Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qur’adan so‘ng «Bunyodkor» murabbiylari qanday fikrda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Qur’alar
Rukn: Reportajlar
A A A

Xabaringiz bor, sanoqli soatlar oldin Superliganing 2021 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi.

Qur’aga ko‘ra, "Bunyodkor" mavsumni o‘z maydonida Muborakning «Mash’al» klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. E’tiborlisi, 2020 yilgi mavsumda bu raqib bilan 2-turda to‘qnash kelgan edik. Ma’lumki, Superliganing qur’asi o‘z-o‘zidan o‘rinbosarlar va U-18 jamoalari uchun ham ta’sir qiladi. Ya’ni, asosiy tarkib bilan bir qatorda o‘rinbosarlarimiz ham U-18 jamoamiz ham mavsumni ushbu qur’a asosida o‘tkazadi. Biz har uchala jamoamizning murabbiylarining qur’a haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Marat Miftaxuddinov («Bunyodkor» murabbiyi): «Qur’a biz uchun qulay keldi»

- Aslida qur’a qanday o‘tishidan qat’iy nazar barcha raqiblarga qarshi maydonga chiqib, o‘ynash lozim. Shunchaki, sanalar har xil bo‘ladi. Bu yilgi qur’ani avvalgi mavsumdagilaridan biroz farqi shuki, raqiblar ketma-ketligi jiddiylashib ketmadi. Ya’ni, ilgari ketma-ket 3-4ta o‘yin sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalarga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelardi. Shu tomondan bu yilgi qur’a biz uchun qulay keldi.

Har qanday jamoa mavsumni o‘z uyida boshlashni xohlaydi. Chunki mavsum starti bayram hisoblanadi va albatta bayramni g‘alaba bilan nishonlash kerak. Yangi mavsumga qadar oldimizda deyarli uch haftalik muddat bor. O‘ylaymanki, 9 martga jamoa hech qanday muammolarsiz yetib boradi. Biz rejamizga ko‘ra, mavsumga to‘liq tayyor bo‘lamiz. 

Abduhamid Qodirov («Bunyodkor U-21» murabbiyi): «Yosh o‘yinchilar bilan ham mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazamiz!»

- Har qanday musobaqani boshlanishida biroz hayajon bo‘ladi, albatta. Lekin mavsumni o‘z maydonimizda boshlashimiz bizga ustunlik beradi. Jamoa mavsumga tayyor deyishim mumkin. To‘g‘ri, tarkib deyarli yangilandi. To‘rt nafar asosiy futbolchimizni bosh jamoamizga, yana shunchasini «Olimpik»ka berdik. Tarkibimizni akademiyamiz tarbiyalanuvchilari bilan shakllantirdik. Aslida bizning asosiy vazifamiz bosh jamoaga o‘yinchi yetkazib berish. Biz shu yo‘ldan yuryapmiz. Qolaversa, albatta natijaga erishishni ham xohlaymiz. Har qanday murabbiy nafaqat futbolchi tarbiyalash, balki natijaga erishishni istaydi. Qo‘l ostimdagi deyarli yangilangan tarkib, yosh o‘yinchilar bilan ham mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazamiz!

Rinat Miftaxuddinov («Bunyodkor U-18» murabbiyi): «Mavsumni sovrindorlar qatorida yakunlashni maqsad qilganmiz!»

- Bu yilgi mavsum ham yaqinlashyapti. Jamoamizning mavsumga tayyorgarligi davom etmoqda. Men shogirdlarim oldiga yangi mavsum oldidan yilni eng kamida sovrindorlar qatorida yakunlash vazifasini qo‘ydim. Aslida o‘tgan yili ham sovrindorlardan biri bo‘lishimiz mumkin edi, biroq qandaydir xatolar sababli to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan edik. Mavsumni o‘z maydonimizda, qolaversa yaxshi shakllangan, akademiyasining tarbiyalanuvchilariga tayanadigan «Mash’al»ga qarshi boshlash qiziqarli. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi. Qolaversa, mavsumni o‘z uyingda boshlashning plyus tomoni shuki, futbolchilar uchrashuvga kuchli ruhiy tayyorgarlik bilan, faqat g‘alaba maqsadida chiqadi. Taqvimni ko‘rib chiqdim, biz uchun qulay deya olaman.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:03, 20.02.2021. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик