Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: «Har bir futbolchi biz uchun kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Olimpik» — «Aral Samali» (3:0) uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng olimpiyachilar murabbiyi Temur Kapadze o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘yin haqida...
— Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. «Aral»ni o‘rgandik, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan yangi jamoa. Ular himoyada o‘ynashini kutgandik. O‘z navbatida bizga oson bo‘lmasligi aniq edi. Bolalarga raqib himoyada turib, o‘z baxtini qarshi hujumdan qidirishini aytgandim. 1-bo‘limdagi imkoniyatlardan foydalanolmaganimiz sari o‘yin qiyinlashib bordi. 2-bo‘limda gol urganimizdan keyin imkoniyatlar ko‘paydi va foydalandik. O‘z ustimizda ishlashda davom etyapmiz. Anchadan beri o‘ynamaganimiz ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi — «Istiqlol» bilan o‘yinni o‘tkazib yubordik. Ammo, yigitlar o‘yindan o‘yinga kuchayayotgani bilinib turibdi.

— «Olimpik» 1-golni urishga qiynalyapti, ammo birinchisidan keyin gollar ko‘payib ketyapti. Bunga sabab raqiblar himoyaviy o‘yin uslubini tanlayotganimi?
— Hisob 0:0 ekanida raqib tartibli futbol o‘ynashga harakat qiladi. Bizga qarshi ochiq futbol o‘ynaydigan jamoani hozircha ko‘rmadim. Ammo gol o‘tkazib yuborganidan keyin raqib katta kuch bilan oldinga chiqishni boshlaydi. Shundan keyin bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Shogirdlarim ana shu bo‘shliqlardan unumli foydalanyapti. Ko‘pincha o‘yin 1-goldan keyin o‘zgaradi, chunki raqib ochilishni boshlaydi.

— Ikkinchi bo‘limda qanotlar tezkor o‘yinchilar bilan kuchaytirildi (Jiyanov va Rahimberdiyev). Bu oldinda o‘ylangan taktikami?
— Har bir futbolchi biz uchun kerak. Ularning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Asosiy tarkibdagi o‘yinchilar toliqqanidan keyin hujumga "yangi qon" kerak edi. Zaxiradan qo‘shilganlar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi va urilgan gollarda o‘z hissasini qo‘shdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:41, 14.05.2021. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик