Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

10 iyun qahramonlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Deyarli bir asr oldin, aniqrog‘i 1927 yilning 10 iyunida dunyo futbolining tamaddunini qo‘ygan iqtidorli yulduzlaridan biri – Ladislao Kubala tug‘ilgan edi. 2002 yili Barselona shahrida vafot topgan Kubala faoliyati davomida katta natijalar qayd etib, o‘ziga xos tarix yozgan shaxslardan. Kubala Budapeshtda tug‘ilgan, tabiiyki Vengriya terma jamoasida o‘ynagan, shuningdek u paytlar boshqa yurt libosida ham o‘ynash imkoniyati bo‘lganidan Ispaniya va Chexoslavakiya futbolchisi ham hisoblanadi. Klublari – "Ferensvarosh"," Bratislava", "Vashash" va "Barselona". Neki sovrinlari va darajasi bo‘lsa, oxirgi klubida topganini kataloniya klubi muxlislari yaxshi bilishadi. Chunki "Barselona"ning ramziy terma jamoasi tuzilganida ham Kubala nomi doimo yangrab keladi. Superuzatmalar egasi, ajoyib dribling ustasi, golni his etish qobiliyati va asosiy quroli – jarima zarbalaridan unumli foydalanishi hisobiga uzoq yillar "Barsa"ning yetakchisi bo‘lib keldi. 1999 yili jamoaning yuz yilligi nishonlangani munosabati bilan o‘tkazilgan so‘rovda "Barselona"ning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritgan ham Ladislao Kubala bo‘ladi.

Nafaqat futbolchiligida, balki murabbiyligida ham Kubala o‘z faoliyatini ko‘k-anorranglilarga bog‘lagan. Ikki marta "Barsa"ni, bir marta Ispaniya terma jamoasini boshqargan. Xullas, klubdan-da yuqori turadigan jamoa qadriyatlari poydevori aynan shu insonlar ustiga qurilganini anglab yetdingiz.

###

Kubalaning buyukligi murabbiyligi bilan emas, asosan futbolchiligi bilan. Lekin ushbu sanada tavallud topgan yana bir iqtidorli shaxs Karlo Anchelotti futbolchiligidan ko‘ra murabbiylik sohasida dong taratgan. Vaholanki, 1959 yili tug‘ilgan italiyalik daho maydonda ham yomon emasdi. Yarim himoyachi bo‘lib o‘ynagan. "Parma"da porlab so‘ng "Roma" safiga kelib qo‘shilgan va mamlakat chempioni bo‘lgan. "Milan"da bu natijaga ikki marta erishgan. Italiya terma jamoasi bilan 1988 yilgi Yevroda va ikki yildan so‘ng Italiyada o‘tgan mundialda bronza medal egasiga aylangan. Istalgan futbolchi uchun bu natijalar zo‘r hisoblanadi. Ammo murabbiy bo‘lgach, Anchelotti futbolni o‘zgartirib yubordi. Chempionlik cho‘t bo‘lmay qoldi unga.

"Milan" bilan ikki marta YECHL kubogini boshi uzra ko‘tardi, 2004 yili Apennin yarim orolini-da zabt etdi. "Chelsi"ni APLda g‘olib qildi 2009 yili, PSJga borib parijliklarning qo‘rqinchli hukmronligini boshlab berdi – 2013 yil, "Real"ni Ispaniya chempioni qila olmagandir, ammo o‘n ikki yildan beri orziqib kutilgan desimoni qo‘lga kiritib bergani muzaffariyat hisoblanadi. "Real" o‘sha YECHLni yenggach, o‘ziga bo‘lgan ishonchni paydo qildi va davomidan uch marta shohsupaga ko‘tarildi. Barisida Karlo ota xizmati yotadi, deb tan olgan barcha futbolchilar.
"Bavariya"ga birrovga borib o‘sha mamlakatning ham chempioni bo‘lib qaytdi.

"Napoli"dagi o‘xshamagan mavsumdan so‘ng" Everton"da faoliyat olib bordi u. Quyoshi botgandek ko‘ringan italiyalik mutaxassis hali yana nedir so‘zlari borligini aytsa kerak deb turibmiz. Chunki u... yana "Real" da. Yana. Boshqacha murabbiy baribir Anchelotti.

Xayrulla Hamidov

Manba: t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 14:54, 10.06.2021. O'qildi: 4969 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик