Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. «Portu» o‘z maydonida «Yuventus»ga qarshi. (Prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichlari bugun ham davom ettiriladi. Qiziqarli o‘tishi tahmin qilinayotgan yana bir uchrashuvlardan biri, «Portu» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q, chunki bunga yetarlicha sabablar topish mumkin. Portugaliyaliklar o‘z tarixida «zebralar»ni umuman yutmagan bo‘lsa, yana bir sabab, «Yuve» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vatani jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shu kabi qiziqarli ma’limotlarga boy bo‘lgan uchrashuv prevyusini sizlarga taqdim etamiz.

 

«Portu»


«Portu» «C» guruhida ikkinchi o‘rinni olib pley-offga chiqqan jamoa hisoblanadi. «Manchester Siti», «Olimpiakos» va «Marsel» bilan bir guruhdan joy olgan klub, 13 ochkoni qo‘lga kiritgan. Portugaliya chempioni guruhda faqatgina, «Manchester Siti» jamoasi ustidan g‘alaba qozonolmagan. Angliyada 1:3 hisobida mag‘lubiyat bilan ortga qaytgan bo‘lsa, «Dragau» stadionida kechgan ikkinchi o‘yinda tomonlar 0:0 hisobidagi duranga imzo chekishgan. Ammo, «Portu» Gresiya va Fransiya vakillari ustidan bitta ham gol o‘tkazmasdan, g‘alaba qozonishgan.
«Portu»ning ishlari hozir yaxshi holatda emas. Chunki ular Portugaliya chempionati doirasidagi so‘ngi 4 uchrashuvdan beri durang qayd etib, yetakchi «Sporting»dan 10 ochko ortda qolishmoqda. Shu kabi holatlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, «Yuventus»ga qarshi uchrashuvda ularni favorit jamoa deyish juda qiyin. «Ajdarlar»ning oxirgi o‘yinlariga nazar solsangiz, ular autsayder jamoalarga qarshi o‘yinlarda ham qiynalib qolishmoqda. Portugaliya Primer-ligasi doirasidagi oxirgi turda turnir jadvalida so‘ngi o‘rinlarda ketayotgan jamoaga qarshi uchrashuvda, birinchilardan bo‘lib, darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi. Bu esa ularning himoyasida YECHLdan keyin, yetarlicha muammo paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda jamoa golli vaziyatlarni yaratishda muammoga duch kelishmoqda. Tarkibdagi Mehdi Tarimi va Serxio Oliveyra kabi futbolchilar odatdagidek, yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Ularning qatoriga Mussa Maregani ham qo‘shish mumkin, ammo tarkibdagi qolgan o‘yinchilar har doim ham stabil o‘yin ko‘rsatishmayapti.
Shuni unutmaslik kerakki, Chempionlar Ligasi guruhidan chiqishda himoyaning o‘rni muhim ahamiyatga ega edi. «Ajdarlar» guruh bosqichidagi oltita o‘yinning beshtasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi va ular buni ketma-ket amalga oshirdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Serxio Konseysau shogirdlari muhim o‘yinlarda himoyaviyroq o‘yin ko‘rsatishadi. Garchi, ba’zida ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynasada, kerakli paytda natijani o‘zi uchun ijobiy tomonga o‘zgartira olishi ham mumkin.
Jamoa tarkibida unchalik katta yo‘qotishlar yo‘q. Faqat jamoaning gvineya-bisaulik hujumchisi Nanu tarkibda yo‘q. U Portugaliya chempionati doirasidagi «Belenensesh» jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.


«Yuventus»


«Yuventus» «G» guruhida «Barselona» bilan bir xil 15 ochko to‘plab, keyingi bosqichga chiqdi. Guruhda ular bilan birga, Kiyevning «Dinamo»si va Vengriyaning «Ferensvarosh» jamoalari ham bor edi. «Keksa Sinyora» guruhdagi 6 o‘yindan beshtasida g‘alaba qozongan. Faqatgina, kataloniyaliklarga qarshi o‘z uyida kechgan dastlabki o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan, ammo «Kamp Nou»dagi ikkinchi o‘yinda, yirik 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgan.
Garchi, «zebralar» yaqinda Italiya superkubogini qo‘lga kiritgan, Italiya kubogi final bosqichiga chiqqan bo‘lsada, «Yuventus»ning ham A seriyadagi ishlari uncha yaxshi emas, chunki hozirda ular turnir jadvalida 4-o‘rinda ketishmoqda va yetakchi «Inter»dan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda, 8 ochko orqada qolmoqda. Bu qanchalik bugungi o‘yinga ta’sirini o‘tkazadi, buni bir necha soatlardan so‘ng bilib olamiz.

«Yuventus»da bugungi bahs oldidan bir nechta jiddiy yo‘qotishlar bor. Artur, Kuadrado, Bonuchchi kabi o‘yinchilar jarohat sabab Portudagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Artur va Bonuchchi A seriya 21-tur doirasidagi «Roma»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Kuadrado esa, o‘tgan turda «Napoli»ga qarshi o‘yinda bo‘g‘inlar bilan bog‘liq jarohat orttirib oldi. Mazkur o‘yinchilarning barchasi «Yuve» asosiy tarkib o‘yinchilari ekanligini hisobga olsak, bu jamoa uchun jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Qolaversa, kecha jamoa bosh murabbiyi Andea Pirloning aytishicha garchi umumiy tarkibdan joy olganiga qaramay, klubning argentinalik futbolchisi Paulo Dibalaning o‘yinga tushish ehtimoli kam. Shuningdek, Aaron Remzi mushaklari bilan bog‘liq jarohatdan sog‘aygani va bugungi uchrashuvni katta ehtimol bilan asosiyda boshlashi aytib o‘tilgan. «Yuventus»ga so‘ngi ikki uchrashuvdan beri gol urish muammo bo‘lib kelmoqda. «Inter»ga qarshi kubok javob bahsida, asosan birinchi o‘yindagi hisobni saqlab qolishgan bo‘lsa, «Napoli» bilan o‘yinda yaratilgan imkoniyatlaridan foydalana olmaslik bilan bog‘liq muammoga uchradi. Braziliyalik Arturning yo‘qligi, aynan Neapoldagi o‘yinda sezildi.
«Yuve»ning asosiy hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morata bugungi o‘yinga shay holda yetib kelishgan. Ularning o‘yinlari haqida gap ketganda, ikkisi ham hozirda yuqori formada ekanligini aytish mumkin. Ammo Moratada gol urish bo‘yicha muammolar yetarlicha topiladi. Ispaniyalik hujumchi 2021 yilda bor-yo‘g‘i 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Ammo, bu gollarni ham Italiya kubogi va superkubogi bahslarida kiritgani, bu muammoni yanada chigallashtiradi.


O‘zaro qarama-qarshiliklar.


Mazkur bahs, bu ikki jamoa o‘rtasidagi beshinchi bahs bo‘lib tarixda qoladi. Jamoalarning ilk o‘yini 2001 yilda, chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida o‘tkazilgan. Portugaliyada kechgan birinchi o‘yinda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynashgan bo‘lsa, Turindagi o‘yinda mezbonlar 3:1 ko‘rinishidagi g‘alabaga erishgan. 2017 yilda mazkur jamoalar yana to‘qnash kelishgan. O‘sha mavsumda «keksa sinyora» har ikki bahsda ham g‘olib bo‘lishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, «Portu» raqibi ustidan umuman zafar quchmagan. Balki, bu seriya bugun yakuniga yetar. Kuzatamiz.


Ehtimoliy tarkiblar.


«Portu» (4-4-2): Marchesin, Sanusi, Pepe, Mbemba, Manafa, Uribe, Oliveyra, Korona, Fernando.
«Yuventus» (4-4-2): Shensniy. Danilo, de Ligt, Kyellini, Sandro, Kyeza, Rabyo, Bentankur, Makkenni, Morata, Ronaldu.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:44, 17.02.2021. O'qildi: 3382 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик