Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU» Sulsher o‘rniga nomzodlar izlamoqda (TOP-5)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ayi kunlarda «MYU» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher iste’fosi to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar aylanmoqda. Rahbariyat unga berayotgan ishonchi borga sari kamayib bormoqda. Darhaqiqat, norvegiyalik murabbiy qo‘l ostida «qizil iblislar»ning so‘nggi o‘yinlari borga sari beqarorlashib ketyapti

Endi «MYU» avvalgi shonli tarixiga qaytmoqdami deganimizda yana klub o‘sha yomon formasiga tushib olib, muxlislarning dilini xira qilyapti. Ayniqsa, jamoa YECHLda so‘nggi 9 ta bahsning 5 tasida yutkazib bu borada klub tarixidagi antirekorni o‘rnatdi. Biz esa borgan sari o‘z kursisi qimiqlab borayotgan Sulsher agar iste’foga chiqariladigan bo‘lsa bosh postga ko‘rilayotgan eng yaqin nomzodlar haqida gaplashamiz.

Andre Villash-Boash

Biz ushbu murabbiyni bir qancha grand klublardagi omadli yurishlari bilan yaxshi eslab qolganmiz. «Portu» bilan Yevropa Ligasi va mamlakat chempionligini yutgandan so‘ng portugaliyalik murabbiy Angliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi. Garchi vatandoshi Mourinyoning bu yerda amalga oshirgan ulkan o‘zgarishlarini takrorlay olmagan bo‘lsada Villash-Boash bir marta Yevropaning kuchli murabbiylari ro‘yxatiga kiritildi. Har qalay jamooda o‘sish kuzatilmagan bo‘lsada darajasi pastlab ketmadi. Lekin biz «aristokratlar» safida uning aytarli muvaffaqiyatli onlarini eslay olmaymiz. Jamoa tarixida undan keyingi Roberto Dimateo amalga oshirgan missiya shunchaki Adrening g‘alabalarini ko‘mib qo‘ygan desak ham bo‘laveradi.

Porugaliyalik mutaxassisning muxlislar yodida yaxshi eslanadigan zafarlari asosan londonning boshqa bir klubi «Tottenhem»da kechgan. «Shporlar» uning davrida garchi kuchli to‘rtlikka kirishni uddalay olmagan bo‘lsalarda mavsum yakuniga qadar 72 ochko jamg‘arib, Premyer-liganing yangi rekordini o‘rnatishadi. Juda qisqa davri mobaynida u bir marta hatto oyning eng yaxshilari qatoridan joy olishga ham ulgurdi. Shundan ham o‘sha yillari musobaqadagi kurash qanchalar qizg‘in ketganini bilsak bo‘ladi. Keyinchalik esa rahbariyat Garet Beylni shov-shuvli transfer evaziga «Real»ga qo‘yib yuborgach, Villash-Boashning ham taqdiri «Tottenhem»da o‘z nihoyasiga yetdi. U shundan keyin bir muddat «Zenit» hamda «Shanxay» klublarida faoliyat olib bordi. Bugun esa Fransiyaning tarixiy klublaridan biri «Marsel»da ishlamoqa. Bu yerda u yaratgan muhitni yomon deb bo‘lmaydi. Jamoa 7 yil deganda ilk marta YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsumda ham marselliklar chempionat peshqadamlarini izma-iz ta’qib etib kelishmoqda. Villash-Boash balki shaxmatcha murabbiylar sirasiga kirmas, lekin u zamonaviy futbolda o‘z uslubiga ega va ayni damda o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklab olishi uchun «MYU» unga yaxshigina variant, har qalay Angliya begona emas. 

Tomas Tuxel

«Qizil iblislar» bosh postiga da’vogarlar orasida Tuxel nomi ham bor. Garchi germaniyalik mutaxassisning Parij klubi bilan ishlari juda yomon ketmayotgan bo‘lsada uning shartnoma muddati kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Biroq biz hozirgi «PSJ»ning holatini ko‘rib avvalgi o‘yinlariga qaraganda biroz pasayish bo‘layotganligini sezamiz. Bu balki Fransiya ichki chempionatlarida bilinmasligi mumkin, ammo xalqaro maydonlarda jamoa amaldagi finalchiga xos o‘yin namoyish eta olmayapti. Barcha musobaqalardagi so‘nggi 3 bahsni oladigan bo‘lsak fransuz klubi raqiblari darvozasini biror marta ham ishg‘ol eta olishmadi. Bunaqasi klub tarixida 2011 yildan beri kuzatib kelinayotgan ilk antirekord hisoblanadi. Tuxel esa o‘zining omadsiz seriyalarini to‘xtatish va karyerasidagi yangi havoni his etish uchun ham balki Angliyaga yo‘l olib ko‘rishi balki to‘g‘ri bo‘lib chiqar.

Zero, unga grand jamoalarda ishlash begona emas. Dastlab biz bilganTuxelning muvaffaqiyati Dorutmundning «Borussiya»sida boshlangan. 2017-18 yilgi mavsumda u boshliq «asalari»lar kuchli «Bavariya» qarshiligini sindirib, yakunda Germaniya kubogini yutib chiqqan. Keyinchalik Fransiyaga ko‘chib o‘tgan murabbiy «PSJ» bilan ketma-ket ikki marta «Liga 1»da g‘olib bo‘ldi va o‘tgan Chempionlar ligasining esa finaligacha yetib bordi. Joriy mavsumda ham garchi guruhidan qiyinchilik bilan pley-offga chiqqan bo‘lsada, jamoaning nomi hozirda musobaqaning favoritlari qatorida tilga olinmoqda.

Yulian Nagelsman

Nagelsman yosh va tajribasiz murabbiydek ko‘rinishi mumkin, lekin u qisqa faoliyati davomida o‘zining nimalarga qodir ekanini barchaga isbotlab bo‘ldi va bejizga bugungi kunda bir nechta grand klublardan takliflar olayotgani yo‘q. Uning uslubi haqiqiy nemischa futbol ustiga quriladi, so‘nggi himoyachidan tortib markaziy hujumchilargacha bu yerda kuchli pressingga ishlashadi. Dastlabki faoliyatini «Hoffenhaym»da boshlagan nemis mutaxassisi jamoani tarixida birinchi marta Chempionlar ligasiga olib chiqadi. Keyinchalik mashhur bo‘la boshlagan murabbiyning xizmatlariga «Leipsig» qiziqish bildiradi va u «buqalar» safida 2019 yildan beri ishlab kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida jamoa Bundesligada ikki marta kuchli uchlikka kiradi va o‘tgan mavsum YECHL yarim finaligacha yetib bordi. Ushbu natijani qayd etganda u bor yo‘g‘i 32 yosh edi. Nagelsman boshliq jamoa joriy mavsum aynan «MYU» bilan bitta guruhdan joy olgandi va yakunda ularni Yevropa ligasi sari ravona qilib yubordi. Balki shuning uchun ham bo‘lsa kerak, Manchester rahbariyati nemis murabbiyining garchi «Leipsig» bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzganiga qaramay uni Sulsher o‘rniga ko‘rilayotgan bosh nomzodlar qatorida ko‘rmoqda.

Massimiliano Allegri

Allegri haqida ortiqcha ta’rif ishlatishning hojati yo‘q. «MYU» ushbu murabbiy xizmatlariga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas. Bungacha «PSJ» va «Barselona»dan ham bir necha oy avval takliflar tushganidan xabaringiz bor. Uning kuchli taktik uslubga ega ekanligi hech kimga sir emas. 53 yoshli mutaxassis «Yuventus»dagi faoliyati davomida ketma-ket besh marta «Skudetto»ni qo‘lga kiritishi bilan birga 2 marotaba Chempionlar ligasi finaligacha ham yetib bordi. Lekin Anyelli boshliq rahbariyatning yagona orzusi hisoblangan «shalpangquloq» kubok ha deganda yutilavermagach, oxiri Allegri iste’fosi e’lon qilindi. Lekin shunga qaramay u «biankonerilar» tarixidagi eng sermahsul murabbiy sifatida tarixda qoldi. Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa 188 bahsning 142 tasida (75%) g‘alaba qozongan bo‘lib, bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. U hozir ishsiz va o‘zining navbatdagi missiyasini «MYU»da davom ettirishi mumkin.

Mourisio Pochettino

Pochettino «MYU» ko‘rib chiqayotgan nomzodlar orasida asosiy favoritlardan biri bo‘lib turibdi. Bunday deyotganimizga sabab, u bilan klub sport direktori Vudvord shaxsan bir necha marotaba uchrashishga ulgurdi. Darhaqiqat, Pochettino «Tottenhem»da ishlagan yillari mobaynida klub imidjini bir pog‘ona yuqoriga olib chiqdi. «Shporlar» aynan argentinalik mutaxassis qo‘l ostida o‘z tarixlarida eng ko‘p marotaba kuchli to‘rtlikdan joy olishgan. 18-19 yilgi YECHL finali esa avavlgi erishilgan zafarli odimlarning gultojisi bo‘ldi desak yangilishmaymiz. Va qaysidir ma’noda xotima bo‘lib jarangladi hamki, shundan bir necha oylar o‘tib murabbiy iste’fosi e’lon qilindi. Uning London jamoasiga singgan xizmatlari beqiyos. Pochetinonig salohiyatini esa 4 marta qo‘lga kiritgan oy murabbiyi sovrinlari ham belgilab berishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:27, 15.12.2020. O'qildi: 13632 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.