Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6411 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2612 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      18:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      00:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2025

      05:55 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 1 с.
      06:45 "Страна спортивная".
      07:00 "Парусный спорт".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:05 "География спорта". Камышин.
      10:30 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      12:20 Д/ф "Светлана Журова. Бег к победе".
      13:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 1.
      14:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 1.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
      16:25 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      18:15 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 2 с.
      19:00 "Парусный спорт".
      19:30 "Непобедимый".
      20:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:10 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      01:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      01:30 "Команда мечты".
      02:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 1.
      03:05 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 1.
      04:20 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. Костя Цзю против Бэна Таки. Бой за титулы IBF World и WBC World 1-м полусреднем весе.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Век нашего спорта". "1905 - 1910 гг.".
      16:50 "Тайны звёзд спорта".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Енисей" (Красноярск) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      19:25 "Магия большого спорта". "Футбол".
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Боливия. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Финал.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      07:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      09:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      13:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      15:30 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Женщины.
      16:30 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Мужчины.
      17:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      20:50 Маунтинбайк. Эндуро. "Гравий и слава", 1 эп.
      21:20 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ольбии, Италия. Электрический кросс-кантри. Обзор.
      21:50 LIVE Велоспорт. Тур Нидерландов. Пролог. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      00:15 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3 в Чжэнчжоу, Китай. Обзор.
      00:45 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Обзор сезона.
      01:45 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 4. BP Ultimate Rally-Raid в Португалии. Обзор.
      02:15 Автоспорт. Ралли-рейд. Extreme H. Этап 1 в Саудовской Аравии.
      03:30 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      04:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Пролог. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: Faylasuf, yo‘lboshchi, faqat o‘zgacharoq...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Murabbiylar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘z maydonida avvaliga Finlyandiya, keyin Belgiya termalariga imkoniyatni boy bergan Daniya milliy jamoasi dastlabki 2ta o‘yinda urilmagan gollarini guruh raundi yakuniy turida Matvey Safonovga «tortiq» etdi. «Dinamitlar» shu asnoda Yevro-2020 1|8 finaliga yo‘l olishdi, Rossiya termasi esa, «V» kvartetining oxirgi o‘rni bilan cheklandi. Daniyaliklarning eng zarur pallada talab darajasida «portlash»­larida jamoa bosh murabbiyi Kasper Xyulmandning roli katta. Demak, bugun Skandinaviya mamlakati futboli rivojida fidokorlik qilayotgan o‘zgacharoq va faylasuf murabbiy haqida gaplashamiz.

JAROHATLAR QIYNAGANIDA...

Kasper Xyulmand Daniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga ko‘tarilishiga qadar o‘ta ajablanarli yo‘lni bosib o‘tdi: doimiy jarohatlar jafosi ortidan 26 yoshidayoq butsalarini mixga ildi, keyin inqirozga yuz tutgan jamoa mashg‘ulotlari jarayonini stadion tomidan turib, suratga tushirib yurdi. Shuningdek, Daniya bolalar va o‘smirlar futbolining islohotida faol ishtirok etib, Yusuf Poulsen, Pyer-Emil Xeybyerg va Andreas Kristensen kabi yigitlarning terma jamoadan joy olishlarida muhim rol bajardi. O‘smir Kasper o‘tgan asrning 80-yillarida dovrug‘ qozongan «Ayaks» o‘yinlarini ko‘rgach, futbolga nisbatan dunyoqarashini butunlay o‘zgartirdi. Daniya futbolining himoyaviy uslubiga ko‘nikib qolgan yigitcha Yoxan Kroyff jamoasi namoyish etgan o‘yinni hayratdan dong qotgan tarzda kuzatgandi. Yana 10 yillardan keyin esa, u bor e’tiborini «Barselona»ga qarata boshladi, hattoki, Mikael Laudrup bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan tanishi yordamida Ispaniyaga safar uyushtirib, jamoa mashg‘ulotlarini bevosita kuzatdi, ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani xususida muayyan tasavvur hosil qilib qaytdi. Bo‘lajak murabbiy ayni shu safar davomida Daniya futboliga aynan nimalar yetishmayotganligi yuzasidan aniq xulosaga keldi: «Ortga qaytgach, hamkasblarimga ayrim jihatlarni tushuntirishga harakat qildim va yurtimizda professional sport tarixi juda qisqaligiga amin bo‘ldim. Ba’zi mutaxassislar futbolchi fao­-liyatida parhez muhim rol o‘ynashini inkor etishdi. «Liverpul» Chempionlar kubogida g‘alaba qozonganida, naq 55 kishi medal bilan taqdirlandi. Ularning atigi 25 nafari futbolchi bo‘lsa, qolganlar - murabbiylar shtabi va xizmatchilar. Bundan tegishli xulosa chiqarib, futbol shu tomonga tobora kuchliroq odimlayotgani, xorij tajribasini o‘zlashtirishimiz va bilimlardan keng foydalanishimiz zarurligini tushundim».

Xyulmandning o‘zi vaqtida professional darajada to‘p surgan, ammo jarohatlar unga ko‘p aziyat bergandi. Deylik, Kasper 19 yoshida omadsiz amalga oshirilgan «podkat» usuli tufayli tizzasini jiddiy shikastlagan va jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezgandi. Keyinchalik ayni shu tizzasi yana 6 marta pand berdi, boz ustiga, ikkinchi oyog‘i va qovug‘iga bog‘liq muammolar tufayli 3 bora jarroh ko‘magiga muhtoj bo‘ldi. Oxir-oqibat, futbolchi 26 yoshga to‘lganida, shifokor uning maydonga tushishini taqiqlab qo‘ydi. «Aslida futbolchilik davrida ham turli yumushlar bilan shug‘ullanganman. Chunonchi, tez-tez jarohatlanib, ishsiz qolardim. Lekin 26 yoshda sevimli o‘yin bilan boshqa shug‘ullanolmasligim oydinlashgach, orzularim chilparchin bo‘ldi, go‘yo», - deya xotirlaydi Kasper Xyulmand.

 

TANAZZULGA YUZ TUTGAN JAMOA FIDOYISI

«Lyungbyu» klubi sport direktori Birger Yergensen 1998 yili Kasperni o‘z huzuriga chaqirib, murabbiylik vazifasini taklif etdi. Shu tariqa yangi sohaga bosh suqqan yosh mutaxassis 8 yil davomida 18 yosh toifasidan asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bunda murakkab davr ham kuzatildi. Ya’ni jamoa 2001 yili inqirozga uchradi, ammo Xyulmand qo‘l ko‘tarishni istamadi. Aksincha, ertalab soat 6da ishga kelib, dami chiqib ketgan eski to‘plarni tartibga solib, jamoa­da qolgan yigitlar bilan astoydil shug‘ullana boshladi. Kasper ayni o‘sha davrda mo‘’jazgina kamera sotib olib, jamoa mashg‘ulotlari va o‘yinlarini tasvirga tushirishga odatlandi. Bu ishni stadion tomida amalga oshirgani ortidan