Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pandemiya paytidagi xarajat

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2020 yilning transfer bozori butunjahon pandemiyasi ta’sir etgan navbatdagi soha bo‘ldi. Daromad manbalaridan judo bo‘lgan klublar 100 mln. yevrodan ko‘proq bahodagi kelishuvlarni amalga oshira olishmagani bois, qishki darcha «harorati» mo‘’tadil bo‘ldi. Biroq yozgi-kuzgi oldi-sotdilar APL klublariga bir qator zalvorli transferlarni tuhfa etdi.

Son va qiymat qisqardi

Mazkur omillar asosiy o‘zgarishlarni qayd etish uchun yetarli. Dastlabki va yuz berishi muqarrar bo‘lgan dalil - kelishuvlar ko‘lami va ularda amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori kamaydi. Bularning asosiy sababchisi klublardagi daromadlarning pasayib ketganligi bo‘ldi. Buning natijasida transferlar soni 18047dan 17077taga kamaydi. Ularda sarflangan mablag‘ esa 7,35 mlrd. dollardan 5,63 mlrd.ga tushib qoldi.

2020 yilning iyuli eng ommaviy transferlar oyi bo‘lmadi

Amalga oshirilgan kelishuvlarning oylar bo‘yicha taqsimotida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Ancha yillardan beri bu borada yanvar va iyul oylari yaqqol yetakchilik qilayotgandi. 2020 yilda faqat dastlabki oy bu maqomni saqlab qoldi. Yanvarda TMS bazasi 4208ta kelishuv hujjatlari bilan boyidi. Ya’ni, 2019 yil yanvariga nisbatan 356taga ko‘proq. Iyulda esa 1377ta (avvalgi yilda 4512ta edi) shartnoma imzolandi. Bu holatni  chempionatlar va yevrokubok musobaqalari muddatining kechiktirilgani munosabati bilan kelishuvlarni rasmiylashtirish muhlati ham o‘zgargani izohlay oladi. Mavsumlarning noodatiy vaqtda yakunlangani oqibatida sentyabr oyi kelishuvlar soni bo‘yicha 2-o‘rindan joy oldi - 2569ta transfer.

APLdagi top-transferlar buni tasdiqlaydi - 3ta qimmatbaho kelishuvning 2tasi aynan shu oyda amalga oshirildi. (Kay Xaversning «Chelsi»ga o‘tishi - 4 sentyabrda, Ruben Diashning «Manchester Siti»ga kelishi - 29 sentyabrda).

Ijaralar ko‘paydi

Klublar o‘rtasida ijara shartnomalarining oshganligini pandemiya ta’sirining muhim jihatlaridan biri deyish mumkin. 2019 yildagi kelishuvlarning 14,2 foizi ijara shartnomasi asosida bo‘lsa, noodatiy yilda bu ko‘rsatkich 16,2ga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda ham APL vakillari faollik ko‘rsatdilar. Biroq bu borada «Chelsi»dan (34 transferning aksariyati ijara) 45 nafar futbolchisidan vaqtincha yoki butunlay voz kechgan «Manchester Siti» o‘zib ketdi.

Shu bilan birgalikda doimiy asosdagi transferlar soni 1,3 foizga kamaydi. Joriy yilning qishki darchasida an’ana davom etdi. Ingliz jamoalari umumiy qiymati 84,2 mln. funt bo‘lgan 9ta kelishuv bilan kifoyalanishdi. O‘tgan yilning qishki transferida kelishuvlar soni ikki baravar ko‘proq, sarflangan mablag‘ 230 mln. funtni tashkil etgandi.

Pandemiyadan tobora uzoqlashilayotgan pallada klublar qanday futbolchilarni xarid qilayotganliklari bilan tanishish ham qiziqarli, albatta. 2020 yilda imzolangan kelishuvlarning ko‘pchiligi 18-23 yoshdagi o‘yinchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda - 7369 transfer. Bu boradagi ikkinchi natija 24-29 yoshlilarga tegishli (6981) Ta’kidlash joizki, yetakchi guruhlarning sarflagan mablag‘lari deyarli bir xil - 2,6 mlrd. dollardan. Ko‘rinib turibdiki, yosh iqtidor sohiblarining bahosi qimmatroq, degan gap-so‘zlar asossiz. Hech bo‘lmaganda, 2020 yilda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga binoan.

Ommaviy xastalik yilidagi asosiy tendensiyalar

*** Dunyodagi eng ko‘chmanchi millat - braziliyaliklar. Hisobot yilida ushbu yurt vakillari bilan 2008ta kelishuv imzolandi. 2-o‘rindan joy olgan argentinalik sayyohlar hisobida 899ta transfer bor. 3-pog‘ona britaniyalik futbolchilarga nasib qildi - 817.

***  Xaridlar bobida ham Braziliya yetakchi - 1015 transfer. Portugaliya 755ta kelishuv bilan ikkinchi natijani qayd etdi. Angliya, o‘z navbatida, sotuvchilik bobida peshqadam bo‘ldi - 867ta transfer.

***  APL pandemiya sharoitida ham boshqalar uchun mo‘may daromad va changyutgich vazifalarini ado etib, 1,6 mlrd. dollardan voz kechdi. Italiyaliklar 730, ispanlar 607, nemislar va fransuzlar 550 mln.lik xarajatlar bilan kifoyalandilar.

***  Xaridlar hajmi bo‘yicha ingliz klublari ispanlardan (340), portugallardan (262), nemislar (245), fransuzlar (216) va gollandlar (149)dan oldindalar.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:45, 09.04.2021. O'qildi: 3561 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик