Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol olamidagi eng mashhur reklama roliklari (Top 10)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz yaqin o‘tmishdagi eng chiroyli futbol asosida suratga olingan videoroliklar bilan tanishtirib o‘tadi. 

Aslida, tomoshabinlar uchun reklama roliklaridan zerikarli narsa yo‘q. Shunday bo‘lsada, ushbu roliklarni ham san’at asari darajasida suratga olish mumkin. Albatta, buning uchun suratga olish jarayonida chinakam professionallar ishtirok etishi lozim. O‘z vaqtida, futbol muxlislari uchun ham turli kompaniyalar tomonidan ajoyib reklama roliklarini suratga olishgan. Bugun ularni qisqacha yoga olamiz. 

«Yashirin musobaqa» 

Ushbu kichik film ustida Gollivud rejisseri Terri Gilliam ish olib borgan. Byudjeti 100 million yevro bo‘lganiga qaramay, ushbu rolik kutilganidanda katta naf keltirgani rost. 
Barchadan uzoqdan dunyoning eng kuchli 24 ta futbolchisi o‘zari musobaqada ishtirok etmoqda. Shartlar juda oddiy. Kim birinchi gol kiritsa, o‘sha g‘olib. 

Musobaqa tashkilotchisi Erik Kantona bo‘lgani bois, har bir epizod o‘zgacha ko‘rinish olishi aniq edi. 2002 yildagi reklama roligi Osiyoda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan JCH uchun suratga olingan bo‘lib, «Nike» kompaniyasi tomonidan ommaga taqdim etilgan. "Nike" o‘zi bilan shartnomasi bo‘lgan futbolchilarnigina musobaqaga taklif qilganiga qaramay, ushbu rolik internet olamini »portlatib yuboradi". Yuk kemasi ichidagi 3X3 formatidagi to‘qnashuvlarni hali-hamon qayta tomosha qilishingiz mumkin.

«Vazifa»

2000 yilda suratga olinganiga qaramay, uning syujeti hali ham trendda desak, adashmagan bo‘lamiz. Lui Van Gal o‘zining eng omadsiz mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsada, yangi asr boshida u eng mashhur murabbiylardan biri edi. 

Videoning syujetida Van Gal o‘z shogirdlari yordamida «o‘zgacha» to‘pni dushmanlardan tortib olish uchun tashrif buyuradi. Unda ishtirok etgan Figu, Totti, Tyuram, York, Gvardiola, Koul i Birxofflar o‘z rolini ajoyib tarzda uddalashgan. 

"Aeroport" 

1998 yilda suratga olingan rolikda Braziliya futboli afsonalari ishtirok etgan. Ayniqsa, ushbu videoga tanlangan "Mas Que Nada" qo‘shig‘i tezda ommalashib ketdi.

Ushbu qo‘shiq ijrochisi Serjiu Mendes esa, Braziliyalik muxlislar yoqimtoyiga aylandi.  Braziliyalik futbolchilar Kafu, Ronaldu, Rivaldo, Kafu, Roberto Karlos ijrosidagi fintlar kishi ko‘zini qamashtirib yuboradi. Ushbu rolikni tomosha qiling va Braziliya terma jamoasi afsonalarini yodga oling. 

«Yangi darajaga chiqish»

2008 yilda «Nike» videorolik olamida inqilob amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Taniqli rejisser Gay Richi tomonidan suratga olingan kichik filmda oddiy insonning super yulduz futbolchilar orasiga kirib borishi tasvirlangan. 

Rejjiser qanday qilib endigina faoliyatini boshlagan futbolchi eng yuqori cho‘qqini zabt etishini tasvirlashga intilgan. Ushbu rolik qahramoni Ronaldu, Ibrahimovich, Runi, Fabregas, Tevez, Nistelroy va Sneyderlar bilan to‘qnash keladi. 

«Yovuzlik yaxshilikka qarshi»

Rolik hech qanday chuqur ma’noni o‘zida kasb etmaydi. Shu bois, ham uni tomosha qilish va xotirada saqlab qolish oson. "Nike« o‘z ambassadorlarini "yovuzlar"ga qarshi maydonga chiqishini istaydi va bu amalga oshadi. 

Rolikda 1996 yildagi futbol olami yulduzlari Ronaldo, Romario, Maldini, Koshta, Figu, Davids, Klyuvert, Kampos, Brollinlar ishtirok etgan bo‘lsada, asosiy rol Erik Kantonaga topshirilgan. 

«O‘zgarish»

2016 yildagi Yevropa chempionati arafasida Ronaldu muxlislar qalbidan joy olgan videorolikda suratga tushadi. Syujet g‘oyasi juda murakkab tuzilgan. Ronaldu va bolboylarning tanasi almashib qoladi. Ularning hayotidagi o‘zgarishlar esa, mehnat evaziga sekin-asta o‘z o‘rniga kelishni boshlaydi. 

Ushbu «asar»da Keyn, Andre Gomesh, Kuarejma, Sterling, Varan singari futbolchilar ishtirok etgan bo‘lsada, 6 daqiqa davomida sizni Ronalduning taqdiridan boshqasi qiziqtirmay qo‘yishi turgan gap. 

«Joze+10»

"Nike« kompaniyasining media jangda "Adidas"ni ortda qoldirishi odatiy holga aylangan bir paytda, nemislar javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi. Joze ismli bolakay o‘zi sevgan futbolchilardan tashkil topgan jamoani tuzish niyatida "Adidas" bilan shartnomasi bor futbolchilarga murojaat etadi. 

2006 yildagi JCH oldidan suratga olingan rolik «Nike» kompaniyasini shoshirib qo‘ygan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, "Adidas" jamoasi tarkibiga e’tibor qarating: Zidan, Bekxem, Defo, Kan, Messi, Lempard, Robben, Djerrard, Nakamura, Rikelme, Raul! Bu ham yetmaganidek, rejjisor Frans Bekkenbauer va Mishel Platinilarni ham tasmada aks ettiradi. Bu shunchaki san’at asari!

«Ole»

Portugaliya va Braziliya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi. Figu Ronaldoning oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tadi. Keyin esa, barcha futbol haqida unutadi...

«Orzu»

2014 yildagi mundial oldidan olingan rolik ham o‘zgacha ko‘rinish olganini tan olish lozim. Messi o‘z do‘stlari JCH oldidan qanday mashg‘ulot o‘tkazayotgani bilan qiziqadi. Qarabsizki, tayyor syujet. 

«O‘rta asr jangi»

"Pepsi" kompaniyasi ham futbolchilar orqali o‘z mahsulotini butun dunyoga yoyishni yaxshi uddalaganlar sirasiga kiradi. 

Ushbu kompaniyaning talabiga binoan suratga olingan rolik yillar davomida futbol muxlislarini hayron qoldirishda davom etmoqda. Aslida, eski kinolarni qayta ko‘rish zerikarli, biroq bu videorolik bundan mustasno. Yaqin o‘tmishning super yulduzlari - Ronaldinyo, Raul, Torres, Karlos, Bekxem, Totti singari futbolchilar jonlantirgan qahramonlarning qadri hozir yanada ko‘tarilgan. Sababi, ular endi futbol olamida emas. Shu bois, bu rolikni nostalgiya deb bemalol atasak bo‘ladi.

Manba: stadion.uz

Ушбу видеороликларни албатта томоша қилинг! Кетган мегабайтга ачинмайсиз!

Kiritildi: 23:57, 31.10.2020. O'qildi: 7761 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик