Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Italiyaliklarning «Real»dagi sarguzashtlari yoxud «qaymoqrang» libosdagi qahramonlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jahon kubogini qo‘lga kiritish borasida faqatgina Braziliyadan ortda qoluvchi va «Yuventus», «Milan», «Inter» kabi Yevropaning top klublariga ega Italiyaning atigi 3 nafar futbolchisi «Santyago Bernabeu»da qaymoqrang futbolkani kiyishga muvaffaq bo‘lgan.Keling, o‘sha 3 italiyalikning Madridga qay darajada foyda keltira olgani yoki aksincha harakatlariga to‘xtalamiz.

Antonio Kassano

Transfer narxi:5.5 mln yevro

Mavsumlar:2006\07

Uchrashuvlar:28 o‘yin

Statistika: 4 gol\3 assist

Antonio Kassano 2006 yil jamoa bilan shartnoma imzolaydi. «Real»ga kelib qo‘shilishidan avval «Roma»da o‘ynagan futbolchiga Rimning Tottidan keyingi shahzodasi sifatida qarashgan. Rim klubi uni 19 yoshida 30 mln yevroga sotib olgandi. 5 yil «Roma» uchun harakat qilgan futbolchi transferga sarflangan pullarni umuman oqlamagan. Yomon xulqi uchun klub menejerlari bilan doimiy tortishuvlarga duch kelgan. Italiya futbolining kelajagi bo‘lishi kutilgan Kassanoni «Real» ham tarbiyalay olmadi.

Uning Madriddagi debyut uchrashuvi «Betis»ga qarshi Ispaniya kubogida bo‘lgan. Roberto Soldadoning o‘rniga maydonga tushgan va 4 daqiqa o‘tib, o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan. Pozitiv boshlangan startga qaramay, uning ishlari tezda yomonlasha bordi. Zararli taomlarni ko‘p iste’mol qilganidan ortiqcha vazn yig‘a boshlagan futbolchiga «gortido»(yog‘li), deb laqab qo‘yilgan.

Umuman olganda uning Ispaniya poytaxtidagi faoliyati uzoq davom etmadi. 18 oy davomida to‘p tepgan Kassano o‘sha paytdagi klub murabbiyi Fabio Kapello bilan hech chiqisha olmadi. Birin-ketin uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Antonio o‘sha yilgi mavsumda 7 bor maydonga tushib 1 gol muallifiga aylanadi. Lekin u Madriddan quruq qo‘l bilan ketmadi, La liga g‘olibligidan keyin «Sampdoriya» ijaraga berilib keyinchalik 3,5 million yevroga sotilgan.

2016 yil AS nashriga bergan intervyusida u o‘zining xatolarini tan olgan. «Men futbol tarixidagi eng buyuk klubda ekanligimni tushunmagandim. Faqatgina ahmoq odam o‘zini menday tutishi mumkin edi». Kassano o‘sha intervyuda 10 kg ortiqcha vazni bo‘lgani va jinsiy aloqada ko‘p qatnashganini ham aytib o‘tgan.

Kassano futbolchi sifatida o‘z iqtidoridan to‘g‘ri foydalana olmagan. Maydondan tashqaridagi hayotga qiziqib, professional karyerasini «sindirgan». Blankosdan keyin Italiya jamoalarida o‘ynagan qahramonimiz hech bir mavsumda 15 dan ortiq gol urmagan.

Fabio Kannavaro

Transfer narxi: 7 mln yevro

Mavsum:2006/09

Uchrashuvlar:106 o‘yin

Statistika: 1 gol

Jahon chempionatlari tarixidagi eng kuchli himoyalangan terma jamoalar qatoriga 2006 yilgi chempionlikni qo‘lga kiritgan Italiyani ham qo‘shsa bo‘ladi. Bunday jamoadan «Real» himoyasi uchun futbolchi topilishi turgan gap edi. «Yuventus»ning B seriyaga tushurib yuborilishidan unumli foydalangan «qaymoqranglilar» 33 yoshli Fabio Kannavaroni jamoaga taklif qilishadi. Kapello uni 2006\07 mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Bu mavsum futbolchi uchun favqulodda omadli keldi. Jahon chempionligi ortidan Oltin to‘p ham Fabioga nasib qildi.

Madriddagi butun faoliyati davomida Germaniyada o‘tgan Jahon chempionatida ko‘rsatgan formasini tiklashga urindi. Uni markaziy himoyada turli sheriklar bilan o‘ynatishdi: Ramos,Ivan Elgera,Pepe,Gabriyel Xayntse va Kristof Metselder. Uning yoshida jarohatlardan tez qutulish oson kechmadi. Shunga qaramay «Blankos»ni ko‘plab gollardan qutqarib qolgan.

Jamoa bilan 2007\08 mavsumda ham La ligani yutishga muvaffaq bo‘lgan. Himoya chizig‘ida Ramos,Pepe,Kannavaro va Xaynse to‘rtligi butun mavsum davomida 38 uchrashuvda 36 gol o‘tkazib yuborishdi va bu ko‘rsatkich o‘sha mavsumning eng yaxshi natijasi bo‘lgan.(Hozirgi «Real»ning himoyasidan ancha kuchsiz bo‘lgan ekan).

Klubdagi so‘nggi mavsum 2008\09 yili Madrid jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Chempionlar ligasida «Liverpul»ga «Enfild»da 4-0 va La ligada «Barselona»ga 2-6 hisobida boy berilgan uchrashuvlar klubning eng yomon mavsumlaridan biri bo‘lishini ta’minlaydi. Klub prezidentligiga Ramon Kalderon o‘rniga Florentino Peres qaytadi.
Shartnomasi yakunlangandan keyin «Yuventus»ga qaytishga qaror qilgan futbolchini Madrid muxlislari hurmat bilan eslashadi. U MARCA nashri tomonidan 2013 yilda «Real»ning legionerlardan iborat ramziy jamoasiga kiritilgan.

Kristian Panuchchi

Transfer narxi: 4 mln yevro

Mavsumlar: 1997-99

Uchrashuvlar: 96 o‘yin

Statistika: 6 gol\1 assist

Italiyalik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib «Santyago Bernabeu» maydoniga mezbon sifatida tushgan futbolchi. Klub tashkil qilinganidan 95 yil o‘tib, italiyalik futbolchi bilan ilk shartnomani imzolaydi. 1996\97 yil qishki transferlar oynasida «Milan»dan yosh Panuchchi olib kelinadi. 23 yoshli futbolchi «Real»ga kelguniga qadar «rossonerilar» safida Yevropa kubogini qo‘lga kiritgan va 89 uchrashuvda maydonga tushgan.

Klubda 2,5 mavsum harakat qilganiga qaramay, Madrid uchun 32 yildan beri kutilayotgan Chempionlar ligasini yutishda katta hissa qo‘shadi. Bundan tashqari u La Ligada ham zafar quchadi. 1999 yil italiyalik «Real Madrid»ni tark etib, o‘zining jonajon Milan shahriga qaytadi, faqat «Inter»ga.

Klubdan ketgach «El Partizado de Cope» nashriga bergan intervyusida: «Qachonki Madridni tark etayotganimda men o‘z qarorimga ishongandim. Men jamoadan ketmoqchi edim, lekin bu mening sport karyeramdagi eng katta ahmoqlik bo‘lganligini tushunish uchun ko‘p vaqt ketmadi, hozir esa  bundan afsuslanaman», deb aytgandi o‘shanda Panuchchi.

Jamoada o‘ynagan 3 italyanlarni bog‘laydigan bir jihat bu-Fabio Kapello. Italiyalik murabbiy «Real»ning ikki davrida jamoada ishlagan. Faoliyati mobaynida himoyani kuchaytirishga ehtiyoj sezganda u o‘z vatandoshlari xizmatidan foydalangan. Ha, tashkil etilganiga 118 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan jamoada atigi 3 nafar italyan harakat qilganligiga sabab «Real» ko‘proq hujumda o‘ynashni hush ko‘ruvchi jamoa ekanligida edi. Balki siz va bizga begona jihatlar ham bordir…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:03, 31.01.2021. O'qildi: 4853 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.