Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
      • 26.11.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • -:-
      • Buriram Yunayted
      • 26.11.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • -:-
      • Vissel Kobe
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
      • 26.11.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • -:-
      • Selangor
      • 26.11.2025 17:15
      • Lion Siti Seylors
      • -:-
      • Persib
      • 26.11.2025 18:45
      • Andijon
      • -:-
      • Arkadag'
      • 26.11.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • -:-
      • An-Nasr (SA)
      • 26.11.2025 22:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vasl
      • 26.11.2025 22:00
      • Az-Zavra
      • -:-
      • Goa
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Furqat Qurbonov blogi: O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini tahlili

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘yinni stadionda ko‘rdim...

O‘zbek futbol rivojiga o‘zini professional hissasini qo‘shib kelayotgan Ruslan degan ukamiz 2ta chipta sovg‘a qildi!

Maydon ideal holatda. Kuzni salqin havosi aynan futbol o‘ynash uchun juda mos.

Abdurahmon Fozilov va boshqa jonkuyar futbol fanatlarini sayi harakatlari, iltimoslariga ko‘ra, O‘FF va “Paxtakor” stadion ma’muriyati, cheklangan futbol ishqibozlarini pandemiya talablariga rioya qilgan holda milliy terma jamoamizni stadionga kirib qo‘llab quvvatlashlari uchun ruhsat berishgandi. Hammalariga osmoncha katta rahmat!

O‘yin haqida!

Jamoamiz sizlarga televizordan qanday o‘ynaganini bilmadimu, jonli tomoshada yigitlar yomon o‘ynashmadi!

Bilaman, “Nega Lutfi maydonda tushdi!?” degan navbatchi savol o‘yin boshlanishi bilan hayolingizga kelgandir.

Tahminiy fikrim bo‘yicha, Abramov maydon markazini aniq uzun yoki kesma paslari bilan qanotdagi o‘yinchilarimizni hafli qarshi hujum uyishtirish uchun pleymeyker vazifasida o‘ynab ko‘rish ma’suliyatini aynan Lutfulloga topshirgandir?!

To‘g‘ri, Lutfullo yosh emas, avvalgidek tez emas, lekin...unda ozroq bo‘lsa ham Abramovga juda yaxshi ayon bo‘lgan liderlik ruhiyati bor. Menimcha, uni maydonga tushirilishida ham shu faktor bosh omil bo‘lgan. Hush Lutfullo qanday o‘ynadi?!

Birinchidan o‘yinni buzilishiga sabab bo‘ladigan qaltis xato qilmadi. Ha, to‘p unga kelganda, to‘pni yo‘qotib, raqibga oldirib qo‘ymaslik uchun jamoadoshlariga tezda pas bera boshladi.

To‘g‘ri, bu pozisiyada Odil Ahmedov yanada mazmunli va kreativ vaziyatlarni sodir etishi mumkin edi. Biroq Odil yo‘q edi, vaziyatdan chiqish kerak edi.

Bilaman, bu pozisiyada Oston O‘runov ham o‘zining qo‘rqmas xarakteri, aniq kesma paslari va driblinglari bilan o‘yin saviyamizni ancha oshirardi. Lekin, Ostonda ham kichik mikro jarohat bor edi.

Hullas, Lutfullo shu yoshda va ERON deb atalmish raqibga qarshi yomon o‘ynamadi, zo‘r o‘yin ham ko‘rsatmadi, lekin o‘yinni buzib ham qo‘ymadi! Bu tayinlovni zahira varianti sifatida qabul qilamiz va Abramov qaroriga hurmat bilan qaraymiz!

5 ballik tizimda Lutfullo To‘rayevga – 4-(minus) bahosini qo‘yaman. 4 ballga tortishi uchun kamida Abramov kutgan qo‘rqmay yurishlarni va kutilmagan qarorlarni qabul qilishi kerak edi. Biroq, Lutfullo hafsiz rejimni tanladi va menimcha adashmadi!

Maydon markazi №2 raqam!
Bu o‘yinchi kimligini maydon suhandoni tarkibni tuzuk (kolonkalar ovozi kam sonli muxlislar bo‘lishiga qaramay juda past edi va suxandon o‘z diksiyasi ustida biroz ishlashi zarur, ayniqsa ingliz tilida – for example “Number 14- Eldooooorr Shoooo-muro-dooov!!) va to‘liq aytib tanishtirmagani uchun, 2 raqam mendek o‘zicha “futbol bilimdoni” va yonimdagi ashaddiy futbol fanatlari uchun Janob X bo‘lib qolaverdi!

Hozir uyga kelib futbol protokolini qarasam 2 raqamda Islom To‘xtaxo‘jayevni familiyasini ko‘rdim.

Yoppiray, 2 raqamda Islomga na tashqi ko‘rinishidan o‘xshaydigan, na futbol xarakatlariga o‘xshaydigan boshqa o‘yinchi o‘ynaganday go‘yo.

Lekin aynan shu 2 raqam shahsan menga ZO‘R ta’surot qoldirdi! Havodagi 2 qavat janglarida Azmunni ham, boshqasini ham “eb tashadi”. 2-3 marta raqiblarni maydon markazigacha aldab o‘tib, hafli paslar bilan hujumni tashkillashtirib turdi! Kim bo‘lsa ham shu 2 raqamdagi o‘yinchiga 5 ball qo‘yaman!

Aniqlashtirib bu o‘yinchi ham Islom ekanligi, faqat To‘xtaxo‘jayev emas Qobilov ekanligi ma’lum bo‘ldi!

Yashshavor Qobilov, himoya markazidagi himoyachi aynan shunday “beton” o‘yinchi bo‘lishi kerak! Markazni sementlab, eronliklarni ancha haflarini bartaraf qilib turdi!

Himoya markazidagi №5 raqam Rustam Ashurmatov!

1 bo‘limda keskin haflarni barataraf qilishda o‘z hissasini qo‘shdi, yakkama-yakka kurashlarda oyog‘ini olib qochmay, to‘pga egalik qilmaguncha ohiragacha kurashdi! Temirday 4 ball!

O‘ng qanot – Xojiakbar Alijonov №3! Xojida yoshiga nisbatan ancha oldin shakllangan jangovor ruh bor! Xaviga qarshi o‘ynaydimi, Azmunga qarshimi farqi yo‘q, aldayman desa raqibini yonidagi boshqa sherigi bilan birga qo‘shaloq qilib aldab o‘tib, o‘zini tashrif qog‘oziga aylangan o‘ng qanotdagi uzun va aniq paslari bilan hujumdagi sheriklarini boshiga koptokni do‘ppiday kiygizib qo‘yadi! Ana, Dragan Cherandan so‘rang, ishonmasangiz..

Xojiakbar o‘z imkoniyati darajasida yaxshi o‘ynadi. 1 bo‘limda 2-3 marta Jasur Yaxshiboyev va Eldor Shomurodovga yerdan va havodan aniq paslar berib, keskin vaziyatlar yaratishga harakat qildi va aksar hujumlar aynan uni qanotidan tashkillashtirildi. -5- (minus) ball!! Xoji bundan ham zo‘rroq o‘ynay oladi va aynan shu o‘yinlarni undan kutib qolamiz!

Chap qanot №4 Farruh Sayfiyev. Yomon o‘ynamadi, asosan himoyada raqib o‘yinchilarini yorib o‘tib ketmasliklari uchun pozisiyadan uzoqlashmay, markazdagi himoyachilarga yordam berib turdi! 4 ball!

Abror Ismoilov №9 - 5 ball!
Abror to‘p uchun kurashlarda eronliklarni jamoaviy pressinglari payti dovdiramay, boshini ko‘tarib, jamoadoshlariga aniq va kesma paslar bilan ta’minlab turdi. Asosiysi unda ham “dux” bor, Eron va Azmun kompaniyasiga qarshi tap tortmay, jonini ayamay kurashdi va ko‘p hollarda yakka kurashlarda g‘olib bo‘ldi!

