Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba.

  • Superliga
      • 05.08.2025 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 06.08.2025 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 06.08.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 16 36
2 Bunyodkor 16 30
3 Neftchi 16 30
4 OKMK 16 30
5 Dinamo 16 30
6 Paxtakor 16 29
7 Navbahor 16 27
8 Andijon 16 20
9 Surxon 16 19
10 Qizilqum 16 18
11 Xorazm 16 17
12 So‘g‘diyona 16 16
13 Mash’al 16 15
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Sho‘rtan 16 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK
16-тур Neftchi 1-2 Bunyodkor
16-тур So‘g‘diyona 1-2 Nasaf
16-тур Dinamo 2-2 Navbahor
16-тур Andijon 3-0 Qo‘qon-1912
16-тур Sho‘rtan 1-3 Xorazm
16-тур Surxon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

05/08/25 Paxtakor - OKMK
06/08/25 Navbahor - So‘g‘diyona
06/08/25 Mash’al - Dinamo
07/08/25 Qo‘qon-1912 - Neftchi
07/08/25 Nasaf - Andijon
08/08/25 Xorazm - Surxon
08/08/25 Qizilqum - Buxoro
08/08/25 Bunyodkor - Sho‘rtan

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 227 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 103 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.08.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Жувентуде".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. Финал. "Болонья" - "Милан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Крузейро".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Сеара" - "Фламенго".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сан-Паулу".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Жувентуде".
      00:40 Новости футбола.
      00:45 Чемпионат Сербии. ОФК - "Явор".
      02:45 Новости футбола.
      02:50 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.08.2025

      07:25 "Физруки. Будущее за настоящим".
      08:00 Бильярд. "BetBoom Суперлига" в Москве.
      09:30 Пляжное самбо. Чемпионат мира в Сингапуре.
      10:35 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км.
      13:25 "Век нашего спорта". Анзор Кавазашвили.
      13:50 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэт. Техническая программа.
      15:45 Д/ф "Новак Джокович. Только победа".
      16:45 "Культовые".
      17:15 Бильярд. "BetBoom Суперлига" в Москве.
      18:55 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      21:45 "Физруки. Будущее за настоящим".
      22:25 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км.
      01:10 "Культовые".
      01:40 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэт. Техническая программа.
      03:35 Пляжное самбо. Чемпионат мира в Сингапуре.
      04:40 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.08.2025

      05:25 "Взойди на свой Олимп".
      05:55 Новости.
      06:00 Пляжный волейбол. Чемпионат Европы в Германии. 1/2 финала.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. Оскар Де Ла Хойя против Бернарда Хопкинса. Бой за титул абсолютного чемпиона мира в среднем весе.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Взойди на свой Олимп".
      17:05 "Лучшие из лучших".
      17:35 Новости.
      17:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 Смешанные единоборства. UFC 303 в Лас-Вегасе, США. Алекс Перейра против Иржи Прохазки. Реванш.
      19:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Квант" (Обнинск). Прямая трансляция.
      22:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Шумбрат" (Саранск) - "Кристалл-МЭЗТ" (Борисоглебск). Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:20 Профессиональный бокс. RCC Boxing. Магомед Курбанов против Павла Сосулина.
      02:25 "Культовые".
      03:25 "Вы это видели".
      04:25 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 5 на автодроме "Игора Драйв".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.08.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал.
      07:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 1.
      09:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал.
      11:30 Маунтинбайк. "Гоночные велосипеды", 4 эп.
      12:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 1.
      13:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал.
      15:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 1.
      15:35 LIVE Велоспорт. Тур Польши. Этап 2. Прямая трансляция.
      19:45 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.
      21:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Монако. Электрический кросс-кантри. Обзор.
      21:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал.
      00:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 7 в Риге, Латвия. Обзор.
      01:00 Мотоспорт. FIM EWC. Тележурнал "Полный доступ".
      02:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 2.
      03:00 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real"ning olmoncha tarixi.25 million yevrolik "sexrgar, eng yaxshi o‘ninchi raqam va jaroxatdan jabrdiydar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Real Madrid” nemis futbolchilari uchun 9 marta transfer bozorida faol xaridor bo‘lgan. Nazarimda juda kam, biroq top darajaga yetgan nemis futbolchilari boshqa joyda to‘p tepmasdan, o‘z mamlakati bosh jamoasining libosini kiyishi bu tabiiy hol ekanligini hab inobatga olib qo‘yish kerak.

Bugun ko‘pchilik futbol ixlosmandlarining suyuklisi hisoblangan Madrid jamoasida o‘z imzosini qoldirgan va hozirgacha yorqin faoliyat olib borayotgan 9 shovvoz haqida suhbat quramiz.

9.Kristof Metselder

Jamoaga kelgan: erkin agent
"Real"dagi mavsumlar:2007-2010
O‘yinlar:31
Statistika: 1 assist

Markaziy himoyada harakat qilgan Kristof “Borussiya Dortmund”dan “Real”ga 2007 yilning yozida, erkin agent sifatida o‘tadi. Futbolchining jamoga kelib qolishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jamoa bosh murabbiyi, germaniyalik Bernd Shuster uni madrid jamoasiga taklif qiladi va bu orqali Shuster himoyadagi kamchiliklarni bartaraf qilishni o‘ylab ko‘ygan bo‘ladi.

Kristof Madridga kelganda 27 yoshda edi va terma jamoaga muntazam chaqirilardi. Ivan Elgeraning o‘rnini bosish uchun kelgan futbolchini eski jarohatlari tez-tez bezovta qilib turardi. Uning Madriddagi ishlari yomon boshlanmagan, aslida. Mavsumning dastlabki 5 o‘yinida maydonda harakat qilgan bo‘lsa, shundan to‘rttasini asosiy tarkibda boshlagan.

“Atletiko Madrid” ustidan 2:1 va “Vil’yareal” ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabalarda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvda Kannavarro bilan birgalikda himoya chizig‘ida yosh Marseloga ko‘maklashgan. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lib turgan vaqtda uning jarohatlangan oyog‘i bezovta qila boshlaydi va mavsumnig boshidayoq jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ladi.

Shu tariqa ajoyib tarzda boshlangan mavsumda u bor yo‘g‘i 13 marta maydonga tushishga ulguradi xolos. Keyingi mavsumda 15 va 2009\10 yili Manuyel Pellegrini qo‘l ostida uchta o‘yin o‘tkazadi. “Real”dagi omadsiz faoliyatiga qaramay La Liga va Superkubokni qo‘lga kiritgan Kristof Madridga qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketadi. Yani “Shalke 04”ga bepul o‘tadi.

8.Sami Xedira

Narxi: 14 mln yevro
Mavsumlar:2010-2015
Uchrashuvlar:161
Statistika: 9 gol\13 assist

Sami Xedira 2010 yil yozida klubga olib kelingan ikki yosh nemisdan biri edi. 2010 yilgi Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy tarkibidan muhim joy egallagan Xedira, maydon markazida ishonchli va kuchli o‘yin ko‘rsatadi, bu esa Joze Mourinyo qurayotgan “Real”ga ayni kerakli jihatlar edi.

“Shtutgart” bilan shartnomasi tugashiga 1 yil qolgan qktbolchiga ko‘plab klublar "og‘iz solgan" lekin, yakunda ushbu transfer qirollik klubiga nasib qilgan. Jamoaga kelishi bilan “Real”ning o‘sha paytlardagi 4-2-3-1 qo‘rinishidag sxemasiga moslashib, markazda Xabi Alonso bilan ajoyib juftlik hosil qilgan. Dastlabki mavsumning o‘zidayoq 40 uchrashuvda maydonga tushgan Xedira ayrim uchrashuvlarda takrorlanmas uzatmalarni amalga oshirib jamoasi g‘alablariga munosib hissasini qo‘shgan.

Shunday uchrashuvlardan biri “Barselonaga” qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvi edi. Ronaldu, Di Mariya, Benzema va O‘zillar o‘zi o‘yinlaridagi barqarorlikni ushlab turishlarida Xediraning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Hatto, u Mourinyoning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylangan. Joze bilan 3 sovrin qo‘lga kiritadi. Yevropaning kuchli klublari safiga qaytgan “qirollik klubi” 2011\12 yil, Mourinyo qo‘l ostida eng kuchli mavsumini o‘tkazadi.

Dramatik kechgan Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya”ga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchraydi.
Keyinchalik, jamoaga Karlo Anchelotti kelgan davrda ham Xedira muhim futbolchi sanalgan, lekin jarohat tufayli u deyarli bir mavsumni o‘tkazib yuboradi. Bu vaqt ichida Anchelotti Xabi Alonso, Luka Modrich va Anxel Di Mariyalardan iborat o‘z yarimhimoya chizig‘ini quradi.

Tabiiyki, jarohatdan qaytgan futbolchi uchun yangi murabbiy va xuddi shunday o‘yin uslubiga moslashish qiyinchilik tug‘diradi. Natijada, Xedira asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotadi. Shunday bo‘lsada, "Real" bilan tuzgan 5 yillik shartnomasi yakuniga qadar jamoada qoladi. So‘ngra, erkin agent sifatida 2015 yil “Yuventus”tarkibiga borib qo‘shilgan Sami, Madrid jamoasidagi faoliyati davomida Chempionlar ligasida, Ispaniya chempionati va kubogida, Yevropa Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bir martadan zafar quchadi.

7. Bernd Shuster

Mavsumlar : 1988-1990


Bernd Shuster ispan futbolida juda ko‘p bahslarga sabab bo‘gan futbolchi. U "Barselona", "Real" va "Atletiko" jamoalari sharafini himoya qilgan yagona futbolchi. Kataloniyada 8 yil to‘p tepgandan so‘ng “Real” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Shuster jamoaga madridliklar ichki frontda yetakchilik qilayotgan davrda keladi. Bosh murabbiy gollandiyalik Leo Benxakker uni maydon markaziga qo‘yadi.

Birinchi mavsumda “Blankos” bilan barcha ichki turnirlarda g‘olib bo‘ladi. Shu bilan birga "qaymoqranlilar" Yevropada o‘sha paytdagi afsonaviy “Milan”ga mag‘lub bo‘lishadi. Madridda 1-1 hisobida durang o‘ynagan “qizil qoralar” San Siroda yirik 5:0 natijasida g‘alabani tantana qilishadi. “Real”dagi ajoyib ikki mavsumdan so‘ng Shuster madridlik muxlislarning yoqimtoy futbolchisiga aylanadi.

Kelasi mavsumga tayyorgarlik uchun jamoa Markaziy Amerikadagi turnir uchun borishi kerak bo‘lgan davrda Shusterda kichik jarohat mavjud bo‘ladi va u klub prezidenti Mendosadan bu turnirga bormasligi va unga dam berilishini so‘raganda, klub prezidenti bunga qarshilik qiladi. Shu tariqa, rahbariyat bilan chiqisha olmagan Bernd shartnomani uzaytirmay “Atletiko” safiga erkin agent sifatida yo‘l oladi.

 

6. Bodo Ilgner

Uchrashuvlar:119

Galdagi mavsumda murabbiylik jilovini Yupp Xaynkes qo‘lga olgach, Santyago Kanisaresni asosiy tarkibda tushira boshlaydi. Ammo, mavsum o‘rtasida “Tenerife” klubidan uchralgan 4-3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Xaynkes Ilgnerni asosiy tarkibga qaytaradi. Mavsum so‘nggida jamoa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonadi. Yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib kelayotgan darvozabon kutilmaganda og‘ir jarohat oladi.

Bu esa sizu biz yaxshi tanigan futbol farzandliridan biri kashf etilishiga imkon yaratdi. Ha o‘sha Iker Kasilyas katta maydonda. Ilgner darvozabonlar uchun juda erta yoshda katta futbol bilan xayrlashadi. Qanday achinarli holat. U butsasini mixga ilganda endigina 34 yoshda edi. Ammo, darvozabon shu mazmunli o‘tkazgan yillari davomida Madrid klubi bilan 2 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

5. Gyunter Netser

Transfer narxi : erkin agent
Mavsumlar:1973-1976
Uchrashuvlar:100
Statistika:13 gol

Gyunter Netser “Barselona” Yoxan Kroyfni xarid qilganiga javob tariqasida amalga oshirilgan.Netser “Real”ga o‘tishidan avval terma bilan 1972 yilgi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Netserga zamonaviy futbolda Rakitich misol bo‘la oladi.Unda nemislarga xos aniqlik yaqqol ajralib turgan.

U jamoaga kelib qo‘shilganda 30 yoshlarda bo‘lgan,kimlardir uning yulduzli yillari ortda qolganini ta’kidlagan. Uning debyut mavsumda "Real" chempionatda sakkizinchi o‘ringa tushib ketgan. Kelasi mavsumda klubda bosh murabbiy o‘zgaradi. Jamoa Gyunterning dubli evaziga 1976 yil Kroyfning “Barselona”sidan ustun keladi.Tanqidchilar Gyunterni “Real” jamoasida o‘ynagan eng yaxshi 10-raqamlilar qatorida e’tirof etishadi.

4 .Paul’ Braytner

Transfer narxi: 500 ming yevro
Mavsumlar:1974-1977
Uchrashuvlar:84
Statistika:10 gol

Qahramonimizning o‘ziga xos xarakteri bo‘lgan u terma jamoalar uchrashuvi paytida madhiya aytish jarayoni, futbolchilarning konsentrasiyasiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblagan. Muxlislar uning xayollarini o‘qishga urinishar va uni kommunistga chiqarib qo‘yishardi, biroq Braytnerga bu hodisalar haqorat emas aksincha, maqtov bo‘lib tuyilardi. Gyunterdan bir yil o‘tib jamoaga kelib qo‘shilgan Paul o‘zining hamyurtiga yarim himoyada ko‘maklashardi.

U 1974-yilgi Jahon chempionati finalida gol urgan va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblangan. Kuchli zarbasi va yuqori jismoniy tayyorgarligi unga maydonda boshqalardan ajralib turish imkonini taqdim etgan.
Netser va Braytner o‘sha davrdagi “Barselona” gegemonligiga chek qo‘ygan desa ham bo‘ladi. Ikki karra La Liga va Ispaniya kubogini qo‘lgan kiritgan qahramonimiz 1977-yili Germaniyaga, o‘zi uchun qadrdon “Bavariya”ga qaytib ketadi.

3. Mesut O‘zil

Transfer narxi: 15 mln yevro
Mavsumlar:2010-2013
Uchrashuvlar:158
Statistika:27 gol,81 assist


2010 yilgi Jahon chempionatidan keyin Mesut O‘zilning iqtidorini butun jahon ko‘radi. “Barselona”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va ,albatta, “Real” uning xaridoriga aylanishadi.Uning Madridga kelishida Mourinyu katta rol o‘ynagan. Klub o‘zilni dastlab Kakaga o‘rinbosar sifatida ko‘radi,lekin braziliyalik futbolchi jarohat tufayli safdan chiqadi.Kaka lazaretda yurgan paytda O‘zil fantastik o‘yini bilan asosiy tarkibni naqd qilib ulguradi.

Uning klubdagi eng yaxshi sherigi shubhasiz, Kristiano edi.Ular birgalikda chempion bo‘lgan mavsumda “Barselona” maydonidan g‘alaba bilan qaytishganida O‘zilning zargarona uzatmasini Ronaldo golga aylantirgan edi. “Real” safida harakat qilgan davrida O‘zil har bir uchrashuvda 0,82 golli vaziyat yaratgan ekan.O‘zilning klubdan ketishiga yangi shartnomani kelisha olmagani sabab qilib ko‘rsatiladi. Mourinyu bilan bir paytda klubni tark etgandi.

2. Ulrix “Uli” Shtilike

Transfer narxi: 908 ming yevro
Mavsumlar: 1977-1985
Uchrashuvlar:308
Statistika:50 gol


Shtilike Madrid klubi bilan shartnoma imzolaganda 23 yoshda bo‘lgan. O‘sha davrdagi klub prezidenti “Borussiya Myunxengladbax”ning boshqa bir futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lib, Germaniyaga boradi va Shtilikening maydondagi harakatlariga lol qolganidan aynan uni tanlaydi.

Markaziy yarim himoyada harakat qilgan germaniyalik, Ispaniyada o‘ynaydigan eng yaxshi chet ellik futbolchi sovrinini ketma-ket 4 marotaba qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari u 3 yil La Ligada zafar quchgan, Ikki bora Ispaniya kubogi va bir marotaba UYEFA kubogini ham yutgan. Uli bu ro‘yxatdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lishga eng asosiy davogar edi, lekin jamoada yana bir nemis paydo bo‘lgan...

1.Toni Kroos


Transfer narxi: 25 mln yevro
Mavsumlar: 2014-yildan hozirgacha
Statistika:19gol, 68 assist

“Real Madrid” va Toni Kroos bir-biri uchun yaratilgandek go‘yo. U tarkibga kelib qo‘shilishi bilan jamoaning muhim futbolchisiga aylanish juda qiyin masala edi, aslida. Biroq, Kross shunday futbochiki u har qanday klubda imkoniyat berilsa, maydon markazidagi "shef"ga aylana oladi. U Myunxendan arzimagan 25 mln yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tgan. 2014 yil Braziliya yashil maydonlarini sheriklari bilan “yondirgan” Toniga boshqa klub qiziqishi mumkin emasdi, aslida.


Kroos o‘zining dastlabki mavsumida 55 uchrashuvda maydonga tushgan. Bundan ko‘rinadiki, bosh murabbiy Karlo Anchelotti Xabi Alonsoning hamma vazifasini unga yuklagan. Har bir hujum u orqali boshlanishini xohlagan. Ilk mavsumdayoq trebl qayd etishi mumkin bo‘lgan "Real" uchun voqelar rivoji butkul o‘zgarib, o‘sha yilgi mavsum YECHL yarim finalidagi mag‘lubiyat va La Liga yetakchiligini asosiy raqibga boy berilishi bilan yakunlangan. Anchelottining o‘rnini esa Rafa Benites egallagan va uning nima "karomat" ko‘rsatgani hammaga ma’lum.

Zidan bu yigitning yangi qirralarini ochgan murabbiy. Maydon markazida Kazemiro, Modrich va Kross uchligiga Yevropada 3 yil hech kim turib bera olmaganidan ham buni anglab olsa bo‘ladi. Kroos hozir ham Zidanning asosiy futbolchilaridan bo‘lib turibdi. U nafaqat “Real”shanini himoya qilgan eng yaxshi nemis futbolchisi, balki futbol tarixidagi eng markaziy hudud egalaridan biri bo‘lib qoladi.

Darvoqe Toni “Real” bilan birga 3 martadan UYEFA Chempionlar Ligasi va Superkubogi, 2 boradan La Liga va Ispaniya Superkubogi g‘olibi, 4 marta esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan. Shu yerda “Real Madrid” jamoasida top tepgan nemislar hikoyasini to‘xtatib turamiz. Toki Kross o‘ziga xos estafeta bayroqchasini boshqa bir olmonga topshirmaguncha.

Manba: stadion.uz

 

 

Kiritildi: 22:24, 27.02.2021. O'qildi: 7168 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 7
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.