Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol olamidagi daxshatli super to‘qnashuvlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqin kunlarda futbol olamida terma jamoalar o‘rtasidagi qit’a chempionatlari tugab, mamlakat ichki chempionatlariga start beriladi. Shu munosabat bilan biz sizlarga ichki chempionatlardagi eng markaziy qarama-qarshiliklar haqida suhbatlashmoqchimiz. 

10. Superklasciko

Superklasiko - Argentinaning ikki jamoasi «Boka Xuniors» va «River Pleyt» o‘rtasidagi eng ajoyib va eng katta derbis. Ikki raqib jamoaning muxlislari o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlashlari bilan mashhur bo‘lgan. Ko‘pincha bu super to‘qnashuvlar, muxlislar o‘rtasidagi urush-janjal bilan ham yakunlanadi. Ba’zan bu holatlar, o‘lim bilan ham yakunlangan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo qiziqarli, va gollarga boy bo‘lgan. Tomonlar o‘z tarixida 252 marta bir-biriga qarshi o‘ynashgan bo‘lib, shundan 82 uchrashuvda «River Pleyt» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 89tasida «Boka Xuniors» ustun kelgan.

9. Fransiya El-klassikosi

Fransiya futbolidagi eng qiziqarli va ommabop qarama-qarshilik hisoblanadigan, «PSJ» va «Marsel» jamoalari o‘rtasidagi o‘zining jozibasi bilan, har doim futbol fuxlislari e’tiborida bo‘lib kelgan. Uchrashuv ilk marta Parijning yuqori aholisi va Marseldan kelgan quyi aholilar o‘rtasida kechgan va hammasi shundan boshlanib ketgan. «PSJ» va «Marsel» - to‘qnashuvini nafaqat Fransiyada, balki butun dunyodagi muxlislar ham intizorlik bilan kutishadi. 2017 - yilda parijliklar super yulduz hisoblanadigan, braziliyalik Neymarni transferini e’lon qilgandan so‘ng, bu uchrashuvning qiymati yanada oshganini ta’kidlab o‘tish kerak.

 

8. Turkcha derbi

«Fenerbaxche» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli, ehtiroslarga boy va ba’zan shafqatsizlarcha kechadi. Ikkala jamoa ham bitta shahar klubi hisoblanasada, ammo ular ikki xil mintaqaning vakili bo‘lishadi. «Fenerbaxche» Istanbulning Osiyo tomonida joylashgan bo‘lsa, «Galatasaroy» Yevropa tomonida o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi. Derbi o‘zining muxlislari bilan mashhur bo‘lgan. Ular uchrashuv paytida bir-birini haqorat qilishgacha borishadi, ba’zida bu holat qon to‘kilishi bilan ham yakunlanadi.

 

7. Shotlandcha qarama-qarshilik

«Glazgo derbisi», o‘zing jozibaliligi bilan futbol olamida o‘z dunyo futbol muxlislari e’tiboriga tushgan. Glazko sharining ikki jamoasi «Seltik» va «Reynjers» klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv har doim o‘zining keskinligi bilan ajralib turadi. Shotlandiyaning ikki yirik jamoalari o‘rtasi bu keskin raqobat ancha yillar oldin boshlangan bo‘lib, avvalo, din bilan bog‘liq. Keltlar va katolik kabilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu uchrashuvda mazhablar hayqiriqlari ham tez-tez eshitilib qoladi.

 

6. Nemischa klassiko


Germancha klassiko - «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga shunday nom berilgan. Germaniya mamlakatining eng ajoyib derbisi. Ikki jamoa turli xil geografik hududlarda joylashgan, ammo bu jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rtasidagi yuqori harorat sabab, «nemischa derbi» deb ham atashadi. «Bavariya» Germaniyadagi eng sovrindor jamoa hisoblansada, dortmundliklar unga har doim qarshilik ko‘rsatib kelganligi bilan ham muxlislar tomonidan olqishlanadi. Agar, uchrashuv Myunxenda kechsa, «Allianz Arena» to‘lig‘icha qizil rangga burkanadi, «Signal Iduna Park»dagi o‘yinda esa Dortmund sariq rangga burkanishi bilan ham doimo e’tibor markazida.

 

5. Shimoliy London derbisi


Londonning ikki jamoasi - «Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi o‘yin. Derbining kelib chiqishi «kanonirlar» Janubiy London jamoasi bo‘lgan paytdan boshlangan, ammo keyinchalik «shporlar»ga unga juda yaqin bo‘lgan Shimoliy Londonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. «Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi o‘yinlar har doim kuchli raqobat ostida kechadi, ba’zida jarohatlar ham bo‘lib turadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahsni tomosha har doim muxlislarni hayajonga solib kelgan.

 

4. Angliya shimoliy-g‘arbiy derbisi

Angliyaning bu ikki klubi «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasida kechadigan bu uchrashuv, doimo qiziqarliligi va ehtiroslarga boy bo‘lgan angliyacha super derbi maqomida bo‘ladi. Bu qarama-qarshilikni dunyo bo‘ylab 500 million kishi atrofida tomosha qilishadi. Ushbu  jamoalar o‘z akademiyasidan ko‘plab ajoyib o‘yinchilarni tarbiyalagan va ularning uchrashuvlarini ko‘rish har doim yoqimli bo‘lgan.

3. Madrid derbisi

Derbining nomining o‘zi ancha tosh bosadi. «Real Madrid» raqibiga qaraganda sezilarli ustunlikka ega bo‘lib, 90 marta g‘alaba qozongan, «Atletiko» esa 41ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgan. «Qaymoqranglilar» shubhasiz Ispaniya poytaxtining eng yaxshi jamoasi hisoblanadi, ular Chempionlar Ligasi va La Ligada rekord darajada g‘oliblikka erishgan. Biroq, «matraschilar» oq sochiqni hech qachon ko‘tarishga shoshilmaydi. 2013/2014 - yillarda Ispaniya chempioniga aylandi va shu bilan birga Chempionlar Ligasi finaligacha borishgan. Ammo, finalda ular aynan hamshahri bo‘lgan «Real»dan mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishgan. Joriy yilda ham «qizil oqlar»ning ishlari La Ligada ancha yaxshi, balki ularning davri yana keldimikan?!

2. Milan derbisi

Ushbu derbi Italiya va jahon futbolining ikki gigant jamoasi «Inter» va «Milan» o‘rtasidagi uchrashuv. Odatda «Milan derbisi» nomi bilan tanilgan bu super uchrashuv, raqobatbardoshliligi, maydondagi ishtiyoq va shiddatli kurash ostida kechadi. Ular bitta stadionni ikkiga bo‘lishadi, bu zamonaviy futbolda juda kam uchraydigan holatdir. Dastlab ular bitta jamoa edi, ammo uning siyosatiga rozi bo‘lmagan milanliklarning bir qismi klubni tark etishdi, so‘ngra «Inter»ni tuzishdi. Bir qancha vaqt davomida, ikkala jamoa ham og‘ir kunlarni boshdan kechirishdi, ammo hozirda Italiya taxtiga qaytish arafasida turibdi.

1. El-klassiko


Jahon futbolidagi eng ommabop va eng super qarama-qarshilik, Ispaniyaning ikki gigant jamoasi - «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuvdir. Madrid va Kataloniya jamoalari o‘rtasidagi raqobat tarixiy, siyosiy va ijtimoiy omillarning natijasidir. «Barselona» ko‘p yillar davomida Ispaniyadan mustaqil bo‘lishga intilgan Kataloniya vakili hisoblanadi. «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi o‘yinlar doimo keskinliklarga boy bo‘lib, bu yerda qo‘pol qoidabuzarliklar, qizil kartochkalar va janjallar odatiy hol bo‘lib qolgan. Biroq, «El-klassiko» - bu dunyo futboli muxlislarini qoq ikkiga bo‘lib yuboradigan eng yaxshi uchrashuv bo‘lib qolaveradi.

Kiritildi: 16:32, 29.06.2021. O'qildi: 3797 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик