Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixidagi eng qimmat 15 yoshli futbolchilar (Top 10)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz sayyoramizdagi eng qimmat yosh futbolchilar haqida o‘z o‘quvchilari bilan fikr almashadi.

Gannibal Mejbri - «Monako» 1,1 million yevro

15 yoshli yarim himoyachini 2017 yilda «Monako» 1,1 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Fransiyaning quyi ligasidagi klublardan biri 15 yoshli futbolchi sababli 1 million yevro ishlab olgani tahsinga sazovor. Oradan ikki yil o‘tgach, Gannibalni «Monako» «Manchester Yunayted»ga 10 million yevro evaziga sotib yubordi. U bugungi kunda «qizil iblislar» akademiyasidagi eng yorqin futbolchilardan biri sanaladi.

Yusuf Mersin - «Liverpul» 1,2 million yevro

Angliyada istiqomat qiluvchi turk futbolchisi uchun «Liverpul» 1,2 million yevroni sarf etgan edi. 15 yoshli o‘spirin uchun bunday summa juda katta. Hatto, u grand klub tomonidan taklif etilgan bo‘lsa ham. Afsuski, «Liverpul»da Mersin o‘zini to‘liq namoyish eta olmadi. «Milluol» safiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Bugungi kunda u Angliyanign 5-divizion vakili sharafini himoya qilmoqda.

Ignasi Mikel - «Arsenal» 1,25 million yevro

16 yoshiga qadam qo‘yishidan bir necha oy ilgari London klubi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolaydi. Klubga katta umidlar bilan qabul qilingan Mikel atigi 14 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Oqibatda, 2013 yilda uni «Arsenal» ijaraga berishni boshladi. Hozirda, qahramonimiz «Leganes» sharafini himoya qilmoqda. Afsuski, u yerda ham uni asosiy tarkib futbolchisi deb bo‘lmaydi.

Xashim Mastur - «Milan» 2,1 million yevro

2012 yilda Milanning «Milan» klubi 15 yoshli «Redjina» futbolchisi uchun 2 million yevro sarf etishdan qo‘rqmadi. Rahbariyat yosh iqtidor egasi kelajakda «Milan»ga katta sovrinlar olib berishini taxmin qilgan edi, ammo bu amalga oshmadi.

18 yoshga qadar o‘zini ko‘rsata olmagach, «Milan» u bilan shartnomani bekor qildi. Keyin, Mastur butun Yevropani kezishni boshladi. U Gresiyaning ikkinchi ligasida ham o‘zini namoyish eta olmagach, yana «Redjina»ga qaytib keldi.

Jorj Grin - «Everton» 2,3 million yevro

2011 yilda «Bredford»ning 15 yoshli futbolchisi uchun kurashda «Everton» g‘olib chiqdi. Kurash shu qadar avj oldiki, hatto bir haftada Grin uchun talab qilinayotgan summa 2,3 million yevroga ko‘tarilib ketdi. Afsuski, «Everton»da Grin o‘zini umuman ko‘rsata olmadi. Keyin, butun Britaniya bo‘ylab sayohat boshlandi. Bugungi kunda u Angliyaning 7 ligasida to‘p surmoqda.

Sheyo Odjo - «Liverpul» 2,5 million yevro

«Everton»ning hamshahari «Liverpul» ham o‘spirinlarga ishonib yaxshigina summani havoga uchirib yuborganlar qatorida mavjud. 2011 yilda Odjo «Liverpul»ga 14 yoshda tashrif buyurdi. Qahramonimiz jamoa safida 13 ta o‘yinda ishtirok etdi va hatto bitta gol ham kiritdi. 20 yoshda yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida Angliya bilan chempionlikka ham erishdi, biroq omad unga «Liverpul»da kulib boqmadi. U hozirda Chempionshipdagi jamoalarda to‘p surmoqda.

Charli Musonda - «Chelsi» 2,5 million yevro

Angliya liga kubogi, yoshlar o‘rtasidagi YECHL va Shotlandiya kubogida zafar quchgan bo‘lsada, belgiyalik futbolchini omadli deb bo‘lmaydi. U o‘z vaqtida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri edi. Afsuski, 2019 yilda jarohat olgan futbolchi hali-hamon yashil maydonga qaytgani yo‘q. 2012 yilda «Anderlext»dan xarid qilingan futbolchi hali «Chelsi» uchun aytarli hech narsa namoyish etgani yo‘q.

Xose Pozo - «Manchester Siti» 2,8 million yevro

«Real Madrid» jamoasi akademiyasida tarbiyalangan bo‘lsada 14 yoshida uni «Manchester Siti» o‘z safiga qo‘shib oladi. 2012 yilda Angliya ko‘chib o‘tgan o‘spirin 5 yil davomida jamoa asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qildi. Yakunda esa, atigi 4 ta o‘yin. Shartnomasi yakunlangach, uni «Siti» qo‘yib yubordi. 2018 yildan beri «Rayo Valekano» sharafini himoya qilmoqda.

Jermeyn Pennant - «Arsenal» 3 million yevro

15 yoshida Pennatni super yulduz bo‘lishi taxmin qilingan edi. Shu bois, London klubi 3 million yevroni sarf etishga qaror qildi. Afsuski, bu transfer omadsizlikka yuz tutdi. Keyinchalik, Pennant o‘zini tiklab olish uchun «Liverpul» va «Lids» jamoalarida urinib ko‘rdi, biroq barchasi omadsiz yakunlandi. Qahramonimiz 35 yoshga qadar Hindiston chempionatida ham to‘p surdi. Vatinga qaytgach, ayrim qiliqlari sababli 7 liga vakili u bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi.

Fran Merida - «Arsenal» 3,2 million yevro

Merida haqida ko‘pchilik hatto eshitmagan ham bo‘lsa, ajab emas. 15 yoshli futbolchi uchun 2005 yilda London klubi «Barselona»ga 3,2 million yevro to‘lab bergan edi. Unga ishonch bildirishdi, biroq bu ishonchni Fran o‘z foydasiga ishlata olmadi. Kelajakda yangi Rober Pires bo‘lishi taxmin qilingan Merida bugungi kunda 30 yoshda. U ancha yillardan beri «Segunda» klublarida to‘p surmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:28, 30.12.2020. O'qildi: 13673 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.