A Seriyaning 31-turidan o‘rin olgan bahsda "Yuventus" safarda "Atalanta" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida Malinovskiy tomonidan urilgan gol yakunda Bergamo klubiga g‘alaba keltirdi. Turin klubi esa qimmatli 3 ochkoni boy berdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Atalanta" 64 ochko to‘plab, bugungi raqibi bo‘lmish "Yuventus"ni quvib o‘tib, 3 o‘ringa kо'tarilib oldi. "Keksa senyora" esa 62 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Gol:1:0 – 87 Malinovskiy
Atalаnta
– Gollini, Gozens, Palomino, Gimshiti, Mele (Malinovskiy, 72), de Ron, Froyler, Pessina (Pashalich, 46), Toloi, Muriel (Ilichich, 68), Sapata.
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, Kyellini, de Ligt, Bentankur, Kuadrado, Makkenni (Artur, 77), Rabyo, Kyeza (Danilo, 58), Morata, Dibala (Kulusevski, 68).
Ogohlantirishlar
: Bonuchchi (74), Gozens (78), Malinovskiy (79), Gimshiti (82), Kuadrado (90)