Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jonajon “raqiblar“ yoxud ular begona emas

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Robert Levandovski, Mario Gyotse va Mats Xummels ushbu futbolchilar Germaniya futbolining yorqin yulduzlari, jahon darajasidagi charim to‘p ustalari bo‘lish bilan bir qatorda Dortmund hamda Myunxenlik futbol ishqibozlarining birdek suyuklilariga aylangan futbolchilardir.

Robert Levandovski

Bu siymo “Bavariya“ ning yaqinda erishgan yutuqlariga shunchalik bog‘langanki, uning Dortmunddagi xizmatlari ba’zan e’tibordan chetda qoladi. Ayni paytda “to‘qqizlik“ hujumchilarning dunyodagi eng kuchli 3 taligiga kiradigan polyakni, 2010 yilda “Borussiya“klubi Polshaning “Lex Poznan“ jamoasidan 4 yarim milliondan ziyodroq summaga xarid qiladi. Hujumchi, “asalarilar“ tarkibida 3 mavsum harakat qiladi. Bu vaqt mobaynida ikki bora, 2010-11, 2011-12 yilgi mavsumlarda Bundesliga g‘olibi va mamlakat kubogi sohibi, ketar chog‘i 2013-14 yilgi mavsumda esa, Germaniya superkubogi egasiga aylanadi.

Barcha musobaqalarda 187 o‘yinda 103 ta gol uradi va 42 ta golga assistentlik qiladi. 2014 yilning yozgi transferlar oynasida “Bavariya“ga tekinga ko‘chib o‘tgan Robert muvaffaqiyatlar yozilgan daftarning bir nechtasini to‘ldirib, hatto o‘zi kutmagan natijalarni qayd etdi. 5 karra mamlakat chempioni va kubogi sohibiga aylanadi va, 4 marotaba Germaniya superkubogini boshi uzra baland ko‘taradi. Shuningdek ortda qolgan mavsumda chempionlar ligasi va superkubogi g‘olibi, hamda UEFA ning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Ortiqcha ta’rif shart emas. Indallo, Leva hamma yoqni portlatgan mavsumida "France Football"ni bitta “oltin to‘p“ga qarz qilib qo‘ydi. Bugun u yubiley 300 bahsida maydonga tushishi mumkin.
299 uchrashuv esa, naq 258 ta gol va 61 assist bilan esda qolarli bo‘ldi, dahshat!

Mario Gyotse

Asli, "Borussiya" yoshlar jamoasidan chiqqan Mario 2013-14 yilgi mavsumda 37 million yevro evaziga Dortmundni Myunxenga almashtiradi va o‘sha paytda tarixdagi eng qimmat nemis futbolchisiga aylanadi. Gvardiola boshchiligida o‘zining eng yorqin pallalarini o‘tkazgan jamoa safida 3 mavsum harakat qilgan germaniyalik ijodkor 114 o‘yinda 36 gol, 24 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yadi. Shu bilan birga 3 marotabadan mamlakat chempioni va kubogi sohibi unvoniga ega chiqadi.


2013-14 yilda UYEFA superkubogi, 2014 yilda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchadi. Tabiiyki, o‘z suyuklisini “hiyonat“da ayblagan muxlislar, Marioning yagona goli JCH-2014ni olib kelganidan so‘ng, eski gina-kuduratlarni unutdilar. Keyinchalik, Gyotse 2016-17 yilgi mavsumda 22 million yevro evaziga Borussiya qaytadi. Futbolchi “sariq-qoralar“ tarkibida umumiy, 219 da o‘yin o‘tkazib 45 marta raqiblari darvozasin ishg‘ol etish bilan birga 61 ta golli pasni amalga oshiradi. Titullar ham sanasa arziguvlik: 2 martadan bundesliga(2010-11,2011-12)va kubok(2011-12,2016-17) sohibi, bir marta super kubok(2019-20) egasiga aylanadi. Qahramonimiz kamtarona faoliyatini ayni paytda "Erideviziya"da, PSV safida davom ettirmoqda va u yerda ko‘rsatgichlar tobida, 5 uchrashuv, 2 gol.

Mats Xummels

So‘nggida, hikoya qilinuvchi inson, o‘zining futboldagi butun mehnati, harakatini shu ikki klubga baxshida etgan desak, xato bo‘lmaydi. Professional faoliyatini “Bavariya“da boshlagan Mats Xummels, “Borussiya“ga “bordi-keldi“ni 2007-08 yilgi mavsumdan boshlaydi. 2009-10 yilgi mavsumda 4 million yevrodan ko‘proqqa futbolchini rasman sotib olgan dortmundliklar, 2016-17 yilgi mavsumda 35 million yevroga Myunxenga qaytarishadi va 2019-20 yilda 30 million sarf qilib yana sotib olishadi.

Germaniyalik himoyachi “Bavariya“ tarkibida 118 o‘yinda harakat qilib, 8 gol, 9 assistga mualliflik qiladi. Jamoasi bilan 4 marta Bundesligani yutadi, 1 marotabadan esa, kubok hamda superkubok sohibiga aylanadi. Shunday bo‘lsada, Mats Xummels nomi Borussiyada yorqinroq jaranglaydi, nazdimda. Boisiki, futbolchi bu yerda 360 uchrashuv o‘tkazib, 29 ta gol urishda va 19 golga uzatma amalga oshirishda ishtirok etadi. Yutuqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘sha tanish sovrinlar: 2 karra mamlakat chempionligi, 1 marotaba kubok hamda 3 marta Germaniya superkubogi sohibiga aylanadi. Darvoqe, qahramonimiz jahon chempioni(2014) nomidan bebahra qolmagan futbolchilardan biri ham hisoblanadi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 22:26, 07.11.2020. O'qildi: 2851 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.