Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilhom Mo‘minjonov: «Yig‘inlardan ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Neftchi
Rukn: Intervyular
A A A

Bahor va Navro‘zi olam tantanalari futbol mavsumining boshlanishiga ulanib ketdi. Ertadan keyin Pro liga jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 2021 yilgi rasmiy musobaqalari start oladi. Shu munosabat bilan «Neftchi» futbol klubi bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov bilan suhbatlashdik.

– Jamoani yil boshida qabul qilib oldingiz. Shu kungacha jamoa yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rganligi haqida qisqacha gapirib bersangiz.

– Jamoaning birinchi yig‘ini Toshkentda bo‘lib o‘tdi, shundan keyin yanvar oyining o‘rtalarida ikkinchi yig‘in Farg‘onada o‘tkazilib, jamoa «Hokim Kubogi» musobaqasida ishtirok etdi. Turnir yakunlangach fevralda yana Toshkentga qaytdik. Hozirgi kunda esa oxirgi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqdamiz. Xullas, yig‘inlarga keladigan bo‘lsak, ko‘p futbolchilarni jalb qilib,ko‘rikdan o‘tkazdik. Ularning ichidan o‘zimning taktik sxemamga mos kelgan o‘yinchilarni tanladim. Bugungi kunda 25 ta futbolchi ro‘yhatga kiritildi. O‘ylaymanki, bu yig‘inlardan ko‘nglim to‘ldi.

– «Navbahor» klubini boshqargan paytda bu jamoani Superliganing eng peshqadam klublari safiga olib chiqqan edingiz. Farg‘onalik futbol muxlislari ham buni hamon eslab yurishadi. Ilhomjon Ibragimjanovich o‘sha ibratli ishni Pro ligada ham namoyish etsa kerak, degan fikr bildirishmoqda. Bunga nima deysiz?

– «Navbahor»ga keladigan bo‘lsak, bu jamoada ikki mavsum mobaynida faoliyat olib bordim va ajoyib natijaga erishdim deb o‘ylayman. Murabbiylar shtabi bilan yayrab, quvnab ishladik. «Navbahor»da qilingan ibratli ishlarni «Neftchi»da ham amalga oshiramiz. O‘ylaymanki, bu yilgi Pro liga oson bo‘lmaydi. Chunki raqobat kuchayib yotibdi. Farg‘onalik muxlislarimiz duo qilib turishsa, «Navbahor»dagi g‘olibona o‘yinlarimizni namoyish etib, «Neftchi» uchun Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.

– Pro ligada 22 mart kuni yangi mavsum musobaqalarini «Neftchi» Toshkentning «Olimpik» jamoasi bilan boshlab beradi. Futbolchilarimiz bu jamoa bilan poytaxtda bo‘lib o‘tgan nazorat uchrashuvida g‘alaba qozonisha olmagan. Oradan biroz vaqt o‘tdi. Endilikda holat qalay?

– 22 mart kuni «Neftchi» va «Olimpik» bahsi Pro liga chempionatini ochib beradi. Bu uchrashuvga e’tibor juda kuchli. Chunki, bellashuv bevosita televideniye orqali jonli efirda namoyish etiladi. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. «Olimpik» jamoasiga eng kuchli 18-20 yoshli terma jamoa a’zolari jalb qilingan. Ularning maqsadlari ham Superligaga yo‘l olish. To‘g‘ri, bu jamoaga fevralda bo‘lib o‘tgan nazorat uchrashuvida yutqazib qo‘ygandik. Lekin, bu o‘rtoqlik bahsi bo‘lganligi bois biz futbolchilarni rotasiya (almashtirib-sinash) qilib o‘ynatdik. Shuning uchun yig‘inlar mobaynida biz natijalarga qaraganimiz yo‘q. Mana shu 3 oy ichida olib borgan tayyorgarligimiz natijasini 22 mart kuni yigitlarimiz o‘z kuchi bilan ko‘rsatadi, degan umiddaman.

– «Neftchi»ning asosiy maqsadi 2021 yilgi mavsumda Superligaga yo‘l olish. Bu katta maqsadni amalga oshirish yo‘lida jamoaga qanday imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan.

– Bu yil «Neftchi»ga hamma sharoitlar yaratib berilgan. Toshkent va Farg‘onadagi yig‘inlarimizda hamma imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Buning uchun rahbariyatdan juda juda minnatdormiz. Jamoaga kerakli o‘yinchilarni oldik. Maqsad bitta – Superligaga chiqish. Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishi uchun murabbiylar shtabi bilan faqat g‘alaba uchun astoydil mehnat qilamiz.

– Yangi mavsum oldidan muxlislarga tilaklaringiz.

– Bilasiz, «Neftchi» jamoasining muxlislari o‘tgan yilgi holatdan keyin 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. Bulardan 1 tasi o‘tib bo‘ldi. Hozirgi kunda 2 ta uy o‘yinimizni muxlislarsiz o‘tkazishga majburmiz. Ha, muxlislarsiz qiyin bo‘ladi. Chunki, muxlislar bilan o‘ynalganda futbolchi va murabbiylarda adrenalin (madad) olish turgan gap. Endi muxlislarimiz faqat 5-turda «Xorazm» klubini qabul qilganimizda stadionda ishtirok etishadi.

Muxlislarga tilaklarim shuki, hamisha «Neftchi»ni qo‘llab-quvvatlashsin.SHu paytgacha «Neftchi» Pro ligaga tushib ketgan bo‘lsa ham fidoyi muxlislari doimo birga bo‘lishdi.Men ham buni sezib turdim. O‘ylaymanki,bu yil ham muxlislarimiz stadionni to‘ldirib,safar o‘yinlarimizga ham borishadi. Chunki ular bizga dalda bo‘lib turishadi.

Biz esa faqat muxlis uchun o‘ynaymiz. Shuning uchun, qadrdon muxlislarimizdan iltimos qilib qolaman,har bir o‘yinimizni stadionga kelib,biz bilan hamnafas bo‘lib, yigitlarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlab, madad berib turishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

Hammalariga omad va sihat-salomatlik tilayman.

«Neftchi» FK matbuot xizmati

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 23:02, 21.03.2021. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик