Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Van De Bek aslida kim? «MYU» bu transferdan foyda ko‘radimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2018/19-yilgi mavsumda “Ayaks” bilan Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan futbolchi boshqa jamoadoshlari singari darrov top-klublar safiga borib qo‘shilmadi. Yana bir mavsum klub ixtiyorida qoldi va endi APLga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Uning “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar sababli ingliz nashrlari golland futbolchisining imkoniyatlarini tahlil qilishga urinib ko‘rdi.

O‘yin uslubi

Donni bu – maydon bo‘ylab erkin harakat qilishni xush ko‘ruvchi hujumkor yarim himoyachi. Uning maydondagi asosiy vazifasi maydon bo‘ylab bo‘sh hudud izlash va imkon bo‘lishi bilan ikkinchi hujumchiga aylanishdan iborat. Qahramonimiz maydon bo‘ylab uzatmalarni amalga oshirishni xush ko‘radi. Uning to‘p bilan maydonning qaysi nuqtalarida harakat qilganiga e’tibor qarating!

Darhaqiqat, Van De Bek intensiv futbolni xush ko‘ruvchi jamoa uchun chinakam topilmaga aylanadi.

Eng muhimi shundaki, Donni maydon bo‘ylab to‘psiz harakat borasida ham benazir. “Ayaks”dagi so‘nggi mavsumida yarim himoyachi bosh zonalar yaratish va jamoaviy pressingda “Erdiviziya”ning eng yaxshi natijasini qayd etgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Kuchli jihatlari

Yuqoridagi omillardan tashqari, Donni o‘z pozisiyasini yaxshi his etadi. U huddi “Bavariya”dagi Tomas Myuller singari hujumning istalgan nuqtasida paydo bo‘lish orqali jamoaga hujumda faolroq bo‘lishda qo‘l keladi. Har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,2 bor to‘p uchun kurashda g‘olib chiquvchi futbolchi amalga oshirgan uzatmalarning 80 manziliga aniq yetib boradi. Uning to‘p uchun kurashdagi chaqqonligini ham alohida e’tirof etib o‘tish joiz. Ushbu suratda qahramonimizning to‘p uchun kurash olib brogan zonalari aks etgan.

Hujumdagi faollik

E’tiborlisi shundaki, Donni Van De Bek hujumlarni yakunlash borasida ham ajoyib statistikaga ega. Uning so‘nggi zarba yo‘llash uchun bo‘sh zona izlab topishi taxsinga sazovar. So‘nggi 3 mavsum davomida futbolchi 40ta gol kiritgan bo‘lsa, ushbu gollarning 27tasi birinchi to‘pga teginish orqali darvozadan o‘rin egallagan. Yana 7ta gol esa, to‘pga ikki bor teginish orqali davrozaga yo‘llangan. Gollandning darvozasari yo‘llayotgan zarbalarining 54 foizi manzilga aniq yetib boradi. Uning gol kiritgan nuqtalariga e’tibor qarating!

Futbolchi nafaqat gol kiritishda, balki uni assist borasida ham yetakchi. Uning so‘nggi 3 mavsum davomida ijro etgan keskin uzatmalariga e’tibor qarating. Ushbu kartaga e’tibor qarating. Qahramonimiz so‘nggi zarba uchun uzatma ijro etishda benazir ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.

Kuchsiz jihati

Yuqoridagi zikr qilingan ustunliklarga qaramay, Donni “Manchester Yunayted”ning kreativ ijrochisi bo‘la olmaydi. Sababi, uning xavfli uzatmalari soni Ziyosh va Fernandeshnikidan ancha kam. Uning vazifasi maydonda kamroq ko‘rinish, biroq ko‘proq naf berishdan iborat. Raqib chuqur himoyalanayotgan paytda Donni markaziy hujumchilarni chetga “tortishi”, yoki hujumni u qanotdan bu qanotga o‘tkazishi mumkin. Shunga qaramay, uning maydonda pozisiyasi klassik 10-raqamni eslatib yuboradi. Agar, “qizil iblislar” uni qo‘lga kiritsa, futbolchi katta ehtimol bilan 4-2-3-1 sxemasida asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. Shunday bo‘lsada, Pogba bilan maydonda harakat qilish Donnining kuchli jihatlarini “zararsizlantirishi” mumkin. Gap shundaki, Pogba asosan oldinga harakat qiluvchi yarim himoyachi. Van De Bek esa, ortda tayanch zonasiga yaqinroq joyda qolib ketishi mumkin. Katta ehtimol bilan gollandni Sulsher qanotlarda yoki markaziy yarim himoyada maydonga tashlaydi. Shuningdek, Fernandesh uchun ham Van De Bek ajoyib alternativ variantga aylanishi mumkin. Balki, Sulsher markazda romb hosil qilgan ko‘yi Brununi biroz ortga qaytishga majbur qilar.

Xulosa

Van De Bek o‘rtachadan kuchliroq bo‘lgan darajadagi ijrochi. Qo‘shimchasiga, uning o‘yinida keskin progress kuzatilishi ham hech gap emas. Uning transferi “Manchester Yunayted”ga ulkan imkoniyatlar taqdim etmaydi, ammo bir yo‘la bir nechta zonalarni uzoq yillar davomida yopish imkoni tug‘diradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:23, 31.08.2020. O'qildi: 7510 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.