Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 31.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 3:2
      • Jenoa
      • 31.01.2026 19:00
      • Piza
      • 1:3
      • Sassuolo
      • 31.01.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 31.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:2
      • Alaves
      • 31.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Jirona
      • 31.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 2:2
      • Vilyarreal
      • 31.01.2026 22:30
      • Levante
      • 0:0
      • Atletiko
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • -:-
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 31.01.2026 13:00
      • Tailand
      • 1:0
      • Vyetnam
      • 31.01.2026 13:00
      • Kuvayt
      • 7:2
      • Livan
      • 31.01.2026 17:00
      • Indoneziya
      • 1:1
      • Iroq
      • 31.01.2026 17:00
      • Qirg‘iziston
      • 3:2
      • Janubiy Koreya
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • -:-
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Malayziya
  • APL
      • 31.01.2026 20:00
      • Lids
      • 0:4
      • Arsenal
      • 31.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Bornmut
      • 31.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Everton
      • 31.01.2026 22:30
      • Chelsi
      • 3:2
      • Vest Xem
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 52
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Espanyol 22 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Valensiya 21 23
16 Rayo Valyekano 22 23
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»ning uddaburon direktori yohud transfer qiroli!

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyaning «Liverpul» jamoasi so‘nggi yillarda ajoyib sermahsullik ko‘rsatib kelmoqda. jamoaning nafaqat yashil maydonda, balki moliyaviy olamda ham ishlari ko‘ngildagidek ketmoqda. E’tibor bergan bo‘lsangiz, klub deyarli 5 yildan beri birorta transferdan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymayapti.Hatto, jamoa safiga qo‘shilib ketmagan futbolchilar ham uddaburonlik bilan boshqa klublarga transfer qilinmoqda. Bunda klub sport direktori Maykl Edvardsning o‘rni katta. Stadion.uz Maykl amalga oshirgan 5 ta transferni e’tiboringizga havola etadi. 

Jordan Ayb 

Jordan klub safiga 2012 yilda kelib qo‘shilganida,  Britaniya futboldagi eng iqtidorli futbolchilardan biri edi. Jismonan baquvvat,  kurashlardan qochmaydigan hujumchining kelajagi porloq ekanligi hech kimda shubha uyg‘otmagani aniq. Afsuski, qahramonmiz ajoyib start olganiga qaramay, "Liverpul" o‘yin falsafasiga sira mos to tushmadi. Ayniqsa, Yurgen Klopp kelgach, Ayb chetda qolib ketishni boshladi. Buni chetdan kuzatib turgan Maykl Edvards esa, o‘z vaqtida ishga aralashdi. "Mersisaydliklar" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi hali-hamon kelajagi porloq proyektlardan biri bo‘lishiga qaramay, Edvards uni 16 million yevro evaziga "Bormunt"ga sotib yubordi. Bu transfer sababli ko‘plab ingliz nashrlari Mayklni tanqid qilgan edi. Afsuski, Maykl o‘ylaganidek Jordan ikkinchi Starridj bo‘la olmadi. Hujumchi "olchalar" safida 78 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 3 ta gol urdi xolos. "Bormunt" u bilan shartnomani uzaytirishni istamagach, "Derbbi Kaunti" safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. Voqealar rivojini ancha oldin payqagan Mayklga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. 

Kristian Benteke 

«Aston Villa»dagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan futbolchini «Liverpul» 2015 yilda sotib oladi. O‘sha paytda, «qizillar» sifatli markaziy hujumchiga ehtiyoj sezayotgan edi. Bu tanlov afsuski o‘zini umuman oqlamadi. Belgiyalik futbolchi uchun «Liverpul» 46,2 million yevro sarflagan bo‘lsada, bu pullar o‘zini umuman oqlamadi. 29 ta o‘yin 9 ta gol. Eng achinarlisi shundaki, Kristian surunkali jarohat olishni boshlaydi. Hatto Klopp ham unga ishonch bildirmay qo‘ygach, Maykl darrov ishga kirishdi. Mavsum yakunlangach, qahramonimiz belgiyalik futbolchining transferi ustida uzoq ish olib bordi va uni yozda «Kristal Pelas»ga 31,2 million yevro evaziga sotib yubordi. Bu qaror ko‘p o‘tmay o‘zini to‘liq oqladi. Bentekening o‘yinida sekin-asta pasayish kuzatilishni boshladi. U «Kristal Pelas» safida o‘rtamiyona hujumchi ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. «Liverpul» esa, Mayklning aql bilan yurgizgan siyosati sababli katta talofat ko‘rishdan qutulib qoldi. 
Mamadu Sako 

Sako 2013 yilning 2 sentyabr sanasida «Liverpul» futbolchisi deb rasman tanishtiriladi. Bunga qadar PSJ sharafini himoya qilgan himoyachi uchun «Mersisaydliklar» 13 million funt sarf etishadi. Qahramonimiz «Enfild»ga ko‘chib o‘tgach, tezda asosiy tarkib futbolchiga aylanadi. Shunga qaramay, uning faoliyatini bir tekis o‘tdi deb bo‘lmaydi. Jarohatlar va murabbiylar bilan janjallar sababli qahramonimiz atigi 56 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Bu 4 yil uchun juda kam. Vaziyat chuqurlashib ketishini taxmin qilgan Maykl Edvards darrov o‘z uslubida ishga kirishdi va Sako uchun xaridor izlashni boshlab yuboradi. Sakoning sport formasi ajoyib holatda ekanligini bilgan Maykl uni avvaliga ijara asosida «Kristal Pelas»ga yuboradi. Ishonchli mavsumni o‘tkazgan himoyachi mavsum so‘nggida jamoaga qaytib keladi. Maykl endi Sakoni transferga qo‘yish mumkinligini his etgach, uning transfer summasini 26 million funtga ko‘tarib qo‘yadi. «Muz burgutlari» Mamaduni qo‘lga kiritish uchun talab qilinayotgan summani to‘lashga majbur bo‘ladi. E’tiborlisi shundaki, agar Maykl Sakoni birinchi urinishdayoq sotganida, 26 million funt ishlab olishning imkoni yo‘q edi. «Liverpul» sport direktori kichik hiyla orqali jamoa g‘aznasiga 26 million funt ishlab berdi. Boz ustiga, Sako jamoa uchun mutlaq keraksiz ijrochi maqomini olib bo‘lgan edi. 

Dominik Solanke 

Solanke Maykl Edvards ijro etgan eng zo‘r transferiga aylangan desak, adashmagan bo‘lamiz. Avvaliga klub 2017 yilda markaziy hujumchini erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib oladi. Kelajagi porloq sanalgan Solanke Firminyo bilan raqobatga kirishishi taxmin qilingan edi. Qahramonimiz ikki mavsum davomida «Liverpul» ixtiyorida bo‘ladi, biroq unda sira progress kuzatilmaydi. Yoshlar futbolida super natijalar qayd etgan Dominikning bor potensiali shu ekanligini barchadan avval ilg‘agan Maykl uni 2019 yilda transferga qo‘yishga qaror qiladi. 2017 yilda Angliya yoshlar jamoasi bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchiga bo‘lgan qiziqish hali to‘liq yo‘qolmaganligidan Maykl unumli foydalandi. Qahramonimiz «Liverpul» safida 21 ta o‘yinda atigi 1 ta gol kiritgan futbolchini «Bormunt»ga 19 (!) million funtga pulladi. Bu transfer ko‘plab APL muxlislarini hayratda qolishga majbur qiladi. Sababi, Solanke Britaniya futboli kelajagi bo‘lishini taxmin qilingan edi. Yakunda, yana bir bor Maykl haq bo‘lib chiqadi. Solanke o‘yin amaliyoti taqdim etilisada, kutilgan natijani bermaydi. 42 ta o‘yin atigi 3 ta gol! 19 million funtlik hujumchi uchun juda yomon ko‘rsatgich. «Liverpul» esa, bir o‘q bilan ikki quyonni urushga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. 

Filipe Koutinyo

Koutinoning «Barselona»ga o‘tishi, Mayklning eng qaltis qarorlaridan biri edi desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, Koutinyo «Liverpul»ning yuragi sanalar, Klopp ham unga to‘liq ishonar edi. Maykl braziliyalik futbolchining boshqa jamoaga o‘tish niyatida ekanligini anglagach, ishni ortga surib o‘tirmadi. Koutinyoni olib qolish sxemasini tuzmadi. Shunchaki, katta summa aks etgan chekni qo‘lga kiritishga kirishib ketdi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, «Barselona» «Liverpul»ga 130,5 million funt to‘lab berdi. O‘z vaqtida klub Filipening transferi uchun bundan 10 barobar kamroq pul sarf etgan edi. Quvonarlisi shundaki, barcha kutganidek Koutinoning ketishi «Liverpul»ning kuchsizlanib qolishga sabab bo‘lmadi. Uning transferidan kelib tushgan pullar to‘g‘ri yo‘naltirildi va bu effekt berdi. Aynan Koutinyoning ketishi «Liverpul» uchun qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochdi.

Jamoa avvaliga YECHL finalida o‘ynadi. Keyin ushbu musobaqada g‘alaba qozondi. O‘tgan mavsumda esa, 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APL taxtiga chiqdi. Jamoaning erishayotgan yutuqlarida Maykl Edvardsning xizmatlari juda ulkan. Afsuski, klub strategiyasi uchun katta hissa qo‘shayotgan insonlarni ko‘pincha e’tibordan qochiramiz. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:50, 10.10.2020. O'qildi: 9194 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Барселона Rafinya 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.