Ispaniya kubogining chorak final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi bahs bo‘lib o‘tdi. Bilbaoning «Atletik» klubi safarda «Betis» klubi mehmoni bo‘ldi.
O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida mezbonlar Xuanmining goli evaziga hisobni ochishdi va g‘alabaga yaqin kelishdi. Ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada basklar Raul Garsiyaning goli orqali muvozanatni tiklashdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagan bo‘lsa, penaltilar seriyasida "Atletik" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.