Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Isko, O‘zil, Jiru va boshqalar. Yanvardayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Transferlar oynasi har doim qiziqarli tus olib kelgan. Ko‘pchilik muxlislar qishki transferlar oynasini sezmay qolsa, klublarda bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ham, mablag‘ ham topilmasligi mumkin. Biroq bu umuman sensasiyalar bo‘lmasligini anglatmaydi. Axir hozirda jamoani yelkasida sudrab yurgan Brunu Fernandesh ham aynan qishki transferlar (yanvar oyida) vaqtida «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgandi.

Shunday ekan, quyida kelayotgan yanvar oyida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

Olivye Jiru («Chelsi»)



Jiru surunkali ravishda omadsizlikka uchrab kelmoqda. Har safar safdan chiqqan muhim futbolchilarning o‘rnini to‘ldirib yuradigan fransuz hech o‘zi o‘ynagan jamoalarning asosiy hujumchisiga aylana olmagan — yozda har doim unga yangi raqobatchi keladi. Shu tariqa 2020 yilning yozida ham uning pozisiyasini Temmi Abraham bilan tandem hosil qilgan Timo Verner egalladi.

So‘nggi paytlarda esa «Tottenhem», «Vest Hem» va boshqa klublar fransuzning xizmatiga qiziqib qoldi. Manbalarning ta’kidlashicha, Jiruning o‘zi ham zaxira o‘yinchisi bo‘lishdan charchagan va jamoasini almashtirishdan faqat xursand bo‘ladi.

Mundial g‘olibini nafaqat inglizlar, balki «Inter», PSJ va «Inter Mayami» singari klublar o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Isko («Real»)



Isko anchadan buyon «Real»ning asosiy futbolchilaridan hisoblanmaydi. Sabrli ispaniyalik hozirda Madridni tark etishga qaror qilgan. Bu haqida uning otasi va agenti Pako Alarkon ispan radiolarining birida aytib o‘tdi.

«Hozir bizda hech qanday taklif yo‘q, ammo u boshqa ligalarga qiziqmoqda. Yozgacha kutishimiz ham mumkin».

Bir paytlar Ispaniyaning eng umidli o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Isko Zinedin Zidan kelganidan keyin shunchaki unutildi, qo‘ydi. Shubhasiz, ayni damlarda u «qaymoqranglilar»ga kerak emas.

Mesut O‘zil («Arsenal»)



Mesut O‘zil eng kamida fevral oyigacha maydonga tushmasligi aniq. «Arsenal» uni APL va Yevropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi. Mikel Artetaning ushbu qarori ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqargani va futbolchining o‘zi ham bundan norozi bo‘lgani hech kimga sir emas. Ammo ispaniyalik qat’iy turgan holda yarim himoyachida ko‘plab imkoniyatlar bo‘lganini va bundan foydalana olmaganini aytdi.

O‘zilning «to‘pchilar» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga yetadi. O‘shanda u jamoani bepul tark etishi mumkin bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, qishda «kanonirlar» maksimal ravishda uning transferidan pul ishlashga harakat qiladi. Hozirda Turkiya, Osiyo va MLS klublari unga qiziqish bildirmoqda, biroq O‘zilning o‘zi ularni rad etish bilan ovora.

Dele Alli («Tottenhem»)



Avvaliga Alli Joze Mourinyo boshqaruvidagi «Tottenhem»ning yuziga aylanishi kutilgandi, ammo hammasi aksincha bo‘lib chiqdi — u umuman unutildi. Aftidan, portugaliyalik bundan keyin ham uning xizmatlariga murojaat qilmaydi. Premyer Ligada kam o‘yin o‘tkazayotgan, Yevropa Ligasida esa atigi 45 daqiqa harakat qilgan inglizning ketishni istayotgani hech kimni ajablantirmayotgani bor gap.

Barcha ko‘rsatkichlar yarim himoyachining «shporlar» tarkibini tark etishini ko‘rsatmoqda. Boisi u nafaqat asosiy tarkib, balki 18 talikka ham kira olmayapti.

David Alaba («Bavariya»)



David Alaba va «Bavariya» uzoq vaqtdan beri yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti va mojaro allaqachon klubdan tashqariga ham chiqib bo‘lgan. Hozirda avstriyalik nemis klubini tark etishiga shubha yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra Alaba klubdan 125 million yevro maoshli besh yillik shartnoma talab qilgan. Hozirda Alabani «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagani haqida ma’lumotlar bor. Yurgen Klopp esa bunday (kuchli) transferdan faqat xursand bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:00, 31.12.2020. O'qildi: 5158 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.