Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Aripov: «Tibbiy ko‘rikdan o‘tishda klublarimizga qulayliklar yaratib berilmoqda»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bilasiz, futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tashkil etgan malakali shifokorlardan iborat Tibbiy komissiya COVID-19 pandemiyasi davrida klublardagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog‘ligi holatini nazorat qilish bo‘yicha samarali ish olib bora oldi va bu 2020 yilgi mavsumni jiddiy kechikishlarsiz yakunlash imkonini berdi.

Komissiya 2021 yilda ham klublarga tibbiy masalalarda yaqindan ko‘mak berish bo‘yicha ish olib bormoqda. Endilikda jamoalarning mavsum boshlanishi arafasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni oldingidek faqat Toshkentda o‘tkazilmaydi. Har bir klub yangi mavsum tayyorgarligi doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun poytaxtga kelishi shart bo‘lmaydi va o‘z shahrida joylashgan tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu jarayonning qay tariqa tashkil etilishi va uning afzallik tomonlari haqida O‘zPFL Tibbiy komissiyasi raisi – tajribali sport shifokori Alisher Aripov so‘zlab berdi:

- Odatda har mavsum oldidan jamoalar barcha a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi. Mazkur jarayon ilgari markazlashtirilgan holda Toshkentda o‘tkazib kelinar edi. Buning qator afzallik tomonlari bor bo‘lsa-da, bir jihatdan butun tarkibni yig‘ib, Toshkentga kelib-ketish, qolaversa, barcha klublar bir tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tgani bois navbati kelishini kutish har qanday klubning mavsumoldi rejalarida kichik qiyinchiliklar yuzaga keltirar edi. Shu kabi jihatlarni bartaraf etish, klublarga bu borada yengillik yaratish maqsadida endilikda mavsum oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishda jamoalarga o‘z shahrida joylashgan tibbiy muassasalarga murojaat qilishga ruxsat berildi. Klub endi poytaxtga kelib-ketishi zarur bo‘lmaydi.

Tibbiy komissiya tomonidan tekshiruvdan o‘tish lozim bo‘ladigan ko‘riklar ro‘yxati ishlab chiqib, klublarga taqdim etiladi. Klub istalgan tibbiy klinikada mazkur tekshiruvlardan o‘tadi. Buning yana bir qulay jihati shundan iboratki, agar jamoa o‘z qarorgohida yoki boshqa biror joyda yig‘in tashkil etayotgan bo‘lsa, Toshkentdan yoki viloyat markazidan mavjud bo‘lgan mobil laboratoriyalarni o‘sha qarorgohga taklif etgan holda ham tibbiy ko‘rikni tashkil etishi mumkin bo‘ladi.

Va yakunda har bir futbolchining tibbiy tekshiruv natijalari va xulosalari O‘zPFLning maxsus elektron tizimi – MyLeague onlayn platformasiga yuklanadi. Bu orqali endi har bir futbolchining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda to‘planib, monitoring qilib boriladi. Bu ham oldinga tashlanayotgan qadamlarimizdan biri, deb o‘ylayman.

Hali oldindagi rejalarimiz katta. Maqsadimiz shuki, har bir klubda faoliyat olib borayotgan shifokorlar faoliyatiga ko‘mak beraylik, ularning ish ko‘lami va samaradorligini oshiraylik. Sekin-asta sport shifokorlari sonini orttirgan holda yaqin kelajakda har bir klubimizda bir necha nafar shifokordan iborat tibbiy markaz faoliyat yuritishiga erishmoqchimiz, - dedi malakali shifokor.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:30, 23.01.2021. O'qildi: 1599 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик