Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • 4:0
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 3:2
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • 3:0
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • 1:1
      • Milan
      • 27.01.2026 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Udineze
  • La-liga
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • 3:0
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Betis
      • 27.01.2026 01:00
      • Jirona
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 0:2
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • 0:2
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:3
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:3
      • Man. Yunayted
      • 27.01.2026 01:00
      • Everton
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Elche 21 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Malyorka 21 21
18 Xetafe 20 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hakim Fuzaylov: «Dinamo» menga begona emasligi va jamoani Superligaga qaytarish maqsadida Samarqandga qaytdim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Dinamo
Rukn: Intervyular
A A A

Kuni kecha «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Uzoq yillardan keyin Samarqand klubida yana ish boshlagan Hakim Qayumovich bilan uchrashib, «Dinamo» oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar, murabbiyning 2000-yillarda Oliy ligadagi faoliyati haqida suhbatlashdik.

- Hakim Qayumovich, qariyb 20 yillik tanaffusdan keyin sizni Samarqandda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Avvalo, «Dinamo»dan tushgan taklif haqida gapirib bersangiz...

- Avvalambor, men ham Samarqanddek qadimiy va ajoyib shaharga yana qaytganimdan juda ham xursandman. Samarqanddek katta viloyat va shaharning bosh jamoasi «Dinamo»ni boshqarish men uchun katta sharaf. Sababi bu jamoaning katta tarixga ega ekanligini juda yaxshi bilaman. So‘nggi mavsumda Tojikistonning «Xo‘jand» klubida faoliyat yuritdim va yil yakunida jamoa bilan chempionatda 2-o‘rinni egallab, OFK Kubogi musobaqasiga yo‘llanma olgandik. Bu yil ham kelishuvni uzaytirish masalasi turgandi. Ammo bir necha kun oldin Samarqanddan qo‘ng‘iroq bo‘lib, «Dinamo» rahbariyatidan taklif oldim. O‘zbekistonga qaytish masalasini uzoq o‘ylab o‘tirganim yo‘q. Klub bilan bir yillik shartnoma imzoladik. Qo‘yilgan vazifani bajarsak, mavsum yakunida kelishuv uzaytiriladi.

- «Dinamo»ning so‘nggi mavsumda Superligaga chiqa olmay, Pro ligada qolganidan xabaringiz bor. Bungacha asosan Oliy ligalarda ishlagan mutaxassis sifatida aytingchi, bu taklifni qabul qilishingizga eng muhim jihat nima bo‘ldi?

- Albatta, klubning vaziyatidan xabardorman. Har holda O‘zbekistonda ko‘p yillar ishlaganim tufayli bu mamlakat chempionatini ham kuzatib kelaman. Bungacha asosan yuqori ligalarda ishlagan murabbiyning quyi ligada faoliyat boshlashi ko‘pchilikni ajablantirishi mumkin. «Dinamo»ga kelishimning eng asosiy sababi, bu jamoa menga begona emasligi, murabbiylik faoliyatimdagi dastlabki qadamlarni aynan Samarqandda tashlaganim va O‘zbekistondagi eng yaxshi natijalarimdan biri bilan ham aynan «Dinamo» bilan erishganim muhim o‘rin tutdi. Klub rahbariyati bilan gaplashganimda jamoa oldidagi vazifa Superligaga chiqish ekanligi meni bu yerda ish boshlashimga sabab bo‘ldi. Har holda Samarqanddek katta viloyat va qadimiy shahar jamoasi faqat Superligada bo‘lishi kerak.

Umuman olganda, O‘zbekiston chempionatiga qaytishni istadim. 2012-2014 yillar davomida Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi sifatida sovrinli o‘rinlarni egallagandik. Ungacha Rossiyaning «Lokomotiv» Moskva, «Rostov», «Terek» klublarida, keyin esa 2016-2018 yillarda Tojikiston milliy jamoasi va Dushanbening ko‘p karra chempioni «Istiqlol» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladim. Yillar o‘tib, yana O‘zbekistonga qaytganimdan xursandman.

- «Xo‘jand» klubi bilan so‘nggi mavsumda Tojikiston Oliy ligasi kumush medaliga ega chiqib, OFK Kubogiga yo‘llanma olgan edingiz. Bu jamoani tark etish oson bo‘lmagandir?

- Samarqanddan taklif tushgach, Xo‘jand klubi rahbariyati bilan gaplashib oldim va ular mening qarorimga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, o‘zaro do‘stona xayrlashdik. Yangi mavsumda ham katta maqsadlarni ko‘zlagan sobiq jamoamga omad va zafarlar tilab qolaman.

- «Dinamo»da ishga kirishganingizga ko‘p bo‘lmadi, jamoa bilan yaqindan tanishayapsiz. Sizningcha, jamoaning hozirgi potensiali qay darajada va tarkibda qanday o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin?

- Jamoa bilan birga hali endi uch kun ishladim. Klubdagi mahalliy murabbiylar yordam berishda davom etishadi. Ularning aksari shogirdlarim. Bilishimcha, o‘tgan yilgi o‘yinchilardan tarkibni juda ko‘p futbolchilar tark etgan. Hozirda qo‘l ostimda 30 nafarga yaqin futbolchi bo‘lsa-da, tarkibning juda katta qismi hali tajribaga ega bo‘lmagan mahalliy yosh futbolchilar va akademiya tarbiyalanuvchilari. Yaqin kunlargacha ularning barchasiga imkoniyat berib, ko‘rikdan o‘tkazamiz. Ammo klub oldidagi vazifadan kelib chiqib, jamoa tarkibi kuchaytirilishi shart. Aynan hozirdan boshlab, allaqachon tarkibni kuchaytirish masalasi bilan shug‘ullanishni boshladik. Tarkibimizga legionerlarni ham chaqirishimiz mumkin. Chunki natijaga erishish uchun yordam beradigan mahoratli futbolchilar bizga juda zarur. Yaqin 10 kun ichida tarkibni shakllantirib, qanday o‘yinchilar bilan ishlashim borasida aniq tasavvur uyg‘onishi lozim.

- Jamoaning dastlabki rejalarni tuzishga ulgurdingizmi?

- Albatta, bu borada uzoq o‘ylashga vaqt bo‘lmaydi. Tayyorgarlik masalasini rahbariyat bilan muhokama qildik. Unga ko‘ra, yanvar oyi yakuniga qadar tayyorgarlik ishlari Samarqandda o‘tkaziladi. Fevraldan esa Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etib, asosan nazorat bahslarida maydonga tushamiz, tarkibni kuchaytiramiz.

- «Dinamo»ning O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi natijasi aynan sizning qo‘l ostingizda qo‘lga kiritilgani, qolaversa yangi bosh murabbiy sifatida samarqandlik minglab muxlislar sizdan jamoani Superligaga olib chiqishingizni kutayotganligi aniq. 2000 yilgi va hozirgi tashrifingizni taqqoslab, qanday farqlarni ko‘rasiz?

- Samarqandga birinchi va ikkinchi marta ish boshlashim orasida 20 yillik katta oraliq bo‘lsa-da, o‘shanda ham, hozir ham oldimda asosiy vazifa yuqori o‘rinlarni egallashdir. Kechagidek yodimda, 1999 yilda «Dinamo» bosh murabbiyi rahmatli Mahmud aka Rahimov meni birga ishlash uchun Samarqandga chaqirgandi. O‘shanda 2000 yilda birga ishlashga va’da bergandim. Ammo ko‘p o‘tmay, 1999 yilning dekabr oyida Mahmud aka Rahimov Toshkent – Samarqand trassasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Unga va’da berib qo‘yganim uchun meni Samarqandga chaqirib bosh murabbiy sifatida tayinlashdi. Klubga e’tibor kuchli edi. Mahmud aka Rahimov «Dinamo»da yaxshi jamoa shakllantirib bo‘lgandi, men esa jamoani yana biroz shakllantirgandim, xolos. «Dinamo» tarkibida o‘sha davrning eng kuchli futbolchilari, milliy jamoa a’zolari yig‘ilgandi. Samarqand viloyat hokimiyati va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari evaziga «Dinamo» hech kimdan qo‘rqmaydigan jamoaga aylangandi. O‘zbekiston kubogi finalida «Do‘stlik» jamoasiga qarshi maydonga tushgandik, Osiyo kubok egalari kubogida ishtirok etgandik. Mavsumni yaxshi boshlagan bo‘lsak-da, yakunda 4-o‘rinni egalladik. Bilishimcha, bu natija «Dinamo»ning Oliy ligadagi eng yaxshi natijasi bo‘lib qolmoqda. O‘shanda Samarqanddagi har bir o‘yinimiz shaharda muxlislarning bayramona atmosferasiga sabab bo‘lardi, har o‘yinda 20-30 ming tomoshabin stadionni to‘ldirib o‘tirardi. Hozirgacha o‘sha davrlarni eslash yoqimli.

Bu yil ham jamoa o‘zi ishtirok etadigan turnirda g‘oliblik uchun to‘p surishi vazifasi qo‘yilgan. Rahbariyat va samarqandlik muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari ostida «Dinamo»ning avvalgi mavqeyini tiklashga bor kuch va tajribamni ishga solib, klubni Superligaga olib chiqishga intilamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:45, 18.01.2021. O'qildi: 2297 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.