Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rakurs: Bir xushchaqchaq voqea ortidan

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

2007 yilning yozida Finlyandiya va Belgiya milliy jamoalari Yevro-2008 saralashi doirasida o‘zaro kuch sinashdi. O‘yinning 19-daqiqasida hakam harakatni to‘xtatib qo‘ydi. Sabab - maydon atrofiga boyqush uchib kelgandi. U ma’lum muddat hamma-hammani o‘ziga qaratdi: avvaliga Belgiya termasi darvozasi to‘siniga qo‘ndi, keyin aylana shaklida uchib, finlyandiyaliklar darvozasi ustidan qo‘nim topdi. 6 daqiqa davom etgan «qush tomoshasi» payti hakamlar ham, futbolchilar ham nima qilishni bilmay, jimgina kuzatishdi. Boyaqish boyqush bu orada o‘z o‘rnini ikki marta o‘zgartirdi, ammo maydonda qoldi. Muhimi, kutilmagan «mehmon»ning ushbu tryuklari stadionda hozir bo‘lganlarga juda yoqdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, muxlislar boyqushni baralla olqishlashga tushdilar: «Bubi! Bubi!» Yakunda qush bosh hakam tepasidan aylanib uchib, stadion xodimlari tepasidan ham o‘tdi va operator orqasidagi joyga qo‘ndi. Shu tariqa o‘yin qayta jonlandi.

Qiziq, muxlislar boyqushni nima uchun «Bubi» iborasi bilan erkalashgan? Aslida stadionga uchib kelgan boyqush turi lotin tilida shunday nomlanadi, ammo muxlislar boshqa sabab tufayli «Bubi» atamasidan foydalanishgan. Gap shundaki, qush sharhlovchilarga ajratilgan joyga ham qo‘ngandi. O‘sha kuni u yerda aynan «Bubi» laqabi bilan tanilgan finlyandiyalik eng mashhur sharhlovchi Bror-Erik Valenius ishlagandi. Yana bir tomoni, 6 daqiqalik tanaffusdan keyin jamoa­lar o‘yinni davom ettirganida ham, boyqush stadion hududidan chiqib ketmadi. U Finlyandiya termasining birinchi goliga qadar arena ichida qoldi. Qush shundan keyingina uchib ketdi va finnlar qolgan daqiqalarda yana bir gol urishdi. Yakunda jamoaning Yevro-2008 final raundiga chiqishiga atigi 3 ochko yetishmadi: Finlyandiya termasi turnir jadvalida Polsha, Portugaliya va Serbiya jamoalaridan pastga joylashdi. Belgiya termasi esa o‘shanda guruhda atigi 5-o‘rinni band etgandi.

O‘yindan keyin belgiyaliklar boyqush parvozi ortidan yuzaga kelgan tanaffus o‘yinga katta ta’sir ko‘rsatganini aytishdi. Finlyandiya terma jamoasining o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Roy Xojson ham boyqush o‘yin yo‘nalishini butkul o‘zgartirib yuborganini tan oldi. Lekin eng muhimi, finlyandiyaliklar shu boyqushni milliy jamoaning yangi ramzi sifatida tan olishdi. Keyinchalik terma jamoaga «Bubi» sharafiga laqab berildi. Aniqrog‘i, OAVda Finlyandiya terma jamoasiga nisbatan «boyqushlar» laqabini ishlatish odatga aylandi. Oradan 1 yil o‘tgach, hattoki, UYEFA rasmiy saytida ham «Bubi» bilan yuzaga kelgan voqea haqida alohida maqola yozildi. Finlyandiya Jurnalistlari uyushmasi esa hammadan o‘tib tushib, boyqushni Xelsinkining 2007 yildagi asosiy personaji sifatida e’tirof etdi.

Endi barcha ijtimoiy tarmoqlarda Finlyandiya terma jamoasiga nisbatan «Boyqushlar» (Huuhkajat) laqabi ishlatilmoqda. Masalan, Skandinaviya jamoasining «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi ham boyqush tasviri bilan bezatilgan. Ornitologlar (qushshunoslar)ning kuzatuvlariga qaraganda, o‘yin vaqti hammani o‘ziga qaratgan boyqush stadion yoniga 2006 yilning kuzida joylashgan. U odatda kunduzi stadion atrofida parvoz qiladi, kechasi shu atroflardan yemish qidiradi. Umuman olganda, statistikaga ko‘ra, yangi asrning dastlabki yillarida Xelsinki va uning atrofida boyqush hamda boyo‘g‘li soni ko‘paygan. Bu Finlyandiya poytaxtida quyonlar miqdori keskin oshgani bilan bog‘liq. Ornitologlarning ta’kidlashlaricha, ushbu jonivor - boyqushlar uchun ideal ovqat.

Qiziq, boyqushning futbolga takroriy tashrifi kuzatilganmi? Hozircha yo‘q. Finlyandiya Xavf­sizlik xizmati o‘tgan yili kuzda Polsha termasiga qarshi kechgan o‘yin arafasida agar shunga o‘xshash holat yana kuzatilsa, qush baland tovush vositasida qo‘rqitilishini ma’lum qilgandi: «Agar ovoz yordam bermasa, unda soqchilar «Bubi»ni to‘r yordamida ushlashga urinib ko‘rishadi». Ha, boyqush Xelsinki shahridagi «Olimpiya» stadionida yana bir necha marta ko‘rinish berdi, ammo futbol o‘yiniga boshqa xalaqit qilgani yo‘q.

Finlyandiya termasiga doir ayrim faktlar

*** Terma jamoaning Yevro-2020ga bergan «zayavkasi»da sof ruscha familiyali futbolchi bor - Robert Ivanov. Asli rossiyalik himoyachi otasi o‘limini og‘ir qabul qilgan, harbiy xizmatni o‘tagan va bobosi xotirasiga badaniga sher suratini chizdirgan.

*** Finlyandiya milliy jamoasi o‘z tarixida ilk marta katta turnirga chiqdi. Finnlar bunga qadar Roy Xojson va Yari Litmanen bilan ham Yevropa yoki jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagandilar.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:28, 02.07.2021. O'qildi: 3371 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик