Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Reyting: Murabbiylar transferidan gaplashamiz...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xans-Diter Flikning Germaniya terma jamoasini boshqarish xohishi «Bavariya» rahbariyatini keyingi mavsum uchun yangi murabbiy izlashga majbur qildi va Myunxen grandi yakunda Yulian Nagelsmann nomzodini tanladi. Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning ma’lumotiga ko‘ra, bavariyaliklar istiqbolli yosh murabbiy uchun «RB Leypsig» klubiga 25 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashadi (turli bonuslarsiz). Xullas, Nagelsmann shu tariqa futbol tarixida transferi eng baland summaga baholangan murabbiyga aylandi. Football.ua sayti shu fakt o‘laroq, jahon futboliga nazar solib, murabbiylarning tovon puli miqdori bo‘yicha alohida reyting tuzib chiqdi.

10. Maurisio SARRI (2019 yili «Chelsi»dan «Yuventus»ga 5,5 million yevro evaziga)

Tumanli o‘lkada birinchi mavsumni nisbatan muvaffaqiyatli o‘tkazgan italiyalik mutaxassis tez orada yurtiga qaytishni xohlab qoldi. «Yuventus» rahbariyati bu vaqtda klub bilan shunchaki, xayrlashgan Massimiliano Allegriga o‘rinbosar qidirayotgandi. «Keksa sinyora» bunda Allegri davrida kuzatilgan pragmatik futboldan biroz chekinishni o‘yladi va yorqin-hujumkor o‘yin ko‘rish niyatida Sarriga murojaat qildi. Yangi murabbiydan Turinda mashhur «sarribol» usulini namoyish qilish talab etildi, ammo unga falsafasini qo‘llash uchun yetarli vaqt berilmadi. CHLning ilk «pley-off» bosqichidayoq «Lion» to‘sig‘idan o‘tolmaslik esa, rahbariyat sabr kosasini to‘ldirdi va transferi 5,5 «limon»ga tushgan Sarriga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.

9. Ronald KUMAN (2016 yili «Sautgempton»dan «Everton»ga 6 million yevro evaziga)

«Everton» rahbariyati oxirgi 10 yillikning o‘rtalariga kelib, «Gudison Park»da umidvor lo­yiha asosida ish boshladi. Liverpuliklar avvalo, «Sautgempton»da chiroyli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan murabbiy Ronald Kumanni o‘z tomonlariga og‘dirishdi, biroq bu tanlov o‘zini oqlamadi. Vaholanki, «Everton» yangi murabbiy talabi bilan mavsum-2017|2018 oldidan transferlarga 200 million yevrodan ko‘p mablag‘ ajratdi. Shuncha xarajat oxir-oqibat, havoga uchdi. Ha, jamoa niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida YELga chiqish imkonini beruvchi 7-o‘rinni egalladi. 2017 yilning kuzida esa «irislar» «Arsenal»ga 2:5 hisobida yutqazishgach, Kumanning o‘zi ishdan ketishini aytdi. Gap shundaki, yangi mavsumni o‘ta omadsiz boshlagan «Everton» bu vaqtda turnir jadvalining 18-qatoriga tushib qolgandi. Qolaversa, jamoa YELda ham hech qanday karomat ko‘rsatolmadi.

8. Mark XYUZ (2008 yili «Blekbern»dan «Manchester Siti»ga 6,2 million yevro evaziga)

Mark Xyuz «Manchester Siti»da klub Abu Dhabi United Group tasarrufiga o‘tishidan biroz oldin ish boshladi. «Shaharliklar» «Blekbern»ning sobiq ustozi davrida Vinsent Kompani, Jo Xart, Pablo Sabaleta va Robinyoni sotib olishdi. Jamoa qishda va keyingi yozda ham transferlar bozorida faol ishladi - Nayjel de Yong, Garet Barri, Kolo Ture, Karlos Teves... Shunday ajoyib xaridlarga qaramay, Xyuz natija berolmadi - mavsum-2008|2009da atigi 10-o‘rin va YEL chorak finalida «Gamburg»dan mag‘lubiyat. 2009 yilning dekabr oyida esa «Siti» APL turnir jadvalida 6-pog‘onani egallab turgandi. Ayni shu pallada arablar Xyuzni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Roberto Manchinini taklif qilishdi.

7. Brendan ROJERS (2012 yili «Suonsi»dan «Liverpul»ga 6,2 million yevro evaziga)

«Liverpul» 2012 yilning yozida kamtarin «Suonsi» bilan yaxshi natijalar qayd etgan umidli mutaxassis bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Rojers o‘shanda «oqqushlar»ni APLga olib chiqib, debyut mavsumidayoq 11-o‘rinni ta’minlagandi. Biroq Kenni Dalglish o‘rnini egallagan Shimoliy Irlandiya faxri birinchi urinishda «Suonsi»dagidek muvaffaqiyatli ishlolmadi - «qizillar» atigi 7-o‘rin bilan cheklanishdi. Rojers keyingi yili «Enfild»ga uzoq kutilgan chempionlik kubogini olib kelishi hech gap emasdi, faqat finish marrasiga yaqin qimmatli ochkolarning boy berilgani qimmatga tushdi. Keyinchalik natijalar pasayib bordi va «Liverpul» Rojersni Yurgen Klopp bilan almashtirdi.

6. Adi XYUTTER («Ayntraxt»dan Menxengladbax «Borussiya»siga 7,5 million yevro evaziga, kelishuv yozda amalga oshiriladi)

Bundesligadagi murabbiylar aylanmasining yana bir qahramoni - «Ayntraxt» ustozi Adi Xyutter. Avstriyalik mutaxassis Frankfurtda chindan ham, yaxshigina jamoa tuzdi. Deylik, «Ayntraxt» mavsum-2018|2019da YEL yarim finaliga chiqib, «Chelsi»ga faqat penaltilar seriyasida yutqazdi. Xyutter jamoasi yakunlangan mavsum ham chakki ko‘rinmadi, uzoq vaqt CHL yo‘llanmasiga da’vo qildi. Endi Adi o‘z falsafasini Menxengladbaxda davom ettiradi. «Borussiya» rahbariyati unga moliyaviy kafolat berdi, klub ham uning yanada o‘sishi uchun munosib joy...

5. Ruben AMORIM (2020 yili «Braga»dan «Sporting»ga 7,5 million yevro evaziga)

Vaqtida «Braga» va «Benfika»dagi o‘yinlari bilan tanilgan sobiq yarim himoyachi murabbiylikda tezda martaba topdi. Qarang, Ruben Amorim boshqaruvidagi «Sporting» Portugaliya milliy chempio­natida atigi 1 marta mag‘lubiyatga uchradi va 18 yillik tanaffusdan keyin yana «oltin» yutdi. Ha, «sherlar» 2001|2002 yillar mavsumidan buyon mahalliy ligani bo‘ysindirolmayotgandilar. Shubha yo‘q, Amorim bunday o‘sish dinamikasi bilan hali yanada ko‘tarilish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

4. Brendan ROJERS (2019 yili «Seltik»dan «Lester»ga 10,44 million yevro evaziga)

«Tulkilar» hozirgi yutuqlar uchun Brendan Rojersdan qarzdorlar. Lekin e’tiborga olish kerak, klub rahbariyati bu murabbiy uchun «Seltik»ka deyarli 10,5 million yevro to‘lagandi. Shimoliy irlandiyalik mutaxassis «Lester»ni barqaror rivojlantirmoqda, to‘g‘ri, jamoa bu mavsum CHL yo‘llanmasidan alamli tarzda quruq qoldi. Qo‘lga kiritilgan Angliya kubogini esa ushbu omadsizlik uchun kompensasiya sifatida ko‘rsatish mumkin.

3. Andre VILLASH-BOASH (2011 yili «Portu»dan «Chelsi»ga 15 million yevro evaziga)

Joze Mourinyoning «merosxo‘ri» «Portu» bilan Portugaliya ligasi va kubogi hamda YELda g‘alabaga burkanish ortidan «Stemford Brij»ga yo‘llanma oldi. Biroq «Portu» - «Chelsi» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanish bilan ikki murabbiy o‘rtasidagi o‘xshashlik tugadi. Villash-Boash hattoki, 2011|2012 yillar mavsumini ham oxiriga yetkazolmadi, «aristokratlar» turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turgan pallada CHL 1|8 finali birinchi o‘yinida «Napoli»ga 1:3 hisobida yutqazishdi. Oqibatda portugaliyalik o‘rnida shoshilinch ravishda ish boshlagan Roberto di Matteo qandaydir sehrli tarzda muvaffaqiyat gudogini chaldi.

2. Joze MOURINYO (2010 yili «Inter»dan «Real»ga 16 million yevro evaziga)

«Benazir»ning «San Siro»dan «Santyago Barnabeu»ga ko‘chib o‘tishini «Qirollik klubi» vakillariyu, muxlislari katta sabrsizlik bilan kutishdi. Rejaga muvofiq, portugaliyalik chinakam chempion jamoa tuzishi kerak edi. Buning uchun La Ligada dahshatli «Barcelona» gegemoniyasiga barham berish va eng muhimi, CHLda orzu qilingan «desima»ni rasmiylashtirish talab etilardi. Joze 2011|2012 yillar mavsumida ichki «oltin»ni ajoyib tarzda qo‘lga kiritib, ushbu rejaning birinchi qismini bajardi, ammo CHL bilan bog‘liq vazifa qolib ketdi. Ha, Mourinyo «Real»ni uzoq tanaffusdan keyin asosiy yevrokubok yarim finaliga olib chiqdi, yana qatorasiga 3 marta. Ammo Madridda undan yanada ko‘prog‘ini kutishgandi.

1. Yulian NAGELSMANN («RB Leypsig»dan «Bavariya»ga 25 million yevro evaziga,

kelishuv yozda amalga oshiriladi)

Yulian Nagelsmann yaqin orada Saksoniyadan Bavariya o‘lkasiga yo‘l oladi. Kelishuv juda qiziq. Myunxen klubi bu bilan bosh murabbiy masalasini uzoq muddatga yopishni ko‘zlagani tayin. Har holda, Yulian juda yosh va istiqbolli. Demak, u uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘ziga sarflangan mablag‘ni oqlashi mumkin.

D.ALIMOV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 11.06.2021. O'qildi: 5879 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.