Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Massimiliano Allegri: “Eski uslub murabbiylari ta’sirida ulg‘ayganman”

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Ikki yildan beri efirga chiqmayapman. Umid qilamanki, nojo‘ya gaplarni aytmayman». Sky Calcio Club ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan Massimiliano Allegri shunday so‘z boshladi va u juda ko‘p gapirdi.

Yangi klub haqida

- «Napoli» yoki «Roma»? Hali hech narsa bilmayman. Menga bu yerda bo‘lish, futbol haqida gapirish yoqadi. Uch yil oldin meni «Real»ga chaqirishgan, ammo keyinchalik «Yuve» bilan kelishuvga erishganman. Iyun oyida qaytib kelmoqchiman.

Italiya futboli haqida

- Juda ko‘p o‘yladim. Yeng shimarib ishlash kerak. Italiya jamoalarining xalqaro turnirlardan erta chiqib ketishi chuqur o‘ylab tahlil o‘tkazishga majbur qilishi kerak. Men haqimda asosan o‘yindan ham ko‘proq natijalarni afzal ko‘radigan murabbiy sifatida gapirishardi. Eski uslub murabbiylari ta’sirida ulg‘ayganman va biror-bir ustuvor vazifa bo‘lishi kerak emas, deb hisoblayman. Futbol jiddiy narsa va bu yerda muvozanat kerak. Futbolchilar loyihaning markazida bo‘lishlari va bu boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim. Taktikalar zarur va muhim, ammo Yevropada biz o‘yinchilari to‘pni 100 km|soat tezlikda harakatlantiradigan jamoalarni ko‘ramiz. Shunday ekan, o‘zingizga savollar berishingiz, yoshlar sektorida, individual texnika ustida ishlashingiz kerak. Men bu gaplarni aytishni yomon ko‘raman, ammo futbolchilar murabbiyning mohirligini namoyish etish uchun vosita bo‘lib qolishdi. Umuman olganda, kerakli futbolchilar bo‘lmasa, taktikaga urg‘u berishdan naf yo‘q. Jamoada yaxshi uzatmani amalga oshiradigan o‘nlab futbolchi bo‘lishi kerak. Agar ular yo‘q bo‘lsa, bu haqiqiy muammo.

«Yuventus»dan ketishi haqida

- «Yuve»da beshta ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Ajralish mutlaqo tabiiy ravishda sodir bo‘ldi. Qarashlarimizda farq kuzatildi. Sarri haqida bilmasdim. Tanlovni prezident qildi, ammo biz juda yaxshi munosabatlarga egamiz. Qaytib kelarmidim? Hozir buning iloji yo‘q. Qolaversa, Andrea, fikrimcha, jamoani yaxshi boshqarmoqda.

Pirlo haqida

- Murabbiy bo‘lish nimani anglatishini qanday tushuntirish mumkin? Ikki murabbiy bor: biri dushanbadan shanbagacha, ikkinchisi yakshanba kuni, ko‘plab kutilmagan vaziyatlar yuzaga keladigan kun ishlaydi. Agar jamoangiz 5-daqiqadayoq maydonda ozchilik bo‘lib qolsa nima qilish kerak? Bu haqda kitoblarda yozilmaydi. Shuning uchun men inson resurslarini boshqarish eng muhim narsa ekanligini ta’kidlayman. Va bu, yana takrorlayman, kitoblarda yozilmagan. «Yuventus»ga nima yetishmayapti? Fabio Kapello jamoani tashqaridan ko‘rish boshqa, uni o‘rgatish boshqacha ekanligini aytdi. Shuning uchun men bilmayman. Nazarimda, «Yuventus» yaxshi ishlayapti.

Hujumchilar haqida

- Eng zo‘rlarimi? Benzema, Levandovski, Iguain, Ibragimovich. Gonsalo ajoyib o‘yinchi. Karim aql bovar qilmaydigan darajada. Doimo uning «Real»dan ketish vaqti kelganligini aytishadi, ammo u o‘ynaydi va ishini qoyillatadi.

Ronaldu va Messi haqida

- Bu ikkisi turli xil o‘yinchi. Eng buyuk va eng qudratlisi.

Suares va Morata haqida

- Suaresning faoliyati havas qilsa arzigulik, ammo Morata uchrashuv natijasini hal qilishi mumkin. Agar bitta o‘yinda tanlash kerak bo‘lsa, demak - Alvaro.

Lukaku va Lautaro haqida

- Italiyadagi eng yaxshi hujumchilar dueti. Konte ularni birlashtirishning ajoyib yo‘lini topdi. Bu futbolchilar turli xil xususiyatlarga ega, ammo shu bilan birga ular o‘xshash va bir-birini so‘zsiz tushunishadi.

Hujumlarni orqadan qurish haqida

- Endigina «Yuventus»ga kelgandim va biz «Kyevo» bilan o‘ynadik. To‘pni egallab turish ma’lumotlarga qaragandim, Buffon to‘pni 1 daqiqayu 39 soniya ushlab turgan ekan. Keyin jamoaga unga pas bermasliklarini, aks holda, darvozabonni maydondan olib tashlashimni aytdim. Hamma narsada muvozanat bo‘lishi lozim. Hujumlarni orqadan boshlash mumkin, faqat me’yorini ham bilish kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:01, 19.04.2021. O'qildi: 3139 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик