Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Niderlandiya 7 7 3 17
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 4 16
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rifat Akramxo‘jayev: «Loko U-18dagi futbolchilar asosiy jamoaga chaqirilsa, bundan faqatgina xursand bo‘laman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Intervyular
A A A

«Lokomotiv»ning U-18 jamoasi bosh murabbiyi Rifat Akramxo‘jayev klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

— Ushbu mavsum haqida gapirsangiz. Chempionatdagi uzoq muddatlik tanaffus futbolning sifatiga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?
— Ta’sir kuchini 100 foizga baholayman. Tabiiyki, uzoq muddatli tanaffus barchaga ta’sir qildi. Futbol planida yosh futbolchilar kundan kunga o‘sishlari, har kuni mashg‘ulotlarda qatnashib, musobaqalarda ishtirok etishi kerak. Ushbu mavsum oldidan biz reja asosida tayyorlandik, bir necha nazorat o‘yinlarida qatnashdik, chempionatni yaxshi boshlagandik. Biroq pandemiya barchasini o‘zgartirib yubordi. Tanaffus paytida hamma futbolchilar uyda individual tarzda mashg‘ulotlarda qildi. Biroq futbol — jamoaviy sport turi. Individual mashg‘ulotlar esa qanchalik kuchli bo‘lmasin, jamoaviy mashg‘ulotlarga yetmaydi.

— Markazlashgan format — holatdan chiqib ketishning eng yaxshi yo‘li...mi?
— Yil tugashiga 2,5 oy qoldi. Vaziyatdan chiqib ketishning boshqacha yo‘li yo‘q. Fors-major holatini tushunib turibmiz. Biroq musobaqani ushbu formatda ertaroq boshlashimiz ham mumkin edi.

— Jamoa bir necha uchrashuvlarda qatnashdi, g‘alabalar ham mag‘lubiyatlar ham kuzatildi. O‘yin sifati borasida qaysi uchrashuvni alohida qayd eta olasiz?
— «Metallurg» bilan o‘yin (o‘shanda Rifat Akramxo‘jayev shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi), chunki o‘sha kuni jamoa mag‘lub bo‘lib turgan paytda iroda namoyish qilib, o‘yin borishini o‘zgartira olgandi. Biz juda ko‘p vaziyat yaratyapmiz. Biroq shunga yarasha juda ko‘p gol qo‘yib yuboryapmiz, ushbu holat meni tashvishga solmoqda. Bu borada biz ko‘p ishlashimiz kerak. Biroq o‘yin sifati borasida mamnunman. Shuningdek, «Bunyodkor»ga (jamoa 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi) qarshi o‘yinni ham alohida ta’kidlab o‘tishim mumkin. O‘shanda bizning xatolarimizdan raqiblar foydalanib ketishgandi. Ha, himoyada xatolar bor, uzoq muddatlik tanaffusdan keyin yigitlar potensialini ko‘rsatishga biroz qiynalishmoqda. Aslida futbol shunisi bilan qiziq — unda oson o‘yin ham qiyin o‘yin ham bo‘ladi. «So‘g‘diyona»ni 8:0 hisobida mag‘lub etdik. O‘shanda nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini bajargandik. Shuni ham qo‘shib ketishim mumkinki: har bir o‘yinda raqib posboni bilan birga-bir holatga juda ko‘p bora chiqib boryapmiz. Ammo bundan ko‘ra ko‘proq yarimta imkoniyatlardan foydalana olyapmiz. 100 foizlik vaziyatlar esa golga aylanmayapti. Biz ishonchli o‘ynab, har bir vaziyatdan foydalana oladigan jamoa tuzishga harakat qilyapmiz.

— Ayni damda sizning jamoangiz turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikka kirish maqsadi bormi yoki klub oldingizga boshqacha maqsadlar qo‘yganmi?
— Birinchidan, doimo maqsad bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa biz nima uchun maydonga tushamiz? Nimaga erishish kerak? Barchasi klubning strategiyasi va murabbiylar shtabiga bog‘liq. Asosiy maqsadlardan biri — «Lokomotiv»ni yuqori marralarga olib chiqish. Futbolchini tarbiyalab, uni 21 yoshgacha bo‘lgan jamoaga beramiz, u yerda esa futbolchi o‘zini ko‘rsatib, asosiy jamoaga ilinishi mumkin. Mavsum boshida U-18 jamoaga olingan bir necha futbolchi birdaniga U-21 jamoaning asosiy futbolchilariga aylanib olishgani quvonarli. Masalan, Abdumutallib Rejjaboyev, Asilbek Umrzoqov, Ali Abdurahmonov, Jamshid Saidvakkasov va Sardor Asatillayev. Yana shunday bir muhim tomoni borki, futbolchilarni g‘oliblik ruhi bilan tarbiyalash kerak. Shu boisdan bizning oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Jamoalar yutaversa, vazifalar bajarilaveradi.

— Odatda, bunday yoshdagi futbolchilar doim ham barqaror o‘yin ko‘rsata olmaydi. Tajribali murabbiy sifatida bunga nima deya olasiz? Yoshlar futbolini rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak?
— Bizda yosh futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishi qiyin bo‘ladi. Bolalar yoshligida ajoyib o‘yin ko‘rsatishlari mumkin, biroq keyinchalik barqarorlikni yo‘qotish — tabiiy jarayon. Hatto mashg‘ulotlarda ham musobaqalashish kerak. Futbolchining yaxshi sifatlarini rivojlantirib, yomon illatlarini yopib ketish kerak. Masalan, futbolchi o‘ngaqay bo‘lsa, uning chap oyog‘ini o‘ng oyog‘idan ustunroq qila olmaysiz. Demak, uning nozik tomonidan boshqacharoq foydalanish kerak bo‘ladi.

— Muxlislar asosiy jamoaning murabbiylar shtabini yaxshi biladi. Siz ham o‘zingizning murabbiylar shtabingiz haqida gapirsangiz.
— Asosiy yordamchim — Yuriy Vintovkin. U o‘z vaqtida yaxshi futbolchi bo‘lgan, «Qizilqum» tarkibida 2002 yili mamlakat chempionatida 3-o‘rinni egallagan. Bizning shifokor-massajchimiz — Abdurahim Sarimsoqov, darvozabonlar murabbiyi Anvar aka Jabborov. U juda ham tajribali murabbiy, «Paxtakor»da o‘ynagan, O‘zbekiston milliy termasi tarixidagi ilk darvozabon hisoblanadi. Shuningdek, klubning media-guruhini ham qo‘shib ketaman. Ular har bir o‘yinimizda yuqori darajada ishlashadi. Doimo ko‘zlari yonib turadi, g‘alabalarda bizdan ko‘ra ikki baravar ko‘proq xursand bo‘lishadi.

— Futbolchilarning potensiali har hil bo‘lishini inobatga olgan holda, yosh futbolchilarimizni o‘zbek futbolida yorqin kelajak kutyapti deb aytsak bo‘ladimi?
— Shunday futbolchilar bor, biroq ularni aytmay qo‘yaveraman. Har bir yosh futbolchi ham asosiy jamoaga yetib kela olmaydi. Bu nafaqat «Lokomotiv»da, balki, barchada shunday. Agarda U-18 jamoamdagi futbolchilarim asosiy jamoaga chaqirilsa, bundan faqatgina xursand bo‘laman. Bu borada ishlar davom etmoqda. Umid qilamanki, biz tarbiyalayotgan ko‘plab futbolchilarni «Lokomotiv»ning asosiy jamoasida ko‘ramiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:47, 14.10.2020. O'qildi: 2454 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.