Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Birga-bir" yangi loyiha. 1-son. Eldor Shomurodov va Iliya Nestorovski dueli

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Haftaning har dam olish kunlari Yevropaning kuchli chempionatlarida ichki musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, biz sizlar uchun yangi "birga-bir" nomli loyihani boshlamoqchimiz. Hafta davomida bo‘ladigan uchrashuvlarning eng markaziy bahslaridan birini tanlab, ushbu jamoalarning yetakchi futbolchilarning natijalari, transfer narxi va boshqa ko‘plab statistikalar o‘rtasida birga-bir duelni tashkil qilamiz. Mazkur loyihaning birinchi sonida, bugungi Italiya A seriyasining 27-turi doirasidagi uchrashuvlardan biri "Jenoa" va "Udineze" jamoalarining yetakchi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda "Udineze" yetakchisi bo‘lgan makedoniyalik Iliya Nestorovskilar o‘rtasidagi natijalarni tahlil qilib ko‘ramiz. Agar, qaysidir futbolchi biror ko‘rsatgich bo‘yicha g‘olib bo‘lsa, unga 5 ochko, agarda natijalar teng kelib qolsa, ikki futbolchiga ham 2 ochkodan taqdim etamiz. Demak, boshladik.

Umumiy statistikalar

Eldor Shomurodov

Muborakning "Mash’al" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Eldor 2014-yilda Toshkentning "Bunyodkor" klubiga ko‘chib o‘tdi. "Qaldirg‘ochlar" safida 3 mavsum davomida 66 uchrashuvda maydonga tushib, 18 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. 2017-yildan esa Shomurodov Rossiyaning "Rostov" jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan. Hujumchi rostov-donliklar safida 2020-yilgacha to‘p surdi. Hujumchi Rossiya klubi safida 80ta bahsda maydonga tushib, 16 marta raqiblari darvozabonini xafa qilgan. 2020-yildan Shomurodov Italiyaning "Jenoa" jamoasi futbolchisi hisoblanadi.


Iliya Nestorovski

Nestorovski faoliyatini Makedoniyaning "Pobeda" klubida boshlagan. 2007-2010 yillarda hujumchi Makedoniya chempionatida 53 uchrashuv o‘tkazgan va 22 gol urgan. Keyinchalik 2010-yil boshida u Chexiyaning "Slovasko" jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Chexiya klubi safida ikki mavsum davomida 28 uchrashuvda, 2 marta gol urishga erishgan. Makedoniyalik futbolchi 2015-yilgacha turli klublar safida ijara asosida to‘p surib, 90 uchrashuvda 46 gol urishga erishgan. 2015-yildan, 2019-yilga qadar Xorvatiyaning "Inter" va Italiyaning "Palermo" jamoalari safida o‘ynadi va 127 marta maydonga tushib, 66 gol muallifiga aylangan. 2019-yildan e’tiboran "Udineze" a’zosi hisoblanadi.

Futbolchilarning ushbu ko‘rsatgichlarini taqqoslaydigan bo‘lsak, tarozi pallasi tengligiga guvoh bo‘lamiz. Sababi o‘yinlar va kiritgan gollari bo‘yicha makedoniyalik futbolchining natijalari yaxshiroq ko‘rinishda bo‘lsada, ammo Iliya futbolchilik karerasini ertaroq, ya’ni 2007-yilda boshlaganiga guvoh bo‘lamiz. Shomurodov esa, professional faoliyatini 2013-yildan boshlagan. Shuning uchun, dastlabki bosqichda ikki fubolchilarga ham 2 ochkodan taqdim etamiz.

Transfer narxlari

Eldor Shomurodov

Shomurodovning "Mash’al"dan, "Bunyodkor" safiga taxminan 200 million so‘m atrofida o‘tganligi haqida aytilgan edi. Keyinchalik toshkentliklar safida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, hujumchi "Rostov" e’tibor markaziga tushadi. Rossiya jamoasi "Bunyodkor"ga Shomurodov uchun 600 ming yevro miqdorida pul to‘lab berishgan. 2020/21 mavsum avvalida, Italiya klubi safiga o‘tgan Shomurodov uchun genuyaliklar "Rostov"ning hisob raqamiga 6.50 million yevro, kompensasiyasi bilan hisoblaganda umumiy 7.50 million yevro atrofida pulni o‘tkazib bergan.

Iliya Nestorovski

Makedoniyalik futbolchi faoliyatidagi birinchi klubi "Pobeda" safidan, "Slovaska" jamoasi safiga qo‘shilganida, Chexiya klubi Iliya uchun "Pobeda" jamoasiga 350 ming yevro pul to‘lagan. Nestorovski 2015-yilda "Slovaska" jamoasidan erkin agent maqomida tark etadi. Makedoniyalik futbolchi o‘sha yilning o‘zida Xorvatiyaning "Inter" jamosi safiga qo‘shiladi. Xorvat klubi safidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, "Palermo" jamoasi safiga 600 ming yevro evaziga borib qo‘shiladi. "Palermo" ham o‘z navbatida 2019-yilga kelib, "Udineze"ga 4 million yevro evaziga sotib yuborgan.

O‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak, ushbu ko‘rstakich bo‘yicha Eldor Shomurodov yaqqol yetakchi. Sababi uning narx ko‘rsatkichi hech qachon pastga tushmagan. "Rostov"dan "Jenoa"ga o‘tayotgan paytda esa, katta ko‘rsatkichga ega bo‘lganini aytib o‘tish ham lozim. Iliya Nestorovskining transfer summasi esa dastlabki yillarida biroz past bo‘lgan, qolaversa erkin agent maqomida ham jamoa safiga qo‘shilgan. Faqatgina 2019-yilga kelib, narxining o‘sganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Lekin, ushbu paytda ham 4 million yevro miqdorida bo‘lgan. Shuning uchun bu bosqichda Eldor Shomurodovga 5 ochko taqdim etamiz.

Qo‘lga kiritgan sovrinlari

Eldor Shomurodov

Eldorning medallar javonida ko‘zga ko‘ringan medallar yo‘q. Faqatgina Yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘rta Osiyo chempioni. "Bunyodkor" safida 2015-yilda O‘zbekiston kubogi finalchisi, hamda 2016-yilgi O‘zbekiston Oliy ligasining kumush medallari sohibi hisoblanadi. Shaxsiy mukofotlaridan esa, 2019-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi kabi sovrinlarga ega chiqqan.

Iliya Nestorovski

Iliya Nestrovskining ham erishgan yutuqlari Eldorniki kabi kamtargina. Futbolchi 2011/2012 yilgi mavsumda Makedoniya chempionati kumush medallari sohibi bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Xorvatiyaning "Inter" jamoasi bilan mamlakatning ikkinchi liga chempionatining oltin medallariga ega chiqqan. Shaxsiy sovrinlardan ikki marta Xorvatiya ikkinchi ligasining to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, bir marta Xorvatiya Oliy ligasi to‘purari bo‘lgan.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikki futbolchi ham deyarli bir xil natijaga erishgan. Ikkisi ham o‘z mamlakatining vise-chempioni hisoblansa, keyinchalik boshqa sovrinlarga ham ega chiqishgan. Shuning uchun bu bosqichda ikki futbolchiga ham 2 ochkodan taqdim etamiz.

Terma jamoadagi faoliyati.

Eldor Shomurodov

Eldor Shomurodov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi jamoalar safida to‘p tepgan. Xususan, yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida qatnashgan hujumchi, 5 uchrashuvda 2 marta gol urishga erishgan. Ushbu musobaqadagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga chaqiruv oladi. Hozirgacha O‘zbekistonning bosh jamoasi safida 37 uchrashuvda 19 marta raqiblar posbonini ranjitishga erishgan. Shomurodov 26 yoshdaligini hisobga olsak, u hali ko‘plab O‘zbekiston terma jamoasi safida gollar kiritadi.

Iliya Nestorovski

Iliya ilk marta 2013-yilda Makedoniya U-21 terma jamoasiga chaqiruv oldi. Ushbu yosh terma jamoa tarkibida 2 uchrashuv o‘tkazib, 2 gol urishga erishgan. 2015-yildan boshlab Makedoniya milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Shundan beri 43 uchrashuv o‘tkazib, 9 marta raqiblar postini aniq nishonga olishga erishgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tarif shart emas, chamamizda. Eldor raqibidan kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, naq 10ta ko‘p gol kiritishga erishgan. Shuning uchun, bu bosqichdagi 5 ochkoni Shomurodovga taqdim etamiz.

Joriy mavsumdagi natijalar

Eldor Shomurodov

Eldor Italiya A seriyasiga o‘tgandan so‘ng, biroz vaqt davomida o‘z o‘yinini topa olmadi. Sababi Italiya chempionatiga o‘tgandan keyin bir qancha vaqt davomida jarohat sabab maydonga tusha olmadi. Lekin, shunday bo‘lsada, ichki chempionatda 19 uchrashuvda 3 gol urishga erishgan. Qolaversa, kubok bahsida ham bir marta gol urishga erishgan.

Iliya Nestorovski

Iliya Nestorovski bu mavsumda "Udineze" safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta gol urishga erishgan. "Udinezi" jamoasi tarkibidagi hujumchilar saviya jihatdan deyarli tengligi sababli, Iliya ko‘p uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushgan. Ammo, asosiy tarkibda boshlagan o‘yinlarining ko‘pchiligida jamoasiga foyda keltirgan.


Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha, Eldorga ham, Iliyaga ham 2 ochkodan taqdim etishga qaror qildik. Sababi, Eldor garchi Italiya musobaqalari doirasida Iliyadan ikkita ko‘p gol urgan bo‘lsada, maydonda harakat qilgan daqialari birozgina ko‘proq.

 

"Birga-bir" loyihamizning dastlabki sonining g‘olibi 16 ochko to‘plagan Eldor Shomurodov bo‘ldi. Iliya Nestorovski hisobidagi ochkolar soni esa 6 ochkoni taqdim etadi. Ammo, bular shunchaki statistikalar hisoblanadi. Haqiqiy g‘olib esa, bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da Genuyadagi "Luiji Ferraris" stadionida aniqlanadi. Biz esa bugungi bahsda har iki futbolchiga ham omad tilaymiz.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Haftaning har dam olish kunlari Yevropaning kuchli chempionatlarida ichki musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, biz sizlar uchun yangi "birga-bir" nomli loyihani boshlamoqchimiz. Hafta davomida bo‘ladigan uchrashuvlarning eng markaziy bahslaridan birini tanlab, ushbu jamoalarning yetakchi futbolchilarning natijalari, transfer narxi va boshqa ko‘plab statistikalar o‘rtasida birga-bir duelni tashkil qilamiz. Mazkur loyihaning birinchi sonida, bugungi Italiya A seriyasining 27-turi doirasidagi uchrashuvlardan biri "Jenoa" va "Udineze" jamoalarining yetakchi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda "Udineze" yetakchisi bo‘lgan makedoniyalik Iliya Nestorovskilar o‘rtasidagi natijalarni tahlil qilib ko‘ramiz. Agar, qaysidir futbolchi biror ko‘rsatgich bo‘yicha g‘olib bo‘lsa, unga 5 ochko, agarda natijalar teng kelib qolsa, ikki futbolchiga ham 2 ochkodan taqdim etamiz. Demak, boshladik.

Umumiy statistikalar

Eldor Shomurodov

Muborakning "Mash’al" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Eldor 2014-yilda Toshkentning "Bunyodkor" klubiga ko‘chib o‘tdi. "Qaldirg‘ochlar" safida 3 mavsum davomida 66 uchrashuvda maydonga tushib, 18 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. 2017-yildan esa Shomurodov Rossiyaning "Rostov" jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan. Hujumchi rostov-donliklar safida 2020-yilgacha to‘p surdi. Hujumchi Rossiya klubi safida 80ta bahsda maydonga tushib, 16 marta raqiblari darvozabonini xafa qilgan. 2020-yildan Shomurodov Italiyaning "Jenoa" jamoasi futbolchisi hisoblanadi.


Iliya Nestorovski

Nestorovski faoliyatini Makedoniyaning "Pobeda" klubida boshlagan. 2007-2010 yillarda hujumchi Makedoniya chempionatida 53 uchrashuv o‘tkazgan va 22 gol urgan. Keyinchalik 2010-yil boshida u Chexiyaning "Slovasko" jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Chexiya klubi safida ikki mavsum davomida 28 uchrashuvda, 2 marta gol urishga erishgan. Makedoniyalik futbolchi 2015-yilgacha turli klublar safida ijara asosida to‘p surib, 90 uchrashuvda 46 gol urishga erishgan. 2015-yildan, 2019-yilga qadar Xorvatiyaning "Inter" va Italiyaning "Palermo" jamoalari safida o‘ynadi va 127 marta maydonga tushib, 66 gol muallifiga aylangan. 2019-yildan e’tiboran "Udineze" a’zosi hisoblanadi.

Futbolchilarning ushbu ko‘rsatgichlarini taqqoslaydigan bo‘lsak, tarozi pallasi tengligiga guvoh bo‘lamiz. Sababi o‘yinlar va kiritgan gollari bo‘yicha makedoniyalik futbolchining natijalari yaxshiroq ko‘rinishda bo‘lsada, ammo Iliya futbolchilik karerasini ertaroq, ya’ni 2007-yilda boshlaganiga guvoh bo‘lamiz. Shomurodov esa, professional faoliyatini 2013-yildan boshlagan. Shuning uchun, dastlabki bosqichda ikki fubolchilarga ham 2 ochkodan taqdim etamiz.

Transfer narxlari

Eldor Shomurodov

Shomurodovning "Mash’al"dan, "Bunyodkor" safiga taxminan 200 million so‘m atrofida o‘tganligi haqida aytilgan edi. Keyinchalik toshkentliklar safida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, hujumchi "Rostov" e’tibor markaziga tushadi. Rossiya jamoasi "Bunyodkor"ga Shomurodov uchun 600 ming yevro miqdorida pul to‘lab berishgan. 2020/21 mavsum avvalida, Italiya klubi safiga o‘tgan Shomurodov uchun genuyaliklar "Rostov"ning hisob raqamiga 6.50 million yevro, kompensasiyasi bilan hisoblaganda umumiy 7.50 million yevro atrofida pulni o‘tkazib bergan.

Iliya Nestorovski

Makedoniyalik futbolchi faoliyatidagi birinchi klubi "Pobeda" safidan, "Slovaska" jamoasi safiga qo‘shilganida, Chexiya klubi Iliya uchun "Pobeda" jamoasiga 350 ming yevro pul to‘lagan. Nestorovski 2015-yilda "Slovaska" jamoasidan erkin agent maqomida tark etadi. Makedoniyalik futbolchi o‘sha yilning o‘zida Xorvatiyaning "Inter" jamosi safiga qo‘shiladi. Xorvat klubi safidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, "Palermo" jamoasi safiga 600 ming yevro evaziga borib qo‘shiladi. "Palermo" ham o‘z navbatida 2019-yilga kelib, "Jenoa"ga 4 million yevro evaziga sotib yuborgan.

O‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak, ushbu ko‘rstakich bo‘yicha Eldor Shomurodov yaqqol yetakchi. Sababi uning narx ko‘rsatkichi hech qachon pastga tushmagan. "Rostov"dan "Jenoa"ga o‘tayotgan paytda esa, katta ko‘rsatkichga ega bo‘lganini aytib o‘tish ham lozim. Iliya Nestorovskining transfer summasi esa dastlabki yillarida biroz past bo‘lgan, qolaversa erkin agent maqomida ham jamoa safiga qo‘shilgan. Faqatgina 2019-yilga kelib, narxining o‘sganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Lekin, ushbu paytda ham 4 million yevro miqdorida bo‘lgan. Shuning uchun bu bosqichda Eldor Shomurodovga 5 ochko taqdim etamiz.

Qo‘lga kiritgan sovrinlari

Eldor Shomurodov

Eldorning medallar javonida ko‘zga ko‘ringan medallar yo‘q. Faqatgina Yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘rta Osiyo chempioni. "Bunyodkor" safida 2015-yilda O‘zbekiston kubogi finalchisi, hamda 2016-yilgi O‘zbekiston Oliy ligasining kumush medallari sohibi hisoblanadi. Shaxsiy mukofotlaridan esa, 2019-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi kabi sovrinlarga ega chiqqan.

Iliya Nestorovski

Iliya Nestrovskining ham erishgan yutuqlari Eldorniki kabi kamtargina. Futbolchi 2011/2012 yilgi mavsumda Makedoniya chempionati kumush medallari sohibi bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Xorvatiyaning "Inter" jamoasi bilan mamlakatning ikkinchi liga chempionatining oltin medallariga ega chiqqan. Shaxsiy sovrinlardan ikki marta Xorvatiya ikkinchi ligasining to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, bir marta Xorvatiya Oliy ligasi to‘purari bo‘lgan.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikki futbolchi ham deyarli bir xil natijaga erishgan. Ikkisi ham o‘z mamlakatining vise-chempioni hisoblansa, keyinchalik boshqa sovrinlarga ham ega chiqishgan. Shuning uchun bu bosqichda ikki futbolchiga ham 2 ochkodan taqdim etamiz.

Terma jamoadagi faoliyati.

Eldor Shomurodov

Eldor Shomurodov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi jamoalar safida to‘p tepgan. Xususan, yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida qatnashgan hujumchi, 5 uchrashuvda 2 marta gol urishga erishgan. Ushbu musobaqadagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga chaqiruv oladi. Hozirgacha O‘zbekistonning bosh jamoasi safida 37 uchrashuvda 19 marta raqiblar posbonini ranjitishga erishgan. Shomurodov 26 yoshdaligini hisobga olsak, u hali ko‘plab O‘zbekiston terma jamoasi safida gollar kiritadi.

Iliya Nestorovski

Iliya ilk marta 2013-yilda Makedoniya U-21 terma jamoasiga chaqiruv oldi. Ushbu yosh terma jamoa tarkibida 2 uchrashuv o‘tkazib, 2 gol urishga erishgan. 2015-yildan boshlab Makedoniya milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Shundan beri 43 uchrashuv o‘tkazib, 9 marta raqiblar postini aniq nishonga olishga erishgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tarif shart emas, chamamizda. Eldor raqibidan kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, naq 10ta ko‘p gol kiritishga erishgan. Shuning uchun, bu bosqichdagi 5 ochkoni Shomurodovga taqdim etamiz.

Joriy mavsumdagi natijalar

Eldor Shomurodov

Eldor Italiya A seriyasiga o‘tgandan so‘ng, biroz vaqt davomida o‘z o‘yinini topa olmadi. Sababi Italiya chempionatiga o‘tgandan keyin bir qancha vaqt davomida jarohat sabab maydonga tusha olmadi. Lekin, shunday bo‘lsada, ichki chempionatda 19 uchrashuvda 3 gol urishga erishgan. Qolaversa, kubok bahsida ham bir marta gol urishga erishgan.

Iliya Nestorovski

Iliya Nestorovski bu mavsumda "Udineze" safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta gol urishga erishgan. "Udinezi" jamoasi tarkibidagi hujumchilar saviya jihatdan deyarli tengligi sababli, Iliya ko‘p uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushgan. Ammo, asosiy tarkibda boshlagan o‘yinlarining ko‘pchiligida jamoasiga foyda keltirgan.


Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha, Eldorga ham, Iliyaga ham 2 ochkodan taqdim etishga qaror qildik. Sababi, Eldor garchi Italiya musobaqalari doirasida Iliyadan ikkita ko‘p gol urgan bo‘lsada, maydonda harakat qilgan daqialari birozgina ko‘proq.

 

"Birga-bir" loyihamizning dastlabki sonining g‘olibi 16 ochko to‘plagan Eldor Shomurodov bo‘ldi. Iliya Nestorovski hisobidagi ochkolar soni esa 6 ochkoni taqdim etadi. Ammo, bular shunchaki statistikalar hisoblanadi. Haqiqiy g‘olib esa, bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da Genuyadagi "Luiji Ferraris" stadionida aniqlanadi. Biz esa bugungi bahsda har iki futbolchiga ham omad tilaymiz.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:56, 13.03.2021. O'qildi: 4798 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик