Germaniya chempionatining 8-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubi Berlinda «Gerta» mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Mezbonlar bahsning 33-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda esa dortmundliklar raqibni to‘liq tor-mor etishdi. Mehmonlarning 5ta golidan 4tasi Erling Xoland hisobiga yozildi.
"Gerta" futbolchisi Mateus Kunya 79-daqiqada penaltidan o‘zining ikkinchi golini urib, hisobni biroz qisqartirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Borussiya" o‘z ochkolarini 18taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa qaytdi. Jamoa peshqadam "Bavariya"dan 1 ochko ortda qolmoqda.