Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pirlo o‘zi murabbiymi? «Barselona» bilan o‘yindan so‘ng shubhalar paydo bo‘lmoqda

Baho:
+1 | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz "Yuventus" va Pirlo borasida fikr almashadi.

Andrea Anyelining Pirloga ishonch bildirgani tushunarli holat. O‘z zamonasining eng iqtidorli va intilekti baland futbolchisi. Jahon chempioni, Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi. Boz ustiga, teleekranlarda futbol eksperti sifatida ko‘rinish bergan Pirlo Sarrini bir necha bor tanqid qilgan edi. E’tiborlisi shundaki, Pirlo Sarrining xatolarini sxema orqali isbotlab bergan va uning taxmini to‘g‘ri chiqqan edi. Andrea «Yuventus»ning yarim himoyasi juda sekin harakat qilayotgani uchun ham Ronaldu jamoadan ajralib qolmoqda degan edi. Uning so‘zlari o‘zini oqladi, Turin klubi «Lion»ga mag‘lub bo‘ldi. Aneli esa, darrov Pirloga imkon berishga qaror qildi.

Shu o‘rinda muhim omilni eslatib o‘tish lozim! Pirlo aslida «Yuventus» yoshlariga murabbiylik qilishi ko‘zda tutilgan edi. Shu bois, uni tezda «tuproqqa» qorishtirib tashlashga shoshilmagan ma’qul. Pirlo yoshlar bilan ikki kungina ishladi xolos, so‘ng uni jamoa rahbari bosh murabbiy deb e’lon qildi. Shu bois, Pirloda yetarli tajriba yo‘q ekanligini pand berishni boshladi. Hali murabbiy sifatida to‘liq shakllanmagan Andrea o‘zini «a ceriya»ning eng qudratli klubi tepasida ko‘rishi kutilmagan holat. Uning asosiy jamoaga tayyor emasligini ko‘plab mutaxassislar sezishgan edi. Ayni damda, Pirlo uchun murabbiylik faoliyatidagi eng og‘ir damlar kechmoqda.

Afsuski, ayni damdagi tarkib ham Pirloning rejasidagi kemtiklarni to‘ldirib yuborishga qodir emas. Jamoa tark etgan «og‘ir karvon» futbolchilar o‘rnini yoshlar egalladi, ammo ular hali yetakchi darajasida ko‘tarilganicha yo‘q. Ronalduni hali Pirlo o‘z futbol g‘oyasiga joylashtirishga ulgurgani yo‘q. Pandemiya sababli, Krish aytarli mavsumni boshlagani yo‘q. Mavsum startidagi 4-5 ta uchrashuv bilan xulosa chiqarishga erta. Afsuski, yana barchasi maydon markaziga borib taqalmoqda. Tan olish lozim, maydon markazidagi muammoni hal etish istalgan murabbiyga muammo tug‘diradi, biroq Pirlo ham buni hal etishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.

Mavsum boshida Pirlo Kyeza va Bernardeskilarni loteriyal sifatida maydonga tashlashni boshladi. Keyin, kutilmaganda «Yuve» hujumda 3-4-1-2 sxemasidan foydalanishni boshladi. Jamoa himoyalanayotgan esa, sxema 4-4-2 ga o‘zgara boshladi. Himoyadagi ishlar bilan maqtanishning imkoni yo‘q, ammo hujumda ham ishlar yurishgani yo‘q. Futbolchilar raqib jarima maydonchasi atrofida yig‘ilsada, ichkariga yorib kirishning deyarli imkoni bo‘lmayapti. Keskin, hal qiluvchi uzatmalarga qadar ish yetib bormayapti. Himoyalanayotgan paytda 4-4-2 sxemasi umuman qo‘l kelmayapti. Sababi, futbolchilar o‘z o‘rniga yetib kelishga kech qolmoqda. Yoki, yangi sxemaga moslashganicha yo‘q. Umuman olganda, 4-4-2 sxemasida qarshi hujum ham ko‘ngildagidek chiqmayapti desak, adashmagan bo‘lamiz.

Turin super klubi mana shu ahvolda «Barselona»ga qarshilik ko‘rsatdi. To‘g‘ri, raqib ham «to‘kilay» deb turibdi, biroq o‘yinga tanlangan sxema va o‘yin sifatida borasida «Barselona" kuchli ekanligi ko‘rinib qoldi. Tan olish lozim, »Barselona« g‘alaba qozongan bo‘lsada, o‘z muxlislarini hayratda qoldirgani yo‘q. Jamoaning o‘yinida stabillik yo‘q. Hammasi vaqtinchalikka o‘xshamoqda. Kataloniya klubi shunchaki vaziyatlardan unumli foydalandi himoya tartibli o‘ynadi. Eng muhimi esa, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Hatto Messi ham yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. To‘pni o‘zida ko‘proq ushlashga intildi va hujum tempini sekinlashtirib yubordi. Shunga qaramay, »Yuventus" erta qo‘lga kiritilgan to‘p bilan hujumga o‘tishda juda no‘noq harakat qildi.

