Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Ronaldu va Messiga joy topilmagan ramziy jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yakuniga yetgan Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining eng yaxshilarini aniqlashda davom etamiz. Stadion.uz talqininiga ko‘ra ECHLning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishing!

DarvozabonManuel Noyyer (“Bavariya”)

Ushbu tarkibda “Bavariya” futbolchilarining ko‘p ekanligi sizni hayron qoldirmasligi aniq. Sababi, ushbu klub futbolchilari YECHLni o‘z benefisiga aylantirib yuborishdi. Manuel ushbu musobaqaning final qismidan avval allaqachon yangi kiperga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi lozim bo‘lgan “qariya” edi. Yevropa klublari uchun eng nufuzli musobaqadagi ishtirokidan so‘ng, u dunyoning eng kuchli darvozaboni nomini hali-beri topshirmoqchi emasligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi.

Chap qanot himoyachisi – Alfonso Devis (“Bavariya”)

Noyerning o‘z darajasida harakat qilgani hech kimni hayron qoldirmagan bo‘lsa, 19 yoshli Alfonso barcha uchun kutilmagan sovg‘aga aylandi. U YECHLda zafar quchgan ilk kanadalik futbolchi sifatida tarixda abadiy qoladi. Ayniqsa, “Barselona” va “Chelsi”ga qarshi uchrashuvlarda uning harakatlari raqib muxlislarining ham qarsaklariga sazovor bo‘lgani e’tiborga molik.

Markaziy himoyachi – Tiago Silva (PSJ)

Parij klubi sardorining ishonchli o‘yini bo‘lmaganida, PSJ ancha avvalroq musobaqani tark etgan bo‘lar edi. 35 yosh bo‘lishiga qaramay, qoya misoli mustahkam himoyachi oldingi intilishdan to‘xtamayapti. Final uchrashuvida uning ishonchli o‘yini so‘nggi soniyalarga qadar Parij klubi uchun umid uchqunlarini saqlanib qolinishini ta’minladi.

Markaziy himoyachi Dayot Upamekano (“RB Leypsig»)

Silva allaqachon futbol olamidagi mashhur shaxslardan biriga aylangan, o‘z nomini brend darajasiga olib chiqqan himoyachi bo‘lsa, Dayot katta futbolga yangi to‘lqin misol kirib keldi. “Buqalar” himoyachisi 21 yosh bo‘lishiga qaramay, Nagelsmanning barcha vazifalarini uddalamoqda. Katta bosim ostida qolib ketishiga qaramay, fransuz jamoasi bilan musobaqaning yarim finaliga qadar yetib keldi. Atigi 11 yil avval tashkil etilgan klub futbolchisi bugun Yevropa grandlarining orzusidagi ideal himoyachi darajasiga ko‘tarildi desak, adashmagan bo‘lamiz.

O‘ng qanot himoyachisi – Yozua Kimmix (“Bavariya”)

 

Zamonaviy futbolda qanot himoyachilarining tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Bejizga, chempion klubning qanotdagi “qurollari” Stadion.uz ramziy jamoasidan o‘rin egallamadi. Kimmix nemis futbolining ertasi va bugungi kuni. Universal ijrochi. Istalgan murabbiyning istalgan ko‘rsatmasini 100 foiz bajarishga qodir “jangchi”. Aksariyat muxlislar ayni damda sayyoramizning eng kuchli fulbeki sifatida Trend-Aleksander Arnoldni ko‘rsatishi turgan gap, ammo bu mavsumdagi YECHL uchrashuvlarida Kimmix Trenddan kuchliroq ko‘rindi. Yana kim biladi deysiz?!

Yarim himoyachi – Ussem Auar (“Lion”)

“Lion” YECHLning bu mavsumdagi chinakam kashfiyoti bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ronaldusi bor “Yuve” va Pep Gvardiolaning “Siti”sini uyiga “ravona” qilib yuborgan jamoaning o‘yinini 22 yoshli Auar boshqarib borganiga guvoh bo‘ldingiz. Maydonni ko‘rish, o‘yinni o‘qish va markazdagi chaqqonlikni o‘zida jam qilgan yarim himoyachi kelajakda super yulduz darajasiga chiqishi mumkin. Faqat “Lion”dan keyingi klubni tanlashda adashmasa bo‘lgani.

Yarim himoyachi – Tyago Alkantara (“Bavariya”)

Ushbu musobaqada “Bavariya” deyarli barcha uchrashuvda 90 daqiqa pressing qilishga harakat qildi. Qaysidir ma’noda buning ustidan chiqdi ham. Bu ishda jamoaga barchadan ko‘ra Tyagoning nafi ko‘proq tegdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Markazda bo‘shliq yaratishda, birinchi pasni ijro etishda, jamoaviy hujumda faol bo‘lgan ispan o‘z karyerasidagi eng muhim sovringa ega chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Yarim himoyachi – Kevin De Bryuyne (“Man-Siti”)

Aslida, belgiyalik futbolchi musobaqa yakunida turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi taxmin qilingan edi. Hatto “Lion”ga qarshi omadsiz kechgan uchrashuvda ham Kevin o‘z darajasini namoyish etdi. “Real”ga qarshi Madriddagi o‘yinda qahramonlik ko‘rsatgan futbolchi kelasi mavsumda bu sovrin uchun yana kurashga qo‘shiladi.

Qanot yarim himoyachisi – Anxel Di Mariya (PSJ)

PSJ deganda barchaning xayoliga Mbappe va Neymar kelishi turgan gap. Shunga qaramay, bu mavsumda Di Mariya ulardan-da yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Parij klubining YECHLdagi o‘yinlarini kuzatar ekansiz, jamoa Di Mariya bilan boshqa, usiz tamomila boshqa jamoaga aylanib qolganini darrov anglaysiz.

Qanot yarim himoyachisi – Serj Gnabri (“Bavariya”)

“Xoffenxaym”, “Vest Bromvich” singari jamoalarda “sargardon” bo‘lgan futbolchi “Bavariya”da o‘z o‘rnini topib ketishi chinakam mo‘jiza. O‘z vaqtida “Arsenal” tomonidan omadsiz transfer sifatida chetga surib tashlagan futbolchi ushbu mavsumda chinakamiga porladi. Ayniqsa, YECHL bahslarida uning gollari yakunda “Bavariya” uchun musobaqaning oltin medallarini keltirdi. “Tottenxem” darvozasiga kiritilgan 4 ta gol va qanotdan markazga yorib kirib yo‘llangan zarbalar haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.

Hujumchi – Robert Levandovski (“Bavariya”)

Anchadan beri ushbu musobaqaning ramziy jamoasi tarkibi Messi, Ronaldu yoki Neymarsiz tashkil etildi. Afsuski,ana shunday kunlar keldi. Neymar ushbu sovringa yaqin keldi, biroq Ronaldu va Messi tobora “shalpangquloq”dan uzoqlashib bormoqda. Musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan 32 yoshli polshalik futbolchi hujum markazida ko‘rinish bermoqda. YECHLning bu mavsumdagi o‘yinlarida 15 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Robertning shaxsiy statistikasi kishi ko‘zini qamashtirishi turgan gap. Nafaqat gollar, balki jamoaviy o‘yinda ham Levandovski ajoyib natijalar qayd etdi. Umuman olganda, “LevanGolski” (uni jamoadoshlari shunday atashadi) musobaqaning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:20, 27.08.2020. O'qildi: 7942 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик