Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»chilar "uyi" yangicha ko‘rinish olmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «Real Madrid» arenasining tarixi va ertangi kuni haqida fikr almashadi.

«Estadio Chemartin» arenasi «Real Madrid»ning ilk arenasi sifatida tarixda qolishi aniq. 22 500 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diruvchi stadion 1947 yilga qadar «qaymoqranglilar» uchun xizmat qildi. 1940 yillarga kelib, Madrid klubi muxlislari soni keskin oshib ketdi. Shu bois, klub yangi arena qurish haqida bosh qotirishni boshladi. Bu o‘yingohni qurish maqsadida Santyago Bernabeu va Rafayel Salgado Bankdan katta kredit olishdi va «Chemartin» oldidan yer sotib olishdi. 1944 yilda esa, yangi stadionning maketi ommaga namoyish etildi. Qurilishni taniqli arxitektor Luis Soler va Manu Monasteriolar o‘z zimmalariga olishdi. O‘sha yilning 27 oktyabrida rasman qurilish ishlari boshlab yuborildi.

«Real Madrid»ning yangi qarorgohiga «Nuyevo Chemartin» nomi berildi. Bu ispanchadan tarjima qilinganda yangi Chemartin degan ma’noni anglatadi. Arena 1947 yilda qurib foydalanishga topshirildi. Ilk uchrashuv esa, 14 dekabr sanasida o‘tkazildi. Yangi maydonning egalari Portugaliyaning «Belenensiyesh» klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirib muxlislarni xursand etishdi. Yangi arena o‘z bag‘riga bir vaqtning o‘zida 75 145 muxlisni sig‘dirishga qodir edi. O‘yinni 27,5 ming muxlis o‘tirgan holda tomosha qilsa, qolganlar tik turgancha o‘yinni kuzatishar edi.

«Chimartin» 1954 yilda ta’mirga topshirildi. Birinchi urinishdayoq arena sig‘imi 102 mingga oshirildi. To‘g‘ri, muxlislarning deyarli 80 foizi o‘yinni turib tomosha qilishga majbur edi, biroq «Real»ning o‘yinlari uchun chiptalar sekundda sotilib ketar edi. 1955 yilga kelib, arena «Santyago Bernabeu» nomini oldi. Vaholanki, klub Prezidenti bu taklifga qarshi chiqqan edi.

1957 yilning mayida «Real» va «Sport Resifi» o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Aynan ushbu uchrashuvda ilk bor arena tungi chiroqlar yordamida yoritildi. Shu tariqa, arena uzoq vaqt Madrid super klubi uchun munosib xizmat qildi.

Ispaniya Mundialni 1982 yilda o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgach, «Santyago Bernabeu» qayta ta’mirlash uchun yana yopildi. Arenani qayta qurish ishlari 16 oyga cho‘zildi. Ushbu qurilishning umumiy byudjeti 704 million pesetga tushdi. Ushbu summaning 530 millionini rasmiy Madrid ajratadi. FIFAning talablariga binoan, JCH uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlardagi o‘rindiqlarning 3/2 qismi o‘tirib tomosha qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim edi. Shu bois, stadion sig‘imi 1982 -yilda 90 mingga kamayib ketdi. Shunga qaramay, arenaga ilk bor elektron tablo o‘rnatildi. Yoritish sistemasi to‘liq yangiladi. Arena JCHning 4 ta o‘yiniga mezbonlik qildi. B guruhidagi 3 ta o‘yin va musobaqa finali aynan «Santyago Bernabeu»da o‘tkazildi.

1992 yilda stadion yana ta’mirlandi. To‘g‘riroq qilib aytganda, zamonaviylashtirildi. Arenaning balandligi 22 metrdan 45 metrgacha uzaytirildi. Yoritish sistemasi to‘liq yangilandi. Maydon chimi esa, butunlay zamonaviy uskunalar yordamida qayta o‘stirildi. Chimning yaxshi o‘sishi uchun tagida maxsus sug‘orish sistemasi ham o‘rnatildi. Bunday zamonaviy uskunalarni 1992 yilda Yevropaning sanoqli klublarigina ishlatgan xolos. 1998 yilga kelib, jamoa Prezidenti Lorenso Sansa arenani to‘liq o‘tirib tomosha qilishga moslab ta’mirlardi. oqibatda, muxlislar sig‘imi 75 328 taga qadar kamayib ketdi.

E’tiborlisi shundaki, yangi asrning ilk yillarida (2001-2006) stadionni yangicha texnologiyalar bilan jihozlash uchun «Real» 127 million yevrodan voz kechib yubordi.VIP o‘rindiqlar paydo bo‘ldi. Stadion ichida barlar va ko‘ngil ochar maydonchalar tashkil etildi. Sovrinlar uchun zal ochildi. Tribunalarni isitish sistemasi ishga tushirildi. 4 ta restoran va butun stadion bo‘ylab eskalatorlar o‘rnatildi. Klubning rasmiy ofisi ham aynan shu arenaga joylashtirildi. Endilikda, stadionning umumiy sig‘imi 81 0,44 ni tashkil etmoqda.

2007 yilda UYEFA «Santiyago Bernabeu»ning 60 yillik to‘yi munosabati bilan arenaga «5 yulduzli stadion» maqomini berdi.

Arenadagi 1500-o‘yin 2011 yilning 22 noyabrda tashkillashtirilgan. Bahs UYEFA chempionlar ligasi doirasida «Dinamo Zagreb»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

«Santyago Bernabeu»ni nafaqat o‘yin chog‘ida, balki boshqa kunlari ham tomosha qilish mumkin. Arenani tomosha qilish uchun butun dunyodan kelgan muxlislar sovrinlar zalini tomosha qilishi, stadioning barcha tribunalarini aylanib chiqishi mumkin. Hatto sevimli futbolchisining shkafi oldida suratga tushishi ham mumkin.

2019 yilning 2 aprel sanasida Florentina Peres stadionning yangilangan qiyofasi qanday bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot berdi. Bu ishni amalga oshirish uchun Peresga Madrid meri Manuel Karmana ham yordam berishi ko‘zda tutilgan. Yangilangan «Santyago Bernabeu»ning maketi 2011 yilda tayyorlangan bo‘lsada, klub uni oradan 8 yil o‘tib ommaga namoyish qildi.

«Real Madrid» stadionni ta’mirlash uchun olgan kreditini 30 yil davomida to‘lab borishi ko‘zda tutilgan.

Florentina Peres Bankdan 525 million yevro kredit oldi. Bu summaning 100 millioni texnik uskunalar uchun sarflanadi. 300 million yevro esa, qurilish uchun ajratilgan. 125 millionga klub stadionning ichidagi xonalarni ta’mirlash va uni jihozlash uchun sarflashni rejalashtirgan. Qurilish 2023 yilda o‘z yakuniga yetishi ko‘zda tutilgan.

Stadionni ta’mirlashdan avval atrofdagi 6 000 kv.m joy to‘liq jamoa tasarrufiga o‘tishi lozim. Buning uchun Dam olish parklari va oromgohlar buzib tashlanadi. Atrofdagi barcha maydon tekislanadi va to‘liq yangi dizayn asosida qayta quriladi. Bundan tashqari, stadionning balandligi 45 metrdan 57 metrga qadar uzayadi. Sababi, stadion tomi yopilishi uchun yangi texnologiya joylashtiriladi. Ma’lumotlarga qaraganda, 15 daqiqa ichida «yangi Santyago Bernabeu» to‘liq yopiq arenaga aylanishga qodir bo‘ladi. Arenadagi yangi mega ekranga ega tablo ham o‘rnatilishi rejaga kiritilgan.

Pandemiya sababli stadion qurilishi qachon tugatilishi noma’lumligicha qolmoqda. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, pandemiya sababli arena qurilish ishlari qachon tugallanishi noma’lum. Shu sababli, «qirollik klubi» o‘zining uy uchrashuvlarini "Alfredo Di Stifano" stadionida o‘tkazib turadi.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 10.10.2020. O'qildi: 9965 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.