Faqat...MTJda ham “Surxon”dagi o‘yinlari kabi uzoqdan raqib uchun kutilmagan zarbalarni berib turishni maslahat berardim. Bunday zarbalar yo darvozabon uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin yoki kamida raqib o‘yinchisiga tegib burchak to‘pini ishlab olinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Enerdjayzer Sancho №13 – Sanjar Qodirqulov! Sanchoni maydondagi harakatlarini, o‘yinini ko‘rib yaqinda “Atletiko” Madridga qo‘shilgan urugvaylik Lukas Torreyrani eslayveraman! Birga bir vaziyatda hoxlagan o‘yinchini yo tezlikda yoki driblingda aldab o‘ta oladi, faqat huddi shunday tezlikdagi paslarni birdan bermaydi. 2-3 o‘yinchini o‘zini yoniga to‘plab jamoadoshlari qulay ochilishini kutadi va bu ko‘p holatlarda to‘pni raqib o‘yinchilari tomonidan jamoaviy tarzda olib qo‘yilishi bilan yakun topadi. Lekin MTJni hujumlarini tashkil etuvchi va jamoadagi braklarni filtrolovchi jigari Sancho! Sanjar – 5-(minus) ball!! Sanjar bundan ham zo‘r o‘ynay oladi! O‘zi Sanjarni MTJda yomon o‘ynaganini eslay olmayman...

MTJga ancha tanaffusdan keyin taklif qilingan va o‘ng qanot vingeri pozisiyasida to‘p surgan Jasur Yaxshiboyev №19!

Jasur Belorussiya chempionatida 1 yil ichida superyulduz maqomiga o‘zini mehnatlari va chiroyli o‘yinlari orqali erishdi. Bu Jasurni va o‘zbek futbolini yutug‘i. Eronga qarshi o‘yinda esa Jasurni Jalol Masharipov va Eldor Shomurodov bilan hozircha yaxshi o‘yin “bog‘lamiga”ega emasligi ko‘rinib qoldi. To‘g‘ri, ular so‘ngi bor birga qachon o‘ynashganlari ham menga noma’lum. Lekin shunga qaramay, Jasur o‘z qanotida raqib himoyachilardan qochib, yaxshi “naveslar”ni amalga oshirdi. Biroq, MTJ darajasidagi o‘yinlarda jamoadoshlari bilan bir-birlarini yarimta harakat orqali tushunishlari talab qilinadi va keyingi o‘zaro birga o‘tadigan mashg‘ulotlar, aynan shunday telepatik fikrlarni, harakatlarni shakllanishiga asos bo‘ladi degan ishonchdaman. Jasur 4 ball! Yasha Yaxshiboyev!

Jamoa sardori sifatida maydonga tushgan va chap qanotdan kutilmagan driblinglari, aniq paslari orqali Shomani hafli nuqtaga chiqarishi kutilgan Jaloliddin Masharipov №10!

Jalol o‘z darajasida to‘p surdi, yakka kurashlardan qochmadi, 2-3 ta o‘yinchini o‘ziga tortib, jamoadoshlarini aniq paslar bilan ta’minlab turdi. O‘yin chiqmagan paytlarda, o‘ng qanotga o‘tib ham keskin hujumlarni tashkillashtirmoqchi bo‘ldi, biroq...Jalolga to‘p tegishi bilanoq eronliklar unga ham 2-3 kishishi bo‘lib yopishib, pressing qo‘llay boshlashdi va vaziyatlar 50/50 holatlarda yo bizni yoki raqibni foydasiga hal bo‘ldi.

Jaloldan ham Abrorga, Sanjarga bergan maslahatni beraman – imkon bo‘ladimi yo‘qmi Azmunga o‘xshab 15-16 metrdan raqib darvozasi tomon tepaverish kerak. To‘p yo raqib himoyachisiga tegib bartaraf qilinadi, yoki burchak to‘pi ishlaniladi yoki raqib himoyachisiga tegib qaytgan to‘pni futbolchilarimizdan biri ildamroq harakat qilib darvoza tomon tepib golga aylantiradi. Hullas, kutilmagan qarorlar, zarbalar – raqib darovozasi tomon keskin va hafli vaziyatlarni yaratilishiga omil bo‘ladi! Yana, Jalol qo‘rqmasdan pleymeykerlikni o‘zi bajaraversin, faqat driblinglar va paslar o‘z o‘rnida va vaqtida amalga oshirilsa bas. Jalol – 5-(minus)!

Number 14- Eldooooorr Shoooo-muro-dooov!!

Jiyan o‘yin davomida bo‘lgan 1.5 vaziyatni 1ta golga aylantirdi!
Yashavor ota o‘g‘il!

1chi bo‘limda raqib jarima maydonida to‘pni qabul qilib, o‘ng tomondagi o‘tkir burchakdan darvozani to‘qqizligi tomon kuchli zarba berdi, boshqa imkoniyat ham yo‘q edi, sababi yonida 3 ta raqib o‘yinchilari va yakka o‘zi edi.

2 chi bo‘limda hisob 0-2 aylanib, jamoani va stadiondagi fanatlarni ruhlari kuzni salqin shamolidek sovugan paytida, Sanchodan pas qabul qilib, turgan joyida bir aylanib to‘pni kerakli oyog‘iga to‘g‘irlab, texnika mahoratini ishga solib, ohista Niyazmand darvozasiga yumalatib kiritib qo‘ydi!

Eldor –Gol!
This is Master’s job brothers!
Eldor + 5 ball!!

2chi bo‘limda o‘ng qanotda Jasurni o‘rniga chiqqan №20 raqamli Hojimat Erkinov!
Hojimat ukam, huddi №2 raqamdagi Islomni yuqoridagi sabablar tufayli tanimaganimizdek, seni ham sen ekanlingni yarim soat bilmadik. Lekin abjir o‘yiningni ko‘rib, qo‘rqmay raqib himoyachilarni aldab o‘tishga harakat qilib, keskin hafli vaziyatlarni yaratishga bo‘lgan tirishqoqliging uchun 5 ball qo‘yaman!
Bo‘shashma Hojimat, seni ham kamida Yevropani zo‘r maydonlari kutib turibdi! Faqat bo‘shashma ukam!

Markaziy himoyachi sifatida adashmasam 1 o‘yinini MTJda o‘tkazgan (mabodo adashgan bo‘lsam, uzr) Igor Golban №21!

Yaxshi, 1 chi o‘yinda ancha ishonchli o‘yini uchun temirdek +4 ball! Igorni MTJni markaziy himoyasi pozisiyasida hali ko‘p yordami tegadi, buni aynan Erondek kuchli jamoa misolida sezdim!
Dalneyshey udachi Igor v igrax sbornoy!

O‘zini ham, raqibini ham ayamay jonini berib to‘p suradigan Otabek Shukurov №7! 4 ball!
Otabekni jonkuyarligi va kurashuvchanligi uchun qadrlaymiz, uni imkoniyatlarini yaxshi bilamiz! Otabek bundan ham zo‘r o‘ynay oladi! Hozircha 4 ball!

№15 Murod Holmuhamedov! Maydonga tushib chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini sal qolsa chiroyli golga aylantirardi! Umuman, MTJdagi jarima zarbalarini keyinchalik ham Murodga ishonib topshirilsa, kamida 50% golga tortadigan vaziyatlar sodir bo‘ladi! Murod o‘zini zambarakdek zarbasiday 4 ballga loyiq!

Koreyadan kelib qo‘shilgan yana 1 bir pleymeykermiz Ikrom Aliboyev №8!
Ikrom Abrorni o‘rniga 58 daqiqada maydonga tushdi va o‘yinni keskin kuchayira oldi deya olmayman. Harakat qildi, to‘p uchun kurashlarda yengilsa ham so‘ngi epizodlargacha kurashdi. Biroq Ikromni va Otabekni sayi harakatlari, keskin vaziyatlarni sodir bo‘lishiga kamlik qildi. Ikrom 4 ball!

77 daqiqada Eldorni o‘rniga maydonga tushan Igor Sergeev №11!

17 daqiqa Igorni maydonda nimanidir o‘zgartirishi yoki yo‘q joydan hafli vaziyatni yaratishiga kamliq qildi!

Igor neobxodimo pobolshe pressingovat vratarya i zashitnikov sopernika v ixnem je shtrafnoy! Vrode vishel na zamenu, nado pressingovat, iz nichego sozdavat opasnie momenti…Stoya na meste ili xodya peshkom chto-to selnoye sozdat ne realno i ne logichno…Igor – 4 -(minus) ball!! Eto s avansom i nadejdoy na budushiye luchshiye igri v sbornoy!

Va nihoyat MTJni “Eng zaif bo‘g‘in” nominasiyasni e’lon qilamiz!

Yashanglar, topdinglar! Tabriklayman!

Stadiondagi aksar muhlislar va o‘z ko‘zlarimni guvohligini inobatga olib, ushbu nominasiyada 1 ovozdan Eldor Suyunovni №1 g‘olib deb e’lon qilamiz!

Nima ham deyishim mumkin..
“Paxtakor”ni Osiyodagi Chempionlar Ligasidagi o‘yinlariga atigi sanoqli kunlar bo‘lgani va bu o‘yinlarda Eldorni "harakatlari" konkret yodimizda...

MTJga agar jiddiy masalalarni yechishga bel bog‘lashgan bo‘lsalar va Mundial deb atalmish dovonni zabt rejasi bo‘lsa, zudlik bilan boshqa darvozabonlarga shans berish kerak! Hali pandemiya sharofati bilan bunday eksperimentlarga vaqt ham, imkoniyat ham bor.

Bu chiziq bilan arzigo‘ylik natijalarni orzu qilishni o‘zi, absurdek ko‘rinmoqda..

Eldorda mahorat muammo emas!
Eldorda ruhan zaiflik juda kuchli! O‘ziga umuman ishonmaydi va shu sabab o‘yinlarda KULGULI XATOLARGA yo‘l qo‘yadi!
Men bu haqda o‘z fikrlarimni kamida 5 marta yozib ko‘rsatganman!

Aslida “Paxtakor” ham yanada kuchliroq shakllanishi uchun shu pozisiyada yangi kandidatlarni hozirdanoq sinab ko‘raverishi faqat ijobiy natijalarni beradi!

20 yildan ortiq bir kasbdagi ishni har kuni bajarasan, uni yanada mahoratliroq amalga oshirish uchun har kuni shug‘ullanasan va 15-16 metrdan senga qarata tepilgan 1 ta to‘pni qaytara olmaysan!

Eronga aynan darvozani zaifligi uchun yutqazdik! A tak, kamida durangga tortadigan o‘yin edi! Eron haliyam jonini “Jabor og‘aga” berib o‘ynamadi!

Vadim Karlenovich, nado pochinit “periodicheskiye zamikaniya» v ramkax sbornoy! Dalshe uje nekuda! Dovertes ramku molodim i ambisioznim parnyam! Na kraynyak vernite Lobanova ili Ignata..
Loban v etom godu namnogo uverenee zashishayet vorota «Metallurga».
A Ignat…on xot svoyey uverennostyu soxranit spokoystviye v shtrafnoy i serdsax bolelshikov.. Validola nam ne jalko, glavnoye chtob kto-to uverenee v sebe stoyal v ramkax vorot..

Eldor Suyunov – baholanmadi!

Shunday qilib, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, o‘yinni “povtorlarsiz” jonli ravishda stadionda ko‘rdim (stadion tablosida o‘yinlarni paralell ko‘rsatib turadigan va qiziq momentlarini takror ko‘rsatadigan tizimni qayta yo‘lga qo‘yish zarur) va ayrim detallarni ko‘zdan qochirgan bo‘lishim mumkin.

Shahsan menga jamoamiz o‘yini yoqdi.
Pandemiya tufayli yigitlar shu tarkibda ancha bo‘lishgandi yig‘ilishmaganlariga. Ishlanadigan epizodlar bor.

Shahsan men shu yoshargan tarkibdan arziydigan nimanidir kutaman va bunga ishonaman!

Judayam sovqotgan ekanman, ovozim chiqmay qoldi uyga kelib..

Nu, Vatanparvalik ham oson ish emasda...

O‘zingizni asrang qadrdon fanatlar!

Kiritildi: 12:09, 10.10.2020. O'qildi: 5895 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.