Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va moliya: APLdagi g‘ayrioddiy tizim

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Britaniyalik teleboshlovchi Kiran Maguayr «Tvitter»dagi sahifasi orqali «Norvich» va «Uotford»ning elitaga qaytishi APL klublariga qo‘shimcha daromadga ega bo‘lish imkonini yaratishi haqida gapirdi. Jamoalar 83 million funtni o‘zaro bo‘lishib olishadi. Bu mablag‘ mavsum davomida egallangan o‘rindan qat’iy nazar qo‘lga kiritiladigan mukofot pullariga qo‘shimcha tarzda beriladi. Gol.ru ushbu mavzuga atroflicha to‘xtaldi.

Kiran bergan ma’lumotda «parashyut» summalar haqida gap boradi.

** Avvaliga bu to‘lovlar APLni tark etgan klublarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgandi. APL va Chempionshipdagi teletranslyasiyalardan tushadigan daromad miqdori keskin farqlanadi, jamoalardagi maoshlar esa jiddiyligicha qoladi. Shu bois, liga pullarning ma’lum qismini elitani tark etgan klublarga ham ajratadi. Mazkur tizimga mavsum-2006|2007da asos solingan.

** «Parashyut» to‘lovlar mavsum-2015|2016gacha to‘rt yil mobaynida har bir «haydalgan» klubga to‘lab borildi. Keyinchalik esa to‘lovlar uch yilga mo‘ljallanib, muntazam pasayib borishi belgilandi.

** Muayyan klub APLni tark etganidan keyingi dastlabki mavsumda telehuquqlardan 55 foiz, ikkinchisida - 45 foiz, uchinchisida - 20 foiz oladi. Pul ko‘rinishida bu mos ravishda taxminan 42, 34 va 15 millionni tashkil etadi (2018 yilgi ko‘rsatkichlar).

** Yana bir qoida bor. APLdagi ishtiroki faqat bir mavsum davom etgan klub uchinchi to‘lovni olmaydi.

** «Norvich», «Uotford» va «Bornmut» mavsum-2019|2020da APLni tark etishgandi. Agar klub darhol elitaga qaytishni uddalasa, keyinchalik «parashyut» to‘lovlarga ega bo‘lmaydi. Shu bois, «Norvich» va «Uotford» Chempionshipning qolgan ikki mavsumida olishi kerak bo‘lgan summa shunchaki APL klublari o‘rtasida taqsimlanadi (darvoqe, «Norvich» va «Uotford» endi elita vakili sifatida o‘z ulushlariga ega bo‘lishadi).

** Nega aynan 83 mln.? «Norvich» va «Uotford» ikkinchi mavsum uchun 34 mln.dan olishlari kerak edi. 15 mln. esa «Uotford»ning uchinchi mavsumiga atalgandi. «Norvich»ga uchinchi mavsum uchun to‘lov tayinlanmagan, zero jamoa mavsum-2018|2019da APLga yo‘l olib, bir yildan so‘ng Chempionshipga qaytgandi. Bu yerda hammasi tushunarli: 34+34+15q83.

Umuman, raqamlar boshqacha ko‘rinish olishi ham mumkin (masalan, 35 mln. tarzida, bunda 35+35+15q85 bo‘ladi), lekin yuqoridagi yig‘indi 2018 yili chop etilgan Journal of Global Sport Management tahlillarining yettinchi sahifasidagi ma’lumotlarga asosan ko‘rsatilgan. U yerda «parashyut» to‘lovlarning barcha pul mexanizmi qayd etilgan. Uning yordamida Kiran Maguayr nega aynan 83 raqamini ishlatganini bilib olish qiyin emas.

** Yana bir holatda APL mavsum-2019|2020da elitani tark etganlarga «parashyut» to‘lovlarni amalga oshirmasligi ham mumkin. Buning uchun «Bornmut»ning ham elitaga qaytishi talab etiladi. Mazkur jamoa APL yo‘llanmasi uchun Chempionship «pley-off»ida «Brentford», «Suonsi» va «Barnsli» bilan kurash olib boradi (yarim final juftliklari keyinroq ma’lum bo‘ladi).

** Angliyada «parashyut» to‘lovlar anchadan buyon tanqid qilib kelinmoqda. Asosiy e’tiroz - bir xil klublarga pul berilayotgani: bu to‘lovlarsiz ular o‘z daromadlariga tayanishlari, xarajatlarni kamaytirishlari, yo‘q yerdan keladigan yirik summaga umid bog‘lamasliklari mumkin bo‘lardi.

Misol sifatida «Norvich» keltiriladi. Ushbu jamoa bosib o‘tgan yo‘lga e’tibor qarating:

* APL-2013|2014da quyiga «sho‘ng‘ib», keyingi yiliyoq elitaga qaytdi.

* Mavsum-2015|2016da yana Chempionshipga tushib, u yerda uch yil qatnashdi (aynan to‘lovlar amalga oshiriladigan davrda), keyin esa APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

* Mavsum-2019|2020da yana Premyer-ligani tark etdi, bir yil o‘tib, qaytdi.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, Chempionship va daraja jihatidan pastroq sanalgan yana ikkita divizionni nazorat qiluvchi Angliya futbol ligasi APLga murojaat etib, «Norvich» va «Uotford»ning elitaga qaytishi munosabati bilan bo‘shaydigan 70 millionni (aftidan, 35+35 ko‘rinishida hisoblashgan) berishni so‘raydi - bu tashabbus ligadagi moliyalashtirish hajmini kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Avvalroq APL quyi divizionlarga grant va kredit ajratgandi.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 12.05.2021. O'qildi: 2491 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик