Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futbol qayta uyg‘onmoqdami?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol muxlisligi aksarimiz uchun ota meros. Ya’ni, dadalarimizning futbolga muxlisligini ko‘rib katta bo‘lamiz va o‘zimiz ham bu sport turiga mehr qo‘yamiz. Menda ham shunday.

Albatta, dadam bilan o‘zaro suhbatlarimizning aksari Yevropa futboli haqida bo‘ladi. Negadir o‘zbek futboli haqida uzoq fikr almasholmaymiz. Hatto, bu mavzu xabar va tasdiqdan nariga o‘tmaydi. Bahslar yo‘q, fikrlar qarama-qarshiligi nol darajada, xullas. Lekin, o‘tgan yili shu narsa o‘zgardi. Avvaliga e’tibor bermabman. Futbolga bir muncha yaqin bo‘lganim, unda-bunda mahalliy futbol tadbirlariga chiqib yurganim bois so‘rab qo‘yyaptilar chog‘i, dedim dastlab. Keyin bu hol ko‘paya boshladi. Biz o‘zbek futbol klublari, ligalardagi o‘yinlar va “o‘yinlar” haqida yaxshigina bahslashadigan bo‘ldik. Bilmam, bu balki Futbol TV Pro Liga o‘yinlarini translyasiya qilishni boshlagani boismikan yoki boshqa sababdanmi? Aniq anglamadim hozircha.

Keyin bir kichik voqealar sabab, dadamdagi bu qizishning uyg‘onish sabablarini tushungandek bo‘ldim. Xullas, har kuni o‘tib yuradiganim poytaxtdagi markaziy ko‘chalarning birida juda baland bino qurilayotganini payqadim. “Eh-he, buni qachon ko‘tarishga ulgurishdi. Har kuni shu yerdan o‘tib nega qurilishni payqamadim-u, hozir ko‘rib xayron bo‘lib turibman”, - deya fikrladim. So‘ng nazar tashlasam bino oldida bir-necha ko‘tarma kranlar juda faol ishlamoqda. Shunda tushundim: ma’lum bo‘lishicha, aslida bu bino qurilishi boshlanganiga ancha vaqt o‘tgan va orada qurilish to‘xtab ham qolgan. Ancha balandlab qolgan bino oldidagi o‘sha kranlarning harakati to‘xtab qolgani bois o‘tgan-ketganda uning borligini ham his qilmagan ekanman. Keyin harakat qayta boshlangach payqadim. Xuddi shundek, avval bir nuqtada, turg‘un holatda bo‘lgan o‘zbek futboli, ya’ni klublar o‘rtasidagi turnirlar aksar qatori dadamning ham yodidan chiqqan yoki e’tiborini tortmay qo‘ygan.

Endi-chi?

Asli misolni o‘zimning eng yaqin kishimdan keltirdim-u, choyxonalarda do‘stlar bilan uchrashganda ularning ham ichki musobaqalarga qiziqishi bir-muncha ortganini sezaman. Maylida, Farg‘onada o‘tgan Pro Liganing mashhur o‘yini kabilar bo‘lsin yoki shunga o‘xshash boshqa holatlar bo‘lsin, muhimi qiziqish va muhokama mavjud.

Superligada klublar sonining me’yorlashgani (atayin “qisqargani” demadim) va buning ortidan Pro Ligadagi raqobatning ortgani, xususiy sektorning juda sekin bo‘lsada futbolga qiziqa boshlagani quvontiryapti. Bu qiziqish faqat xususiy klublarining paydo bo‘lishida ko‘rinmaydi. Masalan, Ligalarda titul homiylar paydo bo‘lgani yoki Futbol TVning Pro Liga translyasiyasi huquqini qo‘lga kiritganini ham xususiy sektorning o‘zbek futboliga qiziqishidandir. Klublar to‘laydigan badal pullarining kamaygani va kelajakda ulardan butkul voz kechish mumkinligi aytilmoqda. Ayollar futbolida ham shunday o‘zgarishlar, aytishlaricha u yerda badal pullari mavzusi yopilibdi, hatto. Xullas, kran ishlamoqda va bino (o‘zbek futboli) e’tiborni torta boshladi.

20 fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tar ekan. Undan keyin, Pro Liga haqida ham yangiliklar chiqib qolsa kerak... Kutamiz!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 18:01, 11.02.2021. O'qildi: 6379 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
4 Чехия Ladislav Kreychi 1
5 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
6 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
7 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик