Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omadi kelgan "kanonirlar"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Arsenal" har doim ham transfer bozorida faol bo‘lavermaydi. Odatda "to‘pchilar" jamoasi ancha vaqt o‘z o‘yini bilan muxlislar qalbidan joy olgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashni yaxshi ko‘rishadi. "Kanonirlar" ko‘plab futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakaat qilishadi, lekin ularning barchasini ham Londonga olib kelish nasib etmagan. Ammo, agar inglizlarga haqiqatan ham u yoki bu futbolchi kerak bo‘lsa, ular pul yoki kuchlarini ayamaydilar. Keling, ushbu futbolchilar haqida endi batafsilroq gaplashamiz. "Arsenal"ning tarixdagi eng qimmat 10 ta transferini sizlarga taqdim etamiz.

Vilyam Saliba (27 million yevro)

"Sent-Etyen" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Vilyam 2019 yilning yozida "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi. Ertasi kuni futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandan so‘ng, to‘pchilar uni ijaraga yan "Sent-Etyen"ga qaytarib yubordi. Nihoyat, Fransiyadan qaytib kelgan 20 yoshli markaziy himoyachi hali o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Shu kungacha Saliba "Arsenal"ning asosiy jamoasi tarkibida bironta ham o‘yin o‘tkazmagan. Bundan tashqari, futbolchi hatto Yevropa Ligasi arizasiga kiritilmagan edi. Shunga qaramay, "kanonirlar" hali fransuzni sotish haqida o‘ylamayapti. Mikel Arteta yosh himoyachining tarkibda joy olish uchun hali ham kurash olib borishiga umid qilmoqda. Qishki transferlar paytida "Arsenal" futbolchini yana ijaraga berib yuborishga qaror qildi. Hozirgi kunda Vilyam Fransiyaning "Nissa" jamoasida to‘p surmoqda.

Genrix Mxitaryan (30,6 million yevro)

"Manchester Yunayted"dagi faoliyati davri Mxitaran uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Shu sababli, 2018 yilning yanvarida futbolchi "Arsenal"ga o‘tdi. Ammo Londonda Genrix uzoq vaqt davomida o‘z o‘rnini topa olmadi. "Kanonirlar" safida o‘tkazgan 1,5 mavsumning hammasi arman faqat rotasion futbolchi bo‘lgan. 2019/20 yilgi mavsumda yarim himoyachi juda yomon harakat qilgan, shuning uchun to‘pchilar uni "Roma"ga ijaraga berishdi. U yerda futbolchida yaxshi mavsumni o‘tkazdi va 22 uchrashuvda 9 gol urishni uddaladi. Keyingi mavsumda klublar vakillari Mxitarian transferi bo‘yicha uzoq va og‘ir muzokaralarni olib borishdi. Natijada, "Arsenal" yarim himoyachisini Rim klubiga qo‘yib yubordi.


Shkodran Mustafi (36,9 million yevro)

Mustafi 2016 yilning yozida "Valensiya"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Jahon chempioni uchun Londonga ko‘chib o‘tish istiqbolli tuyuldi. Nemis haqiqatan ham Angliyada faoliyatining yaxshi segmentini o‘tkazdi. Mustafi har doim Premer-liganing deyarli barcha o‘yinlarida maydonga tushar va har bir mavsumda o‘rtacha 25dan ortiq o‘yinlar o‘tkazga. Ammo Mikel Artetaning kelishi bilan himoyachi tobora kam maydonga tusha boshladi. Ushbu yil Mustafining "Arsenal"dagi so‘nggi mavsumi edi. Sababi qishki transferlar mavsumida London jamoasi futbolchini vatani jamoasi "Shalke" klubiga sotib yubordi. Shkodran hozirda Germaniya jamoasi safida ham ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda.

Aleksis Sanches ( 38,2 million)

2015 yil iyul oyida Aleksis bilan shartnoma imzolanishi "Arsenal" uchun katta muvaffaqiyat bo‘ldi. Sanches "Barselona"ni eng yuqori cho‘qqisida turgan payt tark etdi. Chililik futbolchi "Arsenal" safida darhol ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishni boshladi. Birinchi mavsumning o‘zidan Sanches Premer-ligada 30dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. 2018 yilgacha "kononirlar" sharafini himoya qilgan. Shu mavsumlar davomida, 122 uchrashuvda maydonga tushib, 60 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2018 yilda chililik kuboklar uchun mavsum o‘rtalarida Manchester shahriga bordi. Hujumchi "Manchester Yunayted"da yaxshi davrlarni o‘tkazmagan, shuning uchun 2020 yil Italiyaning "Inter" jamoasi safiga qo‘shilgan.

Jaka Granit (40,5 million)

Jaka "Arsenal"ga 2016 yilning yozida Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasidan ko‘chib o‘tdi va u yerda 4 mavsumni o‘tkazdi. "Arsenal"da yarim himoyachi deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushar va shularning barchasida ajoyib o‘yin namoyish etardi. Shveysariyalik futbolchi hattoki London klubida sardorlik bog‘ichi bilan ham harakat qilgan, ammo biroz vaqt muxlislar bilan bo‘lgan mojaro tufayli futbolchining o‘yinida ozroq pasayish kuzatilgan. Jaka Arsen Venger va Unai Emeri qo‘l ostida yetarlicha vaqt o‘ynadi. Arteta ham uni asosiy tarkibda maydonga tushuradi. 2018 yilda yarim himoyachi London klubi bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi. Shveysariyalik Londonda xuddi o‘z vatanida yurgandek tasavvur qiladi. Ehtimol, bir-ikki yil ichida tomonlar yana kelishuvni yangilaydilar. Hozir Jaka 29 yoshda. Demak, hali yana kamida 5 mavsum ajoyib formada o‘ynab bera oladi.

Mesut O‘zil (42,3 million yevro)

O‘zil, ehtimol, "Arsenal"ning Sanchesdan keyingi ikkinchi nomdorroq futbolchisi bo‘lgandir. Nemis London klubiga chililik futbolchidan 2 yil oldin kelgan. Bungacha Mesut "Real" safida 3 ta ajoyib mavsumni o‘tkazgan. "Qaymoqranglilar" bunday pas berishni yoqqtiradigan futbolchini "Arsenal"ga sotib yuborganidan, Krishtianu Ronaldu yutqazgan. "To‘pchilar" safida O‘zil ham yaxshi mavsumlarni o‘tkazdi. Nemis uchun eng yaxshisi 2015/16 yilgi yillarda bo‘lib, u Premer-liganing 35 o‘yinida 19 golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab yarim himoyachining o‘yini yomonlasha boshladi. Shundan keyin "kononirlar" futbolchini sotib yuborishga qaror qilishdi. Joriy yilning qishki transferlar paytida, Mesut Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi safiga borib qo‘shildi.

Tomas Partey (45 million yevro)

Partey "Arsenal"ning eng yangi transferi. "Kanonirlar" yarim himoyachining xaridini yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida amalga oshirdi. Shu sababli ularning "Atletiko" bilan munosabatlari yomonlashdi. "Matraschilar" Diyego Simeoneni g‘azablantirgan futbolchiga o‘rinbosar topolmadi. Ammo Arteta bundan mamnun edi. Mutaxassis uzoq vaqtdan beri o‘z jamoasiga Ganalik futbolchini jalb qilishni xohlagan. Murabbiy xato qilganmi yoki yo‘qmi, buni aytishga hali erta. Chunki dastlabki mavsumni o‘zidan fikr bildirish qiyin. Ammo, hozirgacha APL doirasida o‘tkazgan o‘yinlaridan kelib chiqsak, futbolchi yaxshi harakat qilmoqda. Nazariy jihatdan ushbu transfer muvaffaqiyatli bo‘lishi kerak, chunki Arteta yarim himoyachini deyarli "Arsenal"da yangi ish boshlagan davridanoq sotib olmoqchi edi.

Aleksandr Lyakazett (47,7 million yevro)

Lyakazett va "Arsenal" o‘rtasidagi shartnoma 2017 yilning iyulida imzolangan edi. "Lion" tarbiyalanuvchisi vatandoshi Venger qo‘l ostida o‘ynash maqsadida ushbu taklifni qabul qilgan. Ammo keyinchalik, Arsen Venger jamoadan ketdi, lekin Aleksander ketmadi. Fransuz futbolchisi "to‘pchilar"da Unai Emeri, yoki hozirda ham ishlayotgan Arteta davrida ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda, shuningdek deyarli har uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Oldingi uch mavsumning har birida hujumchi faqat Premer-ligada 10 va undan ortiq gol urgan. Lyakazett o‘z ishini iloji boricha ortig‘i bilan bajarishga harakat qiladi. Mavsum davomida "Arsenal" fransuzni sotishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga sabab esa, murabbiy va futbolchi o‘rtasida yuz bergan kelishmovchilik edi. Aftidan, tomonlar tushunmovchiliklarni bartaraf etishdi va birgalikda ishlashda davom etishmoqda. Lyakazett APLning ushbu mavsumida 31 uchrashuvda, 13 gol urishni uddalagan va o‘zi haqidagi mish-mishlarga yakun yasagan.

Pyer-Emerik Obameyang (57,4 million yevro)

Obameyang "Arsenal"ga 2018 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan. Gabonlik futbolchi "Borussiya Dortmund" safida besh yil o‘ynagandan so‘ng "kanonirlar" safiga o‘tishga qaror qildi. Futbolchi tezda yangi chempionatga moslashib ketdi. Deyarli har mavsumda hujumchi APLda gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylanadi. Joriy mavsum boshida Obameyang "kanonirlar" bilan shartnomasini 2023 yil iyungacha uzaytirdi. Gabonlik uzoq vaqt davomida yangi shartnoma haqida o‘yladi, Lekin hech qaysi jamoa taklifi, Londonnikidan yaxshiroq sharoit qilib bera olmasdi. "Arsenal" da futbolchiga hamma narsa berildi: universal e’tirof, sardorlik bog‘ichi va eng ko‘p maosh oladigan futbolchi maqomi. Bunday sharoitga ega bo‘lgan holda, 31 yoshda biron bir joyga ketishning ma’nosi yo‘q edi.


Nikolas Pepe (72 million yevro)

Venger ketganidan keyin "Arsenal" fransuz klublaridan futbolchi sotib olishni to‘xtatmadi. Shunday qilib, 2019 yil avgust oyida "kanonirlar" "Lill" vinger transferini rasmiylashtirdi va bu klub tarixida hali ham rekord bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ushbu transfer "to‘pchilar" uchun ham omadsizlardan biriga aylanishi mumkin. "Lill"dagi so‘nggi mavsumida Pepe g‘ayrioddiy edi: u Liga 1-ning 38 o‘yinida 22 ta gol urgan va 14 ta golli pas bergan.O‘tgan mavsumda Kot-dIvuarlik futbolchi APLning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan. Amaldagi yakunlangan mavsumida nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. 29 uchrashuv, 10 gol. Hozircha "Arsenal" tarixidagi eng qimmat futbolchi umidlarni oqlamadi. Ammo da unga bekorga ishonmaganliklarini isbotlashga hali vaqt bor.

Kiritildi: 17:16, 26.06.2021. O'qildi: 3455 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик