Italiya A Seriyasining 28-turida «Jenoa» 19 mart, juma kuni «Parma» maydoniga safar qildi.
Bellashuv maydon egalarining tezkor goli bilan boshlandi. 16-daqiqada Grasiano Pelle «Jenoa» darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasiga kelib, Eldor Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan Janluka Skamakka Davide Zappakostaning uzatmasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. 69-daqiqada esa Skamakkaning o‘zi yana bir bor gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Jenoa» Shomurodov 45 daqiqa harakat qilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Jenoa» ochkolarini 31 taga yetkazib, 13-pog‘onaga ko‘tarildi. «Parma» esa (19) 19-o‘rindan joy olgan.
Italiya A seriyasi, 28-tur bahsi
19 mart, juma
«Parma» — «Jenoa» 1:2
Gollar: 1:0 – 16 Pelle, 1:1 – 50 Skamakka, 1:2 – 69 Skamakka.
«Parma»: Sepe, Osorio, Konti, Pessella (Byusi, 79), Bani (Galyolo, 71), Kuska, Brugman (Ernani, 79), Man, Kurtich (Zirkzee, 79), Karamo (Mixeile, 64), Pelle.
«Jenoa»: Perin, Zappakosta, Masyello, Krishito, Chiborra (Pyasa, 46), Badel, Radovanovich, Zays (Rovella 90), Strotman (Biraski, 68), Destro (Behrami, 64), Shomurodov (Skamakka, 46).
Ogohlantirishlar: Bani (19), Pessella (57), Pelle (71), Radovanovich (72), Brugman (78), Biraski (84), Kuska (90+5).