Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ular boshqa klubga o‘tishi shart!

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz allaqachon grand klublarda to‘p surish darajasiga ko‘tarilgan, ammo hali-hamon o‘rtamiyona jamoalarda to‘p surayotgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi. 

Adama Traore 

«Vulverhempton» klubi vingeri so‘nggi mavsumlarda katta o‘sishga erishdi. Uning maydondagi tezligi, jismoniy imkoniyatlari kishi ko‘zini qamashtiradi. Boz ustiga, qahramonimiz arsenalida endi zarba va so‘nggi uzatmalar ham paydo bo‘lmoqda. Bu quvonarli holat. O‘tgan mavsumni Adama juda yorqin o‘tkazdi. Shu bois, Ispaniya terma jamoasidan taklif ham oldi. Qisqa muddat ichida bir nechta grand klublar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda uni su o‘z safida ko‘rishni istagan jamoalar yetarlicha topiladi. Ular qatoriga «Yuventus» va «Barselona» singari grand klublarni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin. «Barselona» klubi akademiyasida tarbiyalangan Traore bugungi kunda APLning eng tezkor futbolchisi sanaladi!

Memfis Depay

Qahramonimiz bunga qadar grand jamoada to‘p surgan, ammo taqdirning imkoniyatini qo‘lidan chiqargan edi. Endi esa, unda bu xatolardan xulosa chiqargan xolda yangi darajaga ko‘tarilish imkoniyati bor. «Manchester Yunayted»dagi omadsiz mavsumlardan so‘ng, Depay «Lion» bilan shartnoma imzoladi. Bugungi kunga qadar Depay 159 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobida 59 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, 47 ta assist ham uning hisobida mavjud. Bunday sermahsul o‘yin grandlar e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Boz ustiga, Memfis terma jamoaning bugungi kundagi yuzi sanaladi. U bilan terma jamoada birga ishlagan Ronald Kuman Kataloniyaga ko‘chib o‘tgach, birinchi bo‘lib Depayning transferini amalga oshirishni rahbariyatdan iltimos qildi. Futbolchining o‘zi ham boshqa klubga o‘tish niyatida. Shu bois, «taqachilar» tomonidan taklif qilingan yangi shartnomadan voz kechdi. Katta ehtimol bilan yozda, biz Depayni grand klublardan birida ko‘rishimiz mumkin. 

Risharilson 

Braziliyalik futbolchi APLdagi o‘zining sarguzashtlarini «Uotfurd» klubida boshladi. Risharilson qisqa muddatda ko‘plab jamoalar e’tiborini o‘ziga qaratdi. Uni qo‘lga kiritishni istaganlar ko‘p edi, ammo «Everton» hammadan yaxshiroq taklif bilan chiqdi. «Irislar» 40 million yevroni 20 yoshli futbolchiga sarflab yuborishdi. Tan olish lozim, bu transfer to‘liq o‘zini oqladi. Risharilson yangi jamoasi safida 88 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobida 33 ta gol yozib qo‘yishga ulgurdi. Boz ustiga, yulduzlar bilan to‘lib toshgan Braziliya terma jamoasidan ham chaqiruv oldi. Uning hisobida hozirda terma safida kiritilgan 8 ta gol mavjud. Undagi progress sababli to‘p klublar «Everton»ga taklif bilan chiqishni boshlab yuborishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, «Arsenal» , «Tottenhem» va «Chelsi» futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi. 

Mikel Oyarasabal

MIkel Allaqachon daraja borasida «Real Sosyedad»dan o‘zib ketdi. Endigina 23 yoshga to‘lgan bo‘lsada, u klub safida 210 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. 57 ta gol va 38 ta assist yarim himoyachi uchun ajoyib ko‘rsatgich. Maydonda aql bilan harakat qiluvchi, o‘yinni o‘qiy oladigan Oyarasabal uchun allaqachon Yevropa grandlari kurash olib borishmoqda. Ispaniyaning grandlaridan tashqari, «Siti» va «Arsenal» ham baskni o‘z safida ko‘rish orzusida. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, «Real Sosyedad» o‘z futbolchining transferidan 80 million yevro ishlab olmoqchi. Sababi, Mikel darajasidagi futbolchilar o‘rtamiyona klublarda uzoq qolmasligi aniq. 

Deklay Rays

Angliya futbolining ertasi sanalgan Rays endigina 21 yoshga to‘ldi. Shunday bo‘lsada, uning hisobida allaqachon 120 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. Asosan maydon markazidagi to‘qnashuvlarda faolligi bilan ko‘zga tashlangan futbolchi Frenk Lempardning asosiy nishoni bo‘lib turibdi. Uni ko‘plab mutaxassislar yangi Roy Kin bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Kurashlardan qochmaydigan, jismonan baquvvat futbolchi uchun kurash tobora avjiga chiqmoqda. Ayni damda, «Vest Hem» yarim himoyachini 100 million yevroga baholamoqda. «Bolg‘achilar» shu yo‘sinda uni ko‘proq o‘z tarkibida olib qolmoqchi. Agar qahramonimiz shu tempda o‘yin namoyish etsa, bu summani to‘laydiganlar ham topilishi turgan gap.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 19.12.2020. O'qildi: 12574 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.