Bugun 6 mart, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • 1:4
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • 0:1
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • 0:1
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 2:2
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 2:1
      • Man. Yunayted
      • 06.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • Superliga
      • 05.03.2026 19:00
      • Navbahor
      • 0:1
      • Buxoro
      • 05.03.2026 19:15
      • Mash’al
      • 0:2
      • Lokomotiv
      • 05.03.2026 19:30
      • Surxon
      • 0:3
      • Neftchi
      • 06.03.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Dinamo
      • 06.03.2026 19:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 06.03.2026 19:30
      • Xorazm
      • -:-
      • OKMK
  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • -:-
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Udineze
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • -:-
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 2 6
2 Lokomotiv 2 6
3 Paxtakor 2 6
4 Buxoro 2 6
5 Andijon 2 3
6 Bunyodkor 1 3
7 Nasaf 1 3
8 Navbahor 2 3
9 Qizilqum 2 3
10 Dinamo 1 0
11 OKMK 1 0
12 Xorazm 1 0
13 Qo‘qon-1912 2 0
14 So‘g‘diyona 1 0
15 Surxon 2 0
16 Mash’al 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
2-тур Qizilqum 2-1 Andijon
2-тур Navbahor 0-1 Buxoro
2-тур Mash’al 0-2 Lokomotiv
2-тур Surxon 0-3 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

06/03/26 Bunyodkor - Dinamo
06/03/26 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03/26 Xorazm - OKMK

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Bir qarich ildamroq...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun 20 mart. Dunyo suygan ajoyib hujumchilardan biri Fernando Torresning tavallud kuni. U 37ga kirdi.

Odam ishongisi kelmaydi, "El Ninyo" shu yoshga kirib qo‘yganiga. Axir, yaqinda emasmidi Torres o‘zi sevgan “Atletiko” libosida la ligani yondirgan bahslar, “Liverpul” va “Chelsi” libosida APLni gullatgan damlar, yana Madridga qaytib umrbod ardoqlagan muxlislari bag‘rida “ikkinchi yoshligi”ni boshdan kechirgan onlari?! Yaqinda edi. Biroq, umr o‘tib boryapti, azizlar!

Torres eng omadli va eng sovrindor hujumchi, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Uning baxti Ispaniyada tug‘ilgani, tug‘ilganida ham Raul davrida emas, “qizil furiya” uyg‘ongan davrda tug‘ilgani, faoliyatini har qanday yosh hujumchiga imkoniyat beradigan Madridning “Atletiko” jamoasida boshlagani, Angliyaga borib ham istalgan uslubga mos tushib ketavergani... bunaqa omadni topib ko‘ringchi!

Nazdimda, Torresning yulduzli oni baribir Yevro-2008 finali. Ispaniya osmonida porlab chiqqan yigit shu kecha birgina harakati bilan tarixga kirgan, birgina harakat... Uning Germaniya posbonidan bir qarich ilgariroq to‘pga yetib borishi natijasida, Ispaniya ko‘hna qit’a chempioniga aylana oldi. Tamom – shundan keyin “qizil furiya”ni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. Bir qarich ildamroq harakat qilishi natijasida tug‘ilgan maskanida yangi tarix yozdi.

Ikki yildan so‘ng jahonni zabt etgan o‘g‘lonlar navbatdagi Yevropa kubogini ham boshlari uzra ko‘tardilar. To‘g‘ri, JARdagi mundialda qahramonimiz jarohati tufayli u qadar yuksak o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lishi mumkin, lekin Ukrainadagi Yevro turnirida so‘nggi o‘yinda gol urib, tarix sahifalariga “qatorasiga ikki finalda gol urgan o‘yinchi” sifatida joylandi.

Torres zamonaviy Ispaniya futbolida yangi hujum asrini ochib bergan, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Raul paytida Raulga o‘xshab nozik harakat qiladigan avlod o‘tmish qa’riga singib ketgach, buyog‘iga ispanlar aynan shu yigit timsolida tezkor hujum uslubiga ega bo‘lishdi. Bu esa qator musobaqalarda naf berganini ko‘rdik.

El Ninyo bugungi kunda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Murabbiy bo‘lishiga tilakdosh emasdim, lekin u yaqinda "Atletiko"ning o‘rinbosarlariga ustozlik qilyapti. Nachora, Fernandoni raketa misol uchib ketayotgan hujumchi timsolida eslab qolgim kelgandi. Hujumchilardan kamdan kam sifatli murabbiylar chiqishini e’tiborga olsak, ajoyib reputasiyasini buzib ham qo‘yishi mumkin. Balki Simeone o‘ziga yaxshi voris tayyorlayotgandir.

Axir, uni Madridda, Liverpulda va Londonda birdek yaxshi ko‘rishadi. Bu qadar jamlangan muhabbat boshqa hujumchiga nasib etmagan. U baribir o‘zini ulg‘aytirgan klubni tanladi. Buning nomini sadoqat deydilar.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:37, 20.03.2021. O'qildi: 4380 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Пахтакор Doston Hamdamov 2
3 Пахтакор Piotr Pajishek 2
4 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
5 Қўқон-1912 Toma Tabatadze 1
6 Қизилқум Jambuli Jigauri 1
7 Қизилқум Islom Kenjaboyev 1
8 Андижон Aleksandr Andronikashvili 1
9 Андижон Dragan Cheran 1
10 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.