Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirzohid G‘ofurov: «Navbahor» sovrinli o‘rinlarni egallashga qodir»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, “Navbahor” jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyaning Belek shahrida davom ettirmoqda. “Lochinlar” mazkur yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Mirzohid G‘ofurov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida Turkiyadagi tayyorgarlik jarayoni, yangi mavsum rejalari hamda boshqa mavzular yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechyapti?

— Mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda davom ettiryapmiz. Turkiyada kuniga ikki mahaldan shug‘ullanyapmiz, bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish orqali imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazyapmiz. To‘g‘ri, bo‘lib o‘tgan  o‘yinlarda imkoniyatni boy berdik. Ammo o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosan futbolchilar bo‘lajak mavsum arafasida jismoniy formalarini tiklab olish, iloji boricha jarohat olmaslikka intilib, to‘p surishadi. Axir, yangi  mavsum arafasida jarohat olish alamli, albatta. Shu bois, bunday o‘yinlarda natija unchalik ahamiyat kasb etmaydi va bundan fojia yasamaslik kerak. Xudo xohlasa, rasmiy uchrashuvlarda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddamiz.  

— Sizningcha, “Navbahor”ning o‘tgan mavsumdagi omadsizligiga nima sabab bo‘ldi?

— Mavsumni yomon boshlamagandik, biroq, pandemiya yuqori  darajali sport formamizni saqlab turishga xalal berdi. Uzoq muddat futboldan chetda qoldik, yakka holda shug‘ullanishga majbur bo‘ldik. Rejalarimiz ulkan edi, ammo koronavirus dunyoning barcha nuqtalarida bo‘lgani kabi, o‘zbek futboli, jumladan, bizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik chempionat markazlashtirilgan holda Toshkentda o‘tkazildi. Superliganing aynan shu qismida ko‘p ochkolar yo‘qotdik, jamoamizdagi futbolchilarning aksariyati kasal bo‘lib qolishdi. O‘tgan mavsumdagi omadsiz ishtirokimizga aynan shu omilni asosiy sabab sifatida ko‘rsatishim mumkin. Endi, nasib qilsa, yangi mavsumda o‘sha yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun hozirdanoq astoydil mehnat qilyapmiz.

—  O‘tgan yil so‘nggida bor e’tibor final o‘yini Namanganda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bellashuvlariga qaratilgandi. Ammo ushbu musobaqaning chorak finalida “Nasaf”ga imkoniyatni boy berdinglar. O‘sha o‘yindan so‘ng, jamoa kiyim almashtirish xonasida qanday muhit hukm surdi?

— Darhaqiqat, o‘sha uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish etib, ustunlikka erishgan bo‘lsakda, buni hisobda aks ettira olmadik. Aslida, maqsadimiz stadionga yig‘ilgan ko‘p ming sonli muxlislarni xushnud etib, ularga g‘alaba ulashish edi. Biroq o‘sha kuni omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Nima ham derdim, bu futbol, unda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Kiyim almashtirish xonamizning “Nasaf” bilan o‘yindan keyingi holati haqida gapiradigan bo‘lsam, tabiiyki, barchamiz ranjidik, ortiqcha gapirishga hojat qolmagandi. Jarayonni tasvirlab berishga ojizman.

— Jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqda nima deya olasiz?

— Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsum yonma-yon to‘p surgan futbolchilarning ko‘pchiligi hozir ham jamoadalar. Demak, tarkib o‘zagi saqlab qolindi. Zamonaviy futbolda bu juda muhim o‘rin tutadi, chunki futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunib to‘p surishadi, ularning jamoa muhitiga moslashishlari uchun vaqt talab etilmaydi. Qolaversa, “Navbahor” tarkibiga bir qator legionerlar ham jalb etildi, ular ham asta-sekin jamoaga moslashishmoqda.

—  Sizningcha, jamoaning ayni paytdagi tarkibi sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga qodirmi yoki yana kuchaytirish zarurmi?

— Bu masalada murabbiylar fikr bildirishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi, zero, ular jamoaning umumiy holati bo‘yicha aniq tasavvurga egalar. Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo‘lsam, hozirgi tarkibimizdan ham mahoratli va tajribali futbolchilar, iqtidorli yoshlar o‘rin olishgan. O‘yinimizga ham asta-sekin sayqal berilmoqda. Albatta, jamoamiz sovrinli o‘rinlardan birini egallashga qodir. Asosiy maqsadimiz shu, uni amalga oshirish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

— Futbolchilik faoliyatingizni yarim himoyachi sifatida boshlagandingiz va ko‘p yillar davomida ushbu ampluada to‘p surgandingiz. Ammo 2018 yildan buyon “Navbahor” tarkibida chap qanot himoyasida o‘ynayapsiz. Ushbu pozisiyaga tezda moslashishingizda nima muhim rol o‘ynadi – mahoratmi yoki jamoadoshlar ko‘magi?

— Futbolchining eng asosiy vazifasi – jamoasiga foyda keltirish, buni qaysi pozisiyada amalga oshirish ahamiyatsiz. Avvallari murabbiylar yarim himoyada o‘ynatishgan, vaziyatga qarab moslashganman, ushbu chiziqda to‘p surish orqali jamoaga yordam berganman. Endilikda himoyachi sifatida harakat qilyapman. Men uchun eng muhim narsa – jamoam manfaati yo‘lida to‘p surish, g‘alabalarga hissa qo‘shish. Buning uchun agar darvozabon rolini bajarish lozim bo‘lsa, bunga ham tayyorman (kulib).

— “Navbahor”ning hozirgi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning mashg‘ulotlari va o‘yin uslubi haqida nima deya olasiz?

— No‘’mon Nurmatovich tajribali mutaxassis, o‘z ishining ustasi. Uning qo‘l ostida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar qiziqarli kechadi. Uning hujumkor o‘yin uslubiga ko‘proq e’tibor qaratishini alohida e’tirof etishim mumkin. Bilasiz, himoyachi bo‘lishimga qaramay, tez-tez raqib darvozasi tomon intilib, hujumchilarga yordamlashishni yaxshi ko‘raman. No‘’mon Hasanovning o‘yin uslubi menga bu borada ayni muddao bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu mutaxassis qo‘l ostida to‘p surayotganimdan mamnunman.

—  Yangi mavsumdan nima kutyapsiz?

— Men “Navbahor”da to‘p suryapman, bu jamoa esa har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi. 2021 yilda ham faqat yuqori o‘rinlarni ko‘zlayapmiz. Superligada munosib qatnashish niyatidamiz. Yuqorida ta’kidlaganimdek, buni amalga oshirish uchun kuchli tarkibga egamiz, bu borada xotirjamman. Qisqacha aytganda, yangi mavsumdan faqat ijobiy natijalar kutyapman.

Kezi kelganida, biz – futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan, Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishimizda amaliy yordamlarini ayamagan Namangan viloyat hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti  Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Yangi mavsumda ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.  

— Muxlislarga tilaklaringiz...

— “Navbahor”ning fidoyi muxlislari hamisha sog‘-salomat bo‘lishsin. To‘g‘ri, o‘tgan yilgi natijalarimizning qoniqarsiz tus olishi ularni ranjitgan. Endi buni yangi mavsumda to‘g‘rilab, ishqibozlarga chiroyli o‘yin va yorqin g‘alabalar tuhfa etish niyatidamiz. Ularga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, “Navbahor”ni qo‘llab-quvvatlashdan aslo charchashmasin. Ularning madadi har doim bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:25, 13.02.2021. O'qildi: 2912 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.