benjamen Mendi diskvalifikasiyasi tufayli jamoaga yordam berolmasa, tizzasidagi jarohat Serxio Agueroning o‘ynashiga xalaqit beradi. Pep so‘nggi ikki o‘yinda Mendining o‘rniga Joau Kanseluni chap qanot sinab ko‘rdi. Aguero esa 22 iyundan beri maydon tashqarisida «sayr qilmoqda».

Ikkala jamoa o‘rtasidagi jami to‘qnashuvlar statistikasi

— 7 ta uchrashuv
— «Real»da — 3 ta g‘alaba
— «Manchester Siti»da — 2 ta g‘alaba
— 2ta durang
— «Real» — 11 ta gol urgan
— «Manchester Siti» — 10 ta gol urgan
— «Real»ning eng yirik g‘alabasi — 4:1
— «Manchester Siti»ning eng yirik g‘alabasi: 4:1
— Eng sermahsul o‘yinlar: 4:1, 2:3 («Siti»); 4:1, 3:2 («Real»)
— Eng sermahsul durang: 1:1

Taxminiy tarkiblar:

«Manchester Siti»: Ederson — Kayl Uoker, Aymerik Lyaport, Fernandinyo, Joau Kanselu — Ilkay Gundog‘an, Rodri Ernandes, Kevin de Bryuyne — Riyad Mahrez, Gabi Jezus, Rahim Sterling

«Real»: Tibo Kurtua — Dani Karvaxal, Rafael Varan, Eder Militao, Ferlan Mendi — Toni Kroos, Karlos Kazemiro, Luka Modrich — Eden Azar, Karim Benzema, Vinisius Junior.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:11, 07.08.2020. O'qildi: 7316 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик