Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 27.06.2025 06:00
      • Al-Hilol
      • 2:0
      • Pachuka
      • 27.06.2025 06:00
      • Zalsburg
      • 0:3
      • Real Madrid
      • 28.06.2025 21:00
      • Palmeyras
      • -:-
      • Botafago
      • 29.06.2025 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Chelsi
      • 29.06.2025 21:00
      • PSJ
      • -:-
      • Inter Mayami
  • Superliga
      • 27.06.2025 20:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:3
      • Dinamo
      • 27.06.2025 20:00
      • Nasaf
      • 2:2
      • Paxtakor
      • 28.06.2025 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.06.2025 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 29.06.2025 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 29.06.2025 20:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 OKMK 13 24
4 Paxtakor 14 23
5 Navbahor 13 23
6 Neftchi 12 23
7 Bunyodkor 13 21
8 Andijon 14 17
9 Mash’al 13 15
10 Xorazm 14 14
11 Surxon 13 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 13 13
14 Qo‘qon-1912 14 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 13 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

28/06/25 Navbahor - Mash’al
28/06/25 Qizilqum - Neftchi
29/06/25 Bunyodkor - So‘g‘diyona
29/06/25 Buxoro - Sho‘rtan
30/06/25 OKMK - Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Майнц 05" - "Айнтрахт Франкфурт".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Хольштайн Киль".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Байер 04 Леверкузен".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      13:35 Новости футбола.
      13:40 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Боруссия Дортмунд".
      15:35 Новости футбола.
      15:40 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:40 Новости футбола.
      17:45 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Байер 04 Леверкузен".
      23:55 Новости футбола.
      00:00 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Боруссия Дортмунд".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Айнтрахт Франкфурт".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.06.2025

      05:30 "Я вырасту чемпионом!". Специальный репортаж.
      05:45 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 2 в Сириусе, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Д/ф "Роковая партия".
      09:30 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. 64-й турнир Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
      11:35 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Завидово.
      13:40 "Непридуманные истории". Псковская область.
      14:10 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Матч за 3-е место.
      17:00 LIVE Дзюдо. Fonbet Российский профессиональный тур. Этап в Челябинске. День 1. Прямая трансляция.
      18:15 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      19:30 "Вопреки всему".
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:30 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Женщины.
      22:10 "Страна спортивная".
      22:30 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 2 в Сириусе, Россия.
      00:25 "Непридуманные истории". Псковская область.
      00:55 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Матч за 3-е место.
      03:35 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Мужчины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.06.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      08:00 Смешанные единоборства. UFC. Роман Копылов. Лучшее.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. "Сибирь" (Новосибирская область) - "Динамо" (Минск). Прямая трансляция.
      12:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:50 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. "Сибирь" (Новосибирская область) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      13:45 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. "Салават Юлаев" (Уфа) - "Динамо" (Минск). Прямая трансляция.
      14:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:40 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. "Салават Юлаев" (Уфа) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      15:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. Финал. "Ухта" - "Газпром-Югра" (Югорск). Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:00 LIVE Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамидаа. Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:00 LIVE Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамидаа. Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Смешанные единоборства. ACA 188 в Сириусе, Россия. Прямая трансляция.
      01:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 3 и 4 с.
      04:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 4 на автодроме "Нижегородское кольцо".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.06.2025

      05:30 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      07:00 Снукер. Players Tour Championship. Финальный турнир в Манчестере, Великобритания.
      09:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      10:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины. Болдеринг. Финал.
      12:30 Снукер. Players Tour Championship. Финальный турнир в Манчестере, Великобритания.
      14:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:55 LIVE Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Групповая гонка. Прямая трансляция.
      19:30 Велоспорт. Д/ф "Йенс Фогт: наследие".
      20:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины. Болдеринг. Финал.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      23:00 Снукер. Players Tour Championship. Финальный турнир в Манчестере, Великобритания.
      01:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Групповая гонка.
      02:00 Велоспорт. Д/ф "Йенс Фогт: наследие".
      02:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 1.
      03:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      04:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

1993 yilda «Marsel» YECHLda zafar quchgan, biroq...

Baho:
+-1 | -1
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan yagona fransuz klubiga yodga oladi.

Fransiya klublari Yevropaning kuchli beshta chempionatidan birini tashkil etsa ham ushbu musobaqada atigi bir bor g‘alaba qozongan. Hatto PSJga katta pullar kelgach ham vaziyat o‘zgargani yo‘q. Zlatan Ibrahimovich, Devid Bekhem, Kavani, Neymar va Mbappelar ham Fransiya futboli bayrog‘ini klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda baland ko‘tara olmayapti.

Hozirga qadar ushbu sovringa ega chiqqan yagona fransuz klubi sifatida «Marsel»ni ko‘rsatishimiz mumkin. klub tepasiga ishbilarmon Bernard Tapi kelgach jamoa YECHLda zafar quchadi. Bunga qadar, bu turnir Yevropa chempionlar kubogi deb nomlanar, musobaqa formati ham o‘zgacharoq ko‘rinishda edi. Yangilangan musobaqada jangovar tarkibni o‘zida jam qilgan «Marsel» barcha raqiblaridan ustun kelgani ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. 1992/93 yilgi mavsumdagi chempionlik o‘zgacha tarix. Unga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.

Tapini Marsel shahri meri ishga taklif etadi

1980 yillar boshida «Olimpik»ning ishlari ko‘ngildagidek edi deb bo‘lmaydi. Jamoa favorit bo‘lsa ham, unga doimo stabillik yetishmagan.1976 yilda Fransiya kubogida zafar quchgan klub oradan 4 yil o‘tib ikkinchi divizionga tushib ketishini qanday izohlash mumkin?

Boz ustiga, 1981 yilda klub rasman bankrot deb e’lon qilinadi. Ish shu darajaga borib yetadiki, klub o‘z futbolchilari va murabbiylarining barchasi bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ladi. Hatto yoshlar jamoasidagi futbolchilarga ham maosh to‘lashning imkoni qolmaydi. Ayniqsa, Erik Di Makoning klubdan ketishi muxlislarga juda og‘ir botdi.

3 yil davom etgan omadsizlikdan so‘ng, «Olimpik» baribir yuqoriga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, «qovun tushurishda» davom etaverdi. Faqat 1986 yilga kelibgina jamoa Fransiya kubogi finaliga yetib kelishni uddaladi. To‘g‘ri, hal qiluvchi uchrashuvda «Bordo»ga imkoniyat boy berildi, biroq bu natija o‘sha davrdagi «Marsel» uchun ulkan yutuq edi.

Aynan o‘sha yili Marsel shahri jamoasi tarixida burilish yasagan voqea yuz berdi. Aprel oyi boshida klub prezidenti etib Bernard Tapi tayinlandi. Tapi bunga qadar futbol bilan sira qiziqmagan bo‘lsada, ishga «eng shimarib» kirishib ketdi.

Katta futbolga kirib kelishidan avval, o‘zini bir nechta bizneslarda sinab ko‘rgan Tapi «Marsel»ni 35 million dollar evaziga sotib oladi. Bunga qadar o‘zini «formula 3», qo‘shiqchilik va turli biznes sohalariga urgan Tapiga mashhurlikni aynan «Marsel» klubi olib kelgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Marsel shahri hokimi - Gaston Teffer tomonidan taklif qilingan klubni sotib olgan ishbilarmon tezda jamoaning darajasini ko‘tarishga tushib ketdi.

Sovrinli yillar...

Tapi klub boshiga kelgach, ilk mavsumda jamoa chempionlik uchun oxirigacha kurash olib bordi, biroq «Bordo» omadliroq chiqdi. Keyingi yilda 6-o‘rin bilan cheklangan klub 1989 yilda Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. 1992 yilga qadar ketma-ket 4 bor chempionlikni nishonlagan klub nafaqat Fransiyada, balki butun Yevropada yengilmas kuchga aylanadi.

Barchasi ko‘ngildagidek ketayotgan bo‘lishiga qaramay, Tapi yanada ko‘prog‘ini istashda davom etdi. U vataniga Yevrokuboglardan birini olib kelish orzusi bilan yashashni boshladi. 1990 yilda jamoa Yevropa chempionlar kubogi musobaqasining yarim finalida hakamning qo‘pol xatosi sababli yurishini to‘xtatadi. «Benfika»ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Tapi hammasi joyida ekanligini, bu xatolar boshqa takrorlanmasligini ma’lum qiladi.

Kelasi mavsumda, Tapi o‘z so‘zdian chiqadi va jamoa Yevropa chempionlar kubogining final uchrashuviga qadar yetib keladi. Finalda favorit bo‘lishiga qaramay, «Sirvena Zvezda» chempionlikni ilib ketadi. Penaltilar seriyasidagi omadsizlik sababli «Marsel» oltin medallardan mosuvo bo‘ladi.

1992 yilda UYEFA turnir reglamentini qayta ko‘rib chiqdi va unga o‘zgarishlar kiritdi. Aynan o‘sha yildan boshlab Yevropa Chempionlar kubogi Yevropa Chempionlar Ligasiga aylandi. Aynan o‘sha yili «Marsel» 3-urunishda o‘z maqsadiga yetadi. Barchasi 1/16 bosqichda Shimoliy Irlandiyaning «Glentoren» jamoasiga qarshi o‘yindan boshlanadi. Ikki uchrashuvda umumiy hisob 8:0 qayd etilgach, jamoa keyingi bosqichda Ruminiyaning «Dinamo» jamoasi bilan to‘qnash keladi. Bir qarashda oson raqib bo‘lsada, ruminlar oxirigacha kurash olib borishadi. Buxarestdagi o‘yin 0:0 natija bilan yakunlangach, «Veladrom»da xorvatiyalik Alen Bokshichning ikkita goli «Marsel»ni guruh bahslari ishtirokchisiga aylantirdi.

Jamoa kvartetda «Bryugge» (Belgiya), SSKA (Rossiya) va «Glazgo» (Shotlandiya) klublari bilan kuch sinashadi. Guruh bahsi uchun saralashda «Barselona»ni musobaqadan chiqarib yuborgan SSKA klubi Berlinda (1990 yilda «armiyachilar» uy uchrashuvlarini Berlindagi «Olimpik» arenasida o‘tkazishgan) «Marsel» bilan durang (1:1) qayt etadi. «Veladrom»dagi o‘yinda fransuzlar kutilmaganda raqiblarini 6:0 natijasi bilan dog‘da qoldiradi. Aynan o‘sha uchrashuv haqida turli mish-mishlar bugungi kunlarimizga qadar yetib kelgan. 2017 yilda «Sport Ekspress» nashrida «armiyachilar»ning o‘sha davrdagi murabbiyi - Gennadiy Kostilyovning shov-shuvli intervyusi e’lon qilindi.

«Ular buni yashirib ham o‘tirishmadi. O‘yindan oldin, bizning ichimlik suvimizga nimadir qo‘shib qo‘yishganini ko‘nglim sezgan edi. Sababi, uchrashuv avvalida ayrim futbolchilarimiz uyqusi kelayotganidan noliganini kuzatgan edim. O‘yinga avtobusda yo‘l olar ekanman, futbolchilarning aksariyati allaqachon uxlab qolgan edi. Bunday vaziyatda 6 ta gol o‘tkazib yuborganimizdan ham xursand bo‘lishdan boshqa choramiz yo‘q.»

YECHLning ilk musobaqasi reglamentiga ko‘ra, ikkita gurhda 4 tadan klublar kurash olib boradi va birinchi o‘rinni egallagan jamoalar final uchrashuvida to‘qnash kelar edi. «Marsel» «Reynjers»ni bir ochkoga ortda qoldiradi va 9 ochko bilan final yo‘llanmasiga ega chiqadi.

1993 yilning 26 may sanasida Myunhendagi «Olimpiyk arena»da uzoq kutilgan final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bernard Tapi jamoasining hal qiluvchi uchrashuvdagi raqibi o‘sha davrning super klubi «Milan» edi. Tarkibida Van Basten, Reykradr, Maldini, Barezi singari ijrochilari bor jamoaga tug‘ma chempion Fabio Kapello murabbiy chog‘lar.

Uchrashuv oldidan barcha turli taxminlarni oldinga surgan bo‘lsada, hammasini 43 daqiqada Bazilya Boli tomonidan kirilgan gol hal etadi. «Marsel» juda uzoq kutilgan xalqaro sovringa ega chiqadi. Bernard Tapi esa, o‘sha kecha Fransiyadagi eng mashhur shaxslardan biriga aylanadi.

Finaldan bir necha hafta o‘tib, klub Prezidenti oav orqali chiqishida quyidagi so‘zlarni keltiradi:

«Biz uchrashuv oldidan g‘alabaga yuz foiz ishongan edik. Birorta futbolchi yoki klub xodimi sovringa ega chiqishimizga shubha ko‘zi bilan qaramagan edi desam, adashmagan bo‘laman. Bundan ikki yil avval biz qog‘ozda Yevropaning eng kuchli klubini yaratgan edik. Bugun o‘sha jamoa finalda so‘nggi soniyalarga qadar jang qildi.»

Ushbu chiqishdan so‘ng, butun dunyo futboli «Marsel»ning kamida yana 5 yil o‘z hukmronligini o‘rnatishini taxmin qilgan edi, ammo voqealar rivoji barchani hayratda qoldirdi...

«Marsel» "Fair Play" qoidalarini buzdi va ...

Oradan ko‘p o‘tmay, YECHL final uchrashuvi oldidan «Marsel» kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘lib qoldi. Muhim bahs oldida «Marsel» futbolchisi Jan-Jak Eydeli «Valansiyen» klubidagi do‘sti Jak Glassman bilan aloqaga chiqadi va uchrashuvda mag‘lub bo‘lishlari evaziga katta summa taklif etadi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Marsel shahri klubi o‘z futbolchilari orqali shuningdeki Xorxe Burruchage va Kristof Roberularga ham o‘yinni topshirish evaziga katta pul taklif etgan ekan. «Marsel» shu yo‘sinda muhim o‘yin oldidan asosiy futbolchilarni ruhan va jismonan charchab qolmasligini ko‘zgalagan edi.

Oqibatda, o‘sha uchrashuv natijasi bekor qilindi va tergov-surishtiruv ishlari boshlanib ketdi. Oradan bir hafta o‘tgach, Kristof Roberuning bog‘ida ko‘mib qo‘yilgan 250 ming frank topildi va jinoyat oshkor bo‘ldi.

O‘sha mavsumda «Monako» bilan musobaqada ikkinchi o‘rinni egallagan Arsen Venger ham vaziyat haqida fikriga e’tibor qarating:

"Bu mening hayotimdagi eng og‘ir damlar bo‘ldi. Agar kelishilgan o‘yinlar bor ekanligini bilsangiz, tongda ishga borgingiz ham kelmaydi. Bu xuddi yakuni qanday bo‘lishi ma’lum bo‘lgan filmni tomosha qilish singari zerikarli"

Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqaniga qaramay, «Marsel»dan Fransiya chempionligi tortib olindi. 1994 yilda esa, umuman pastgi ligaga ravona qilindi. Aynan shu qaror klubning moliyaviy qudratiga kuchli zarba yo‘llaydi. Oqibatda, jamoaning umumiy qarzi 400 million frankdan ortib ketadi.

1995 yilda jamoa, yangi futbolchilarni sotib olmasdan turib ham pastki divizionda birinchi o‘rinni egallaydi, biroq qarzi 250 million frank bo‘lgani bois klub o‘zini bankrot deb e’lon qiladi va yana quyi ligada to‘p tepishga majbur bo‘ladi.

Uzoq davom etgan Sud jarayonidan so‘ng, Bernard Tapi qamoq jazosiga hukm qilindi. Klub sport direkotori Jan-Per Bernes va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchilar 15 ming frank jarimaga tortildi.

Keyinchalik, ushbu voqeani o‘z avtobiografiyasi bitilgan kitobda xotirlagan Jan-Jak Eydeli o‘sha final haqida ko‘plab sirlarni fosh etadi.

«Men faoliyatim davomida faqat bir marotaba doping qabul qilishga rozi bo‘lganman. U ham bo‘lsa, 1993 yilning final uchrashuvi oldidan edi. Barcha futbolchilar birga bir nechta ukollar olishgan. Faqat Rudi Fellergina bunday vosita bilan maydonda to‘p tepishni istamagan holos. Uchrashuv boshlanishiga bir soat qolganda biz barcha ukollarni olib bo‘ldik. O‘zimizni odatdagidan o‘zgacharoq his etganimizni yashirib o‘tirmayman.»

Voqealar biroz unutilgach, Tapi ozodlikka chiqdi. Uni futbolga boshqa yaqinlashtirilmadi , lekin sobiq Prezident o‘zi haqidagi firklarini yashirib o‘tirishni istmadi.

«Meni yomon ko‘radigan insonlar juda oz. Ularning katta qismi, meni juda yaxshi ko‘rgani uchun ham shunday yo‘l tutadi deb hisoblayman. To‘g‘ri, men ayrimlarga non uchun ortiqcha pul bergan bo‘lishim mumkin, lekin hech qachon hech kimga ozor bermaganman. Buni barchadan so‘rab ko‘rishingiz mumkin.»

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:59, 11.09.2020. O'qildi: 5336 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Pedro 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
6 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
8 Бунёдкор Luis Kachorri 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.