Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • 0:2
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • 3:1
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • 2:1
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 1:0
      • Milan
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:0
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:1
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Tottenhem
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • 2:1
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • 5:2
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • 1:1
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Osasuna
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Levante
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Boks. Ahmadaliyev, Madrimov, G‘iyosov, Do‘stmatovlar Toshkentdagi boks oqshomida kimlarga qarshi jang qiladi?

Baho:
+-1 | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Toshkentdagi Humo Arena majmuasi 3 aprel, shanba kuni katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.

Unda o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi ringga ko‘tariladi. Quyida mazkur janglar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Mirazizbek Mirzaxalilov (debyut) — Tasha Mjuaji (17-7-2, 5 KO)

Mirazizbek Mirzaxalilov professional ringdagi debyutida tanzaniyalik Tasha Mjuajiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi. Mirazizbek havaskor boksda Olimpiada chempionligidan tashqari barcha sovrinlarga ega chiqib bo‘lgan. Farg‘onalik bokschi -57 kg vazn toifasida Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari—2018 g‘olibi hisoblanadi. U 2019 yilgi Jahon chempionati oltin medali sohibi hamdir. Shuningdek, Mirazizbek Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanmani naqd qilgan. Uning raqibi Tasha Mjuaji esa hozirga qadar professional boksda quyidagi natijalarni qayd etgan: 26 ta jangda 17 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 7 ta mag‘lubiyat (3 tasi nokaut bilan) va 2 ta durang. Faoliyati davomida 26 ta jangidan 23 tasini Tanzaniyada o‘tkazgan, 2 tasini Kenyada va yana 1 tasini Namibiyada. Vatanidan tashqarida o‘tkazilgan uchala jangda ham mag‘lub bo‘lgan.

Tasha Mjuajining so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Tashi Mjuaji — Iddi Hasani Makala (nokaut evaziga g‘alaba)
Tashi Mjuaji — Abdallah Ngozi (ochkolar hisobiga g‘alaba)
Tashi Mjuaji — Paulus Ambunda (nokaut bilan mag‘lubiyat)

Mirzaxalilov—Mjuaji jangi professional boksning yarimengil vazn toifasida (-57 kg) o‘tkaziladi.

Sanjar Tursunov (2-0, 1 KO) — Ivan Yuxta (3-1-1, 2 KO)

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘yishga ulgurgan Sanjar Tursunov professional boksda birinchi og‘ir vazn toifasida (-90,7 kg) jang qiladi. Surxondaryolik 22 yoshli bokschi prof ringda hozirga qadar 2 ta jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham g‘olib bo‘lgan. Debyut jangini 2018 yil 8 noyabrida meksikalik Migel Kubosga qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgan. Ikkinchi jangini esa 2021 yil 26 fevralida belaruslik Yuriy Bixovsevga qarshi o‘tkazgan va ochkolar evaziga g‘olib bo‘lgan. Sanjarga prof boksdagi uchinchi jangida ukraingalik Ivan Yuxta raqiblik qiladi. Uning statistikasi esa quyidagicha: 6 ta jangda 3 ta g‘alaba (2 tasi nokaut evaziga), 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang.

Ivan Yuxtaning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Ivan Yuxta — Vadim Korinniy (ochkolar evaziga g‘alaba)
Ivan Yuxta — Bogdan Boroviy (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
Ivan Yuxta — Aleksandr Filipchuk (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)

Tursunov—Yuxta jangi professional boksning birinchi og‘ir vazn toifasida (-90,7 kg) o‘tkaziladi.

Iqboljon Xoldorov (debyut) — Kulva Bushiri (13-5-1, 5 KO)



Havaskor boksdagi yorqin ishtiroki bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan Iqboljon Xoldorov nihoyat professional boksda ham debyut qiladi. Andijonlik 24 yoshli sportchi havaskor boksda 2017 yil Osiyo chempioni bo‘lgan. Shu yilda Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan. 2018 yil Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Xoldorovga debyut jangida tanzaniyalik 28 yoshli Kulva Bushiri raqiblik qiladi. Uning statistikasi esa quyidagicha: 19 ta jangda 13 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 5 ta mag‘lubiyat (3 tasi nokaut bilan) va 1 ta durang.

Kulva Bushirining so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Kulva Bushiri — Samyuuel Muloko (ochkolar evaziga g‘alaba)
Kulva Bushiri — Stepan Diyun (nokaut evaziga mag‘lubiyat)
Kulva Bushiri — Hussayn Alli (texnik nokaut evaziga g‘alaba)

Xoldorov—Bushiri jangi professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) o‘tkaziladi.

Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) — Muhsin Kizota (11-2, 5 KO)

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov Humo Arena’dagi boks oqshomida tanzaniyalik Muhsin Kizotoga qarshi jang qiladi. 27 yoshli Hasanboy 2019 yil 16 noyabrida prof boksdagi debyut jangini o‘tkazgandi. O‘shanda u meksikalik Xesus Servantes Villanuevani nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Ikkinchi jangini esa 2020 yil 24 dekabrida Rossiyada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazib, uni ham nokautga uchratgandi. Kizotoga qarshi jang Do‘stmatov uchun prof ringdagi uchinchisi bo‘ladi. 21 yoshli Kizotoning statistikasi quyidagicha: 13 ta jangda 11 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 2 ta mag‘lubiyat (1 tasi nokaut bilan).

Muhsin Kizotoning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Muhsin Kizoto — Mbaraka Mchonge (nokaut evaziga g‘alaba)
Muhsin Kizoto — Siphamandla Baleni (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)
Muhsin Kizoto — Hamza Mchango (ochkolar evaziga g‘alaba)

Jang (-49 kg vaznda) vakant bo‘lib turgan WBA International kamari uchun kechadi.

Bahodir Jalolov (7-0, 7 KO) — Kristaps Zuis (7-1-2, 7 KO)


Professional boksning og‘ir vazn toifasi (+90,7 kg) vakili Bahodir Jalolovga navbatdagi jangida latviyalik Kristaps Zuis raqib bo‘ladi. Surxondaryolik sportchi uchun Zuisga qarshi jang prof ringdagi 8-jang sifatida tarixdan joy oladi. 26 yoshli Bahodir prof boksdagi faoliyatini 2018 yil 5 mayida Ugo Truxilyoga qarshi jang bilan boshlagan. U barcha 7 ta jangida ham raqiblarini nokaut evaziga taslim etgan. Latviyalik 30 yoshli Zuisning prof boksdagi statistikasi esa quyidagicha: 10 ta jangda 7 ta g‘alaba (7 tasi ham nokaut bilan), 1 ta mag‘lubiyat (nokaut bilan) va 2 ta durang. Qayd etish joiz, Zuis 2019 yil 21 sentyabrida Denni Uilyamsni nokaut evaziga mag‘lub etgan. Uilyams esa 2004 yilda afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchratgan bokschi hisoblanadi.

Kristaps Zuisning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Kristaps Zuis — Nikita Smirnov (ikkala bokschi noprofessional harakatlari uchun jangdan chetlatilgan)
Kristaps Zuis — Denni Uilyams (nokaut evaziga g‘alaba)
Kristaps Zuis — Vadims Tihomirovs (texnik nokaut evaziga g‘alaba)

Jalolov—Zuis jangi professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) o‘tkaziladi.

Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) — Emmanuel Kalombo (14-0, 14 KO)


Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Isroil Madrimovni bu safar bir muncha jiddiyroq raqib kutib turibdi. Xorazmlik bokschi prof ringda hozirga qadar 6 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Faqatgina so‘nggi Erik Uolkerga qarshi jangigina to‘liq davom etgan. 26 yoshli sportchiga navbatdagi jangida kongonlik Emmanuel Kalombo raqiblik qiladi. Gap shundagi, Kalombo hozirga qadar prof ringda 14 ta jang o‘tkazib ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga taslim etgan.

Emmanuel Kalomboning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Emmanuel Kalomobo — Daniel Lartey (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
Emmanuel Kalomobo — Enrike Lando (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
Emmanuel Kalomobo — Kristiano Ndombassi (texnik nokaut evaziga g‘alaba)

Madrimov—Kalombo jangi professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) o‘tkaziladi.

Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) — Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO)

Professional boksda allaqachon tanilib ulgurgan Shahram G‘iyosovga Toshkentdagi boks kechasida meksikalik Patrisio Lopes Moreno raqib bo‘ladi. Buxorolik 27 yoshli sportchi hozirga qadar prof ringda 10 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 26 yoshli Morenoning professional ringdagi statistikasi esa quyidagicha: 32 ta jangda 28 ta g‘alaba (20 tasi nokaut bilan), 4 ta mag‘lubiyat (1 tasi nokaut bilan).

Patrisio Lopes Morenoning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Patrisio Lopes Moreno — Daniel Armando Valensuela (nokaut evaziga g‘alaba)
Patrisio Lopes Moreno — Xose Migel Lopes Medina (ochkolar evaziga g‘alaba)
Patrisio Lopes Moreno — Denis Berinchik (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)

G‘iyosov—Moreno jangi professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) o‘tkaziladi.

Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) — Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO)



Humo Arena’dagi so‘nggi va markaziy jangda Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etadi. Unga bu jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasa raqiblik qiladi. Namanganlik 26 yoshli sportchi bu jang orqali o‘zining ikkinchi yarimengil vazn (-55,34 kg) toifasidagi WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qilishi lozim. Qayd etish joiz, Murodjon Daniel Romanni mag‘lub etib, mazkur kamarlarni o‘ziniki qilgandi. Roman bilan jangdan 1 yil-u 2 oy vaqt o‘tib, Murodjonga kamarini himoya qilish fursati yetdi. 31 yoshli Ivasa mazkur vazn toifasining IBF yo‘nalishi vaqtinchalik chempioni hisoblanadi. Ryosukening prof ringdagi statistikasi esa quyidagicha: 30 ta jangda 27 ta g‘alaba (17 tasi nokaut bilan), 3 ta mag‘lubiyat (2 tasi nokaut bilan).

Ryosuke Ivasaning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:

Ryosuke Ivasa — Marlon Tapales (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
Ryosuke Ivasa — Sesar Xuares (texnik qaror evaziga g‘alaba)
Ryosuke Ivasa — TJ Doheni (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)

Mazkur boks oqshomi Matchroom hamda World of Boxing promouetrlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda. Aynan mazkur ikki kompaniya o‘zbekistonlik bokschilar bilan shartnomaga ega.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:42, 03.04.2021. O'qildi: 8023 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.