Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • AFC U-23
      • 23.01.2026 20:00
      • Vyetnam
      • 2:2
      • Janubiy Koreya
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • -:-
      • Yaponiya
  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • -:-
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 22 52
2 Milan 21 46
3 Napoli 21 43
4 Roma 21 42
5 Yuventus 21 39
6 Komo 21 37
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 21 30
9 Lasio 21 28
10 Udineze 21 26
11 Sassuolo 21 23
12 Cremonese 21 23
13 Parma 21 23
14 Torino 21 23
15 Kalyari 21 22
16 Jenoa 21 20
17 Fiorentina 21 17
18 Lechche 21 17
19 Verona 21 14
20 Piza 22 14

O'tgan o'yinlar.

22-тур Inter 6-2 Piza

Navbatdagi o'yinlar.

24/01/26 Komo - Torino
24/01/26 Fiorentina - Kalyari
25/01/26 Lechche - Lasio
25/01/26 Sassuolo - Cremonese
25/01/26 Atalanta - Parma
25/01/26 Jenoa - Bolonya
25/01/26 Yuventus - Napoli
26/01/26 Roma - Milan
27/01/26 Verona - Udineze

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bilmayin bosdim qadam...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ba’zan hayotda shunaqa voqealar bo‘ladiki, ularga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qolasiz. Masalan, «Real» himoyasining asosiy qo‘rg‘onlaridan biri bo‘lgan Marseloning futbolga aloqasi yo‘q sababga ko‘ra muhim uchrashuvda maydonga tusha olmagani madridliklar uchun juda qimmatga tushdi. Ispaniya fuqaroligini qabul qilgan braziliyalik futbolchi Yevropa davlatida bo‘lib o‘tgan saylovda nazoratchi maqomida ishtirok etdi va «Qirollik klubi»ning YECHL final yo‘llanmasi taqdirini hal qiladigan o‘ta muhim bellashuvda ishtirok eta olmadi. Natijada klublar miqyosidagi super nufuzli sovrin 2 ingliz jamoasidan biriga nasib etadigan bo‘ldi. Mana shu voqea yashil maydondagi o‘zaro to‘qnashuvlarda emas, balki qandaydir g‘ayritabiiy vaziyatlar oqibatida uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan o‘yinchilar sarguzashtlarini yodga olishimizga turtki bo‘ldi.

Marhamat, tanishing.

2001 yil. Rio Ferdinand va kofe qaynatgich

«Lids»dalik davrida Rio yosh va ozg‘ingina yigitcha va xuddi asrimizning dastlabki yillarida dunyoga kelgan tengqurlari kabi videoo‘yinlarga ruju qo‘ygandi. U boshqaruv tugmachasini ushlagan holda televizor qarshisida shu qadar ko‘p o‘tirar va berilib o‘ynardiki, bir gal oyoqlari kofe kaynatgich moslamasi ustida ekanligini unutib qo‘ygandi. Divan yoniga qo‘yilgan telefon jiringidan hushyor tortgan himoyachi o‘tirgan joyida go‘shakni ko‘tarish maqsadida qo‘lini cho‘zdi va tizzasida kuchli og‘riqni his etdi. E’tiborsizlik oqibatida oyoq paylari cho‘zilib qolgan Ferdinand bir necha hafta maydonga tusha olmadi.

Videoo‘yinlarga berilib ketish noxush oqibatlarga olib kelishiga Alessandro Nesta ham misol bo‘la oladi. Soatlab boshqaruv tugmachasidan qo‘lini uzmagan futbol afsonasi barmog‘ini shikastlab olgandi. Ammo Rio  yotgan joyida jarohat olish bilan barcha kasbdoshlarini «changida» qoldirib ketdi.

Futbolchilar orasida itlar qo‘shilgan aravada sayrga chiqqanliklari oqibatida bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lganlari ham yo‘q emas. Devid Betti qizining 3 g‘ildirakli velosipediga qoqilib ketishi natijasida safdan chiqqandi. Biroq Rio uni ham ortda qoldirdi. O‘z vaqtida uning ukasi Anton ham buvisidan xabar olib kelishini bahona qilib, uchrashuvdan ozod etilgan, aslida esa tunni mayxo‘rlik bilan o‘tkazgandi.

Darius Vassel va elektr parma

Shunchaki, oddiy o‘yinchi emas, kimsan Angliya terma jamoasining yetuk hujumchisi endigina 22 marta maydonga tushgan paytida oyoq panjasiga chipqon chiqqanligini ko‘rib qoldi va shifokorga murojaat qilish o‘rniga bunaqangi arzimas yaraga tibbiyotni ovora qilish erkakning ishi emas, degan qarorga keldi. Ya’ni, qo‘liga elektr parmani olib, ishga kirishdi. Ammo jarrohlikni o‘rinlata olmadi , chipqonni teshish o‘rniga tirnog‘iga shikast yetkazdi. Boz ustiga, parmani dezinfeksiya qilishni unutgani bois, yaraga mikrob kirishiga imkon yaratdi. O‘sha paytda «Doktor Xaus» seriali yaratilmagan bo‘lsada, Darius o‘ta noshud mijoz rolini yuksak mahorat bilan ado etgandi. «Jarrohlik operasiyasi» 1 oylik majburiy tatil bilan «mukofotlandi».

2004 yil. Muhammad Sissoko va uydirma o‘yin

Rafael Benitesning «Valensiya»si havas qilishga arziydigan jamoa edi , La,Ligada g‘olib chiqib, yoniga UYEFA Kubogini qo‘shib qo‘ygandi. Shundan keyin Rafael Liverpulga yo‘l oldi, keyinchalik uning ortidan suyukli shogirdlaridan biri, «Barselona» yulduzi Seydu Keytaning xolavachchasi ham «Tumanli o‘lka»ga ko‘chib o‘tdi. Fransiyada tavallud topgan Mali terma jamoasining yarim himoyachisi murabbiy tanlagan har qanday pozisiyada, hatto chap qanot himoyasida o‘ynashga ham tayyor edi. «Liverpul»dan keyin, ayniqsa, «Yuventus»dagi jarohati tufayli saviyasi pasayib ketgan bo‘lsada, 2004 yilda u eng yorqin cho‘qqiga ko‘tarilgandi. Ayni o‘sha pallada Muhammad Mali - Keniya uchrashuviga yo‘l oldi. Biroq bu uchrashuv Sissoko tomonidan o‘ylab topilgan uydirma o‘yin edi. Futbolchi 2004 yilning fevralida chindan ham Afrika Kubogi turniriga jo‘nab ketdi. Lekin avvalroq yolg‘on ishlatib, ta’til olishga erishgandi. Muhammadni kechirish mumkin, o‘shanda u 19 yoshda edi. Ammo 2021 yilda bunaqa fokuslar o‘tmaydi.

2007 yil. Stiven Ayrlend va «buvisining vafoti»

O‘z vaqtida «Man.Siti»ning irlandiyalik Fodeni bo‘lgan iqtidorli xavbekni ingliz futbolining fanatlari yaxshi eslaydilar. 2007 yilning sentyabrida Stivenni Yevro,2008 saralashi doirasidagi muhim bellashuvga chaqirishgandi. Uning nomdoshi bo‘lmish bosh murabbiy Stiv Stonton futbolchining mahoratiga umid bog‘lagan bo‘lsada, uchrashuvdan ozod etishga majbur bo‘lgandi. Boisi, Ayrlendning buvisi qazo qilgani haqida xabar olgandi. Lekin tez orada matbuot vakillari Stivenning ikkala buvisi ham sog‘,salomat ekanliklari, o‘lim xabarini yangiliklar dasturidan eshitib, hayron bo‘lishganini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshida ota bo‘lishga ulgurgan futbolchi bir ayolga elakishib qolgan va shu bahonani o‘ylab topgan ekan. Shundan keyin Ayrlendning faoliyati tanazzulga yuz tutdi, terma jamoaga chaqirmay qo‘yishdi, yangi «Siti»da ham joy topilmadi.

2012 yil. Ever Banega va unutilgan qo‘l tormozi

Avvaliga sira ishi qovushmagan, keyinchalik «Sevilya» bilan 3 marta YELda g‘alaba nashidasini surgan argentinalik omadsiz futbolchi ham o‘z faoliyatida juda ko‘p bema’ni va achinarli shikastlanishlarni boshdan kechirgandi. Ammo uning o‘z avtosi bilan bog‘liq jarohati hammasidan o‘tib tushdi. Los,Anjelesdagi YTHdan 4 yil avval Banega Valensiyadagi yonilg‘i quyish shoxobchasida avtomashinaning qo‘l tormozidan foydalanishni unutib qo‘ygandi. Oqibatda «toychoq« pastda turgan sohibining oyog‘ini bosib ketdi.

2013 yil. Filipp Mekses va solyariy

Aslida kishilarga quyosh vannalaridan foydalanishdan avval dermatolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biroq nafaqat millionlab ayollar, balki erkaklar ham badanlarini saxiy quyosh nurida toblashni yoqtiradilar. O‘z vaqtida «Milan» sharafini himoya qilgan Filipp Mekses «Seltik»ka qarshi YECHL uchrashuvi arafasida quyosh vannasini qabul qilish oqibatida ko‘rish qobiliyati pasayib ketdi. Shifokorlar futbolchining ko‘z pardasi ortida suv to‘planib qolganligini aniqladilar. Shu tariqa Mekses ma’lum muddatga maydonga tusha olmay qoldi.

2013 yil. Shinji Kagava va ortiqcha ovqatlanish

Britaniya pazandachiligi mazali taomlari bilan dong taratgan. Lekin «MYU»da «Borussiya,D» dagi o‘yinlarini namoyish eta olmagan Kagavada Manchesterdan o‘zi odatlangan yapon taomlarini topish imkoniyati yo‘q emasdi. U esa noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida oshqozoni og‘rib qolib, «Old Trafford»dagi «Nyukasl»ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jamoa esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

2017 yil. Marko Asensio va chipqon

Ko‘pchilik futbolchilar oyoqlaridagi tuklarini qirib yurishga odatlanishgan. Shifokorlar uchun bu qulaylik yaratadi , yaralarni davolash va uqalash jarayoni osonlashadi. Lekin bu odatning tibbiyotga aloqador bo‘lmagan jihatlari ham yo‘q emas. Masalan, tuksiz oyoqlar , Neymar uslubining bir qismi, Ronaldu reklamada suratga tushish maqsadida badanidagi mo‘ylarini yo‘qotadi. Ammo Marko tuklardan forig‘ bo‘lish jarayonida virusni yuqtirib oldi va oyog‘iga chipqon chiqdi. Natijada getr taqishning iloji bo‘lmay qolgani tufayli YECHL uchrashuvida maydonga tusha olmadi.

2020 yil. Artyom Dzyuba va o‘g‘irlangan video

RFIning bu voqeaga nisbatan munosabati o‘rinlimi? Pandemiya tufayli Cherchesov futbolga aloqador bo‘lmagan har qanaqa gap-so‘zlarni bir chetga surib qo‘yishi mumkin edi. Jumladan, u o‘g‘irlab ketilgan video xususidagi savolga o‘ta qisqa javob qaytardi: «Menga tegishli ish emas, izohga hojat yo‘q« Mazkur xulosa Istanbul va Belgraddagi natijalardan kelib chiqqanligi tushunarli. Biroq RFI va «Zenit» vakillari ajabtovur pozisiyaga o‘tib olishdi. Xususiy mol,mulki xavfsizligini ta’minlay olmagani uchun Zyuba dakki berib, zaharxanda so‘zlar bilan «chaqib» olishlari adolatli bo‘lardi. Ammo futbolda kamdan,kam uchraydigan hodisa sababli o‘yinlardan chetlatilishini tushunish qiyin.

2021 yil. Marselo va Madriddagi saylovlar

Peres ma’muriy zaxiralaridan foydalanishga urinib ko‘radimi? Eslatib o‘tamiz, Florentino bobo nafaqat «Real» prezidenti, balki qurilish biznesining taniqli amaldorlari bilan apoq,chapoq bo‘lgan milliarder. Marseloni saylov nazoratchilari ro‘yxatidan chiqarish uchun ularga mavsumiy abonementlarni sovg‘a qilishdan naf yo‘q , hozir uchrashuvlar muxlislar tashrifisiz o‘tkazilmoqda. Bundan 10 yil muqaddam Ispaniya pasportini olgan himoyachi 4, may sanasiga belgilangan Madrid Assambleyasi saylovlarida ishtirok etishi shart. Ertasiga bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi YECHL yarim finalining javob uchrashuviga yetib borishning iloji bo‘lmadi. Karantin holati bo‘lmaganida, Marselo Londonga Peresning xususiy samolyotida yetib borishi mumkin edi. Xullas, Marselosiz safarga otlangan «qirollik klubi» Angliya poytaxtidan o‘zi uchun mag‘lubiyatga teng bo‘lgan chinakam nursiz durang bilan qaytdi.

SODIQ SOBIR tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 30.05.2021. O'qildi: 7642 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 12
2 Комо Niko Pas 8
3 Милан Kristian Pulishich 8
4 Ювентус Kenan Yildiz 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Милан Rafael Leau 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Интер Xakan Chalxanoglu 7
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Болонья Santyago Kastro 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.