Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. «Leypsig» - «Liverpul» o‘yiniga prevyu

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugundan Yevropa maydonlariga katta futbol qaytadi. Yana stadionlar uzra Chempionlar Ligasi madhiyasi yangraydi. Qiziqarli uchrashuvlar bilan birgalikda, grand jamoalar o‘rtasidagi shiddatli bahslarga ham guvoh bo‘lamiz. Hozirgi kunda o‘z chempionatida ikkinchi raqamli jamoa sifatida o‘ynayotgan ikki jamoa, "Leypsig" va "Liverpul" bahsini ham xuddi shunday uchrashuvlar qatoriga qo‘shsak bo‘ladi. Mazkur ikki jamoa o‘rtasidagi qiziqarli faktlar, jamoa yangiliklari va ehtimoliy tarkibi haqidagi qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.

"Leypsig"
Guruh bosqichiga qur’a tashlangan paytda "Leypsig" jamoasi juda qiyin guruhga tushib qoldi. Ular «PSJ», "Manchester Yunayted" va Istanbulning "Bashakshehir" jamoalari bilan pley-off uchun kurashishiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan mavsumda YECHL yarim finaligacha yetib borgan germaniyaliklar bu tasodif emasligini isbotlab qo‘yish uchun ham, mazkur o‘lim guruhidan tirik chiqishi talab etilar edi. Guruh bosqichida Yulian Nagelsmann shogirdlari o‘tgan yilgi yarim finaldagi mag‘lubiyat uchun «PSJ» jamoasidan qasos olgan bo‘lsa, hal qiluvchi 6-turda "Manchester Yunayted"ni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. Shunday qilib, nemis jamoasi 12 ochko to‘plab, «PSJ» jamoasi bilan birga keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Jamoa yangiliklari, yo‘qotishlar va natijalar
"Leypsig" jamoasida deyarli har bir o‘yinchi gol urishi mumkin. To‘purarlar jadvaliga e’tibor bersangiz, "buqalar safidan hech qaysi futbolchi YECHLda 3 tadan ko‘p gol urmagan. Nemis jamoasi safida gol urishi mumkin bo‘lgan 15 nafar futbolchi borligi bugungi uchrashuvda ularning foydasiga ishlashi mumkin. Bundesligada ham Nagelsmann jamoasida yaqqol ajralib turadigan to‘purar yo‘q. Poulsen hisobida 9 ta, chap qanot himoyachisi Anxelinyo hisobida 8 ta gol mavjud. Qolgan ko‘pgina o‘yinchilarda ham beshta, uchta, to‘rtta gol mavjud. Umuman olganda, germaniyaliklar safida hujumchidan tortib, yarim himoyachilar ham, himoyachilar ham gol urishadi. Bu holat esa himoyachilari bilan bog‘liq muammoga uchragan "Liverpul" jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Hozirgi paytda ko‘pgina klublarni jarohat bilan bog‘liq muammo qiynab kelmoqda va bu holat "Leypsig" jamoasini ham chetlab o‘tmagan. Hujumchi Emil Forsberg yanvar oyi oxirrog‘ida jarohat orttirib olgan edi. Katta ehtimol bilan mazkur ushbu futbolchi bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Stadion bilan bog‘liq muammolar
Koronavirus sababli bugungi uchrashuv Germaniyada o‘tkazilmaydi. Buyuk Britaniyada virusning yangicha turi aniqlanganligi sababli, bu ikki davlat o‘rtasidagi har qanday aviaqatnovga chek qo‘yildi. Shoshilinch ravishda "buqalar" rahbariyati aviaqatnov bo‘yicha Germaniya hukumatiga murojaat qilishadi, ammo nemislar hukumati bunga ruxsat berishmaydi. Agar 8-fevralgacha uchrashuv o‘tkaziladigan maydon haqida UEFAga xabar bermasa, ularga texnik mag‘lubiyat yozilishi haqidagi yangiliklar paydo bo‘ldi. Bu muammoga UEFA ham aralashdi. Ularning oldida o‘yin o‘tkazish uchun bir nechta variant bor edi. London, Sochi va Budapeshtdagi stadionlardan biri mazkur uchrashuvga mezbonlik qilishi talab qilinardi. Bir hafta oldin UEFA uchrashuv Vengriya poytaxti Budapeshtda joylashgan "Pushkash Arena"da o‘tkazilishi haqida xabar berdi. Hozircha javob uchrashuvi o‘tkaziladigan stadion ham noma’lumligicha qolmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, angliyaliklar ham boshqa mamlakatda o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda.

"Liverpul"
"Liverpul" jamoasi esa guruhda "Atalanta", "Ayaks" va "Midtyullan" jamoalari bilan birga joy oladi. Angliyaliklar dastlabki 3 turda 9 ochko qo‘lga kiritib, guruh yetakchisiga aylanib olishadi. Keyinchalik, "Atalanta"dan "Enfild"da qabul qilib olingan mag‘lubiyat, "Ayaks" ustidan qozonilgan g‘alaba va Daniyadagi durang bilan 13 ochko qo‘lga kiritadi va pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishgan.

Yo‘qotishlar va yangiliklar
Angliyaliklarda himoya bilan bog‘liq muammo haligacha davom etmoqda. Shu muammoni hal qilish maqsadida qishki transferlar vaqtida mersisaydlar ikkita markaziy himoyachi sotib oldi. Ulardan biri debyutini yaqinda amalga oshirgan bo‘lsa, yana biri jarohat oldi. Himoyachilarining jarohat olish epidemiyasi yaqinda safga qo‘shilgan Ben Devisni ham chetlab o‘tmadi. "Lester"ga qarshi o‘yinoldi mashg‘ulot paytida jarohatlanganlar ro‘yxatiga Devis ham qo‘shildi.

Umuman olganda, ayni paytda "qizillar" safida 9 nafar futbolchida jarohat bor va ular mazkur o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Devisdan tashqari, "Liverpul" safida Jeyms Milner, Divok Origi, Virjil van Deyk, Nabi Keyta, Diogo Jota, Fabinyo, Jo Gomes va Joyel Matip kabi futbolchilar jarohatini tuzatish bilan ovora bo‘lib yuribdi. Yurgen Klopp "Lester"ga qarshi o‘yinda Jordan Xenderson va Ozan Kabak juftligidan markaziy himoyani shakillantirdi. bugungi o‘yinda Fabinyoning maydonga tushish ehtimoli bor. Agar, braziliyalik maydonga qaytsa, Xenderson bilan ajoyib markaziy himoya juftligi paydo bo‘lishi mumkin. Kuzatamiz.

Ichki muammolar
Bir paytlar braziliyalik darvozabon Alisson bilan shartnoma imzolanishi "Liverpul" uchun katta muvaffiqiyat sifatida qaralgan edi. O‘ziga berilgan ishonchni ortig‘i bilan bajarib berishga harakat qilayotgan braziliyalik, APL oxirgi turlarida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymoqda. "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda qilgan ikkita xatosi, yakunda 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatga sabab bo‘lgandi. O‘tgan haftadagi "Lester"ga qarshi uchrashuvda shunday voqea yana sodir bo‘ldi. To‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, Jeymi Vardi esa vaziyatdan unumli foydalanib ketdi. Darvozabonning xatolari bor, ammo shuni adolatli ravishda ta’kidlash kerakki, nafaqat Alisson faoliyatidagi qiyin davrni boshdan kechirmoqda, balki "Lester"ga qarshi uchrashuvda o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold 45 marta to‘pni yo‘qotib qo‘ydi. 128 marta to‘pga tegingan bo‘lsa, shulardan yarmini sheriklariga aniq yetkazib berdi.
Inglizlarning tarkibidagi yo‘qotishlar darajasi 35,2 foizni tashkil etdi, bu Yevropadagi 5 ta eng yaxshi ligalar ichidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Umuman olganda, "qizillar"ning yomon o‘yiniga faqat bir nechta o‘yinchilar emas, balki butun jamoaning ishonchsiz o‘yini va jarohatlar muammosi sababiligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Ehtimoliy tarkiblar

"Leypsig" (3-5-2): Gulachi, Klosterm, Upamekano, Mukiyele, Anxelino, Olmo, Kampl, Zabitzer, Adams, Nkunku, Poulsen.

"Liverpul" (4-3-3): Alisson, Robertson, Fabinyo, Xenderson, Arnold, Alkantara, Veynaldum, Jons, Mane, Firmono, Saloh.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Leypsig" ham, "Liverpul" ham hujumni sevadigan jamoa hisoblanadi. Shundan kelib chiqib xulosa chiqaramizki, bugungi uchrashuv gollarga boy va qiziqarli o‘tishi tayin. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16-fevraldan, 17-fevralga o‘tar kechasi tungi 01:00da boshlanadi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:04, 16.02.2021. O'qildi: 2982 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.