O‘yinni sinchiklab tomosha qilgan muxlis bir omilni darrov anglagani aniq. «Barselona» to‘pni oldirib qo‘yishi bilan kuchli pressing qilishni boshladi. Shu bois, Turin klubida to‘p nazorati bilan muammolar paydo bo‘ldi. 23 daqiqada Pyanich va Alba Kulishevskiydan shu tariqa to‘pni tortib olgan bo‘lsa, Alba birgina pas bilan «Yuventus»ning butun himoyasini «sochib» tashladi va Messiga to‘pni yetkazdi. Messi esa, juda qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi. 35 daqiqada esa, «Barselona» bir hujumning o‘zida 3 ta gol kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Grizman, Dembele va Messi uchligi vaziyatni yakunlay olmadi.

Muammo shundaki, «Yuventus» to‘pni egallashi bilan nima qilishni bilmay qolmoqda. «Barselona» esa, raqibdagi kamchilikni to‘g‘ri baholadi va konterpressingni ishga soldi. Oqibatda, «Yuve» bir necha bor to‘pni yo‘qotdi. «Yuve» «Barsa»ga qarshi uchrashuvda hujum chog‘ida o‘z pozisiyasini egallay olmadi. Ba’zida hal qiluvchi uzatma yoki zarbagacha ishni yetkaza olgani yo‘q. Buning barchasi mashg‘ulotlarda yetarlicha nazariy ko‘rsatmalar berilmayotganidan dalolat. Shu bois, futbolchilar hujum shakllantirish uchun o‘z texnikalariga suyanishga majbur bo‘lishdi. Birinchi bo‘limning o‘zida «Yuventus» futbolchilari naqd 16 bor raqibni aldab o‘tishga harakat qilishdi, biroq bu urinishlarning 9 tasi to‘pni yo‘qotish bilan yakunlandi. «Barselona» esa, hujumda tezlik namoyish etish orqali raqibni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniya klubi futbolchilarining 10 bor raqibni aldab o‘tishga urinishlarining 9 tasi muvaffaqiyatli chiqdi. Bu jamoa maxsus reja bilan maydonga tushganidan dalolat. Sababi, futbolchilar to‘pni egallab olishi bilan oldinga harakat qilayotgani ko‘zga tashlanib turibdi.

Ikkinchi bo‘limda, «Yuventus»ning muammolari soni yana bittaga ortdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, jamoaning yarim himoyasi va himoyasida «yoriqlar» paydo bo‘lishni boshladi. Shu bois,«Barselona» birgina pas bilan himoyadan hujumga chiqishni boshladi.

Ushbu suratda hech kim tayanch zonasini qo‘riqlamayotganini darrov anglashingiz mumkin. Shu yo‘sin, Kataloniya klubi ortiqcha kuch sarflamay hujumga o‘tishni boshladi. Boz ustiga,yarim himoyaning sochilib ketishi pozision hujumga o‘tish majburiyatini «Barsa»dan olib tashladi.

Ushbu kamchiliklarga qaramay, «Yuventus»ni hech narsaga qodir emas deyish noo‘rin. Morata kiritgan, ammo hisobga olinmagan gollar borasida bahslashishi mumkin. Hech bo‘lmasa, ikkinchi golni inobatga olish mumkin edi. Mayli bu boshqa masala. Asosiysi shundaki, bu gollarning barchasi futbolda sodir bo‘lishi ko‘p kuzatiluvchi o‘yin epizodi edi. Bunday epizodlarning hosil bo‘lishi esa,murabbiyning imzosi shart emas. Futbolchining mahorati ham yetarli.

Turinda «Barselona» jamoaviy konterpessing va tezkor hujumlar evaziga g‘alaba qozondi. Kuman «Barselona»da deyarli 15 yildan beri mavjud sxemadan foydalanishga qaror qildi. De Yong markaz bo‘ylab erkin to‘p surdi. Alba va Pedrining hujumga qo‘shilishi va Dembelening hujumchiga aylanishi va boshqa ko‘plab omillar klub bazasida o‘rgatiladi. Futbolchilarning ko‘zlari bunday tryuklarni ko‘raverib pishib ketgan. Hatto, refleksga aylangan desak, adashmagan bo‘lamiz. «Yuventus» esa, hali to‘liq shakllanmagan jamoa. Pirlo o‘yindan keyin mag‘lubiyatga juda chiroyli va o‘rinli izoh berdi:

«Ularning barchasi »Barselona« futbolchilari. Klub 40 yildan beri o‘z o‘yin falsafasiga ega. Buni futbolchilarga 5 yoshdan boshlab o‘rgatishadi. Bizda esa, biri »Fiorentina«dan biri »Parma«dan va yana biri Germaniyadan kelgan futbolchilar. Ular biz nima istayotganimizni anglashlari mushkul. Ulardan farqimiz bizda turli mentalitetlar jamlangan.SHu bois, maydonda bir jamoa bo‘lish mushkul.»

Endi ko‘pchilik Ronalduning safga qaytishi kutmoqda. To‘g‘ri, bu qaysidir ma’noda effekt beradi, biroq Krish bilan faqat muammolarni berkitish mumkin. Ularni Ronaldu bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ayni damdagi, vaziyatdan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Pirlo yo‘l-yo‘lakay kerakli o‘gitlarni o‘rganib boryapti shekilli. Uning o‘z g‘oyalari mavjud, biroq buni amalga oshirish uchun bilim ozlik qilmoqda. Agar u o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun kerakli bilimni o‘zlashtirsa, tez orada «Yuve» yengilmas jamoaga aylanishi turgan gap. Bunga qadar, «Yuventus» muxlislariga sabr tilashdan boshqa choramiz yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:26, 29.10.2020. O'qildi: 9118 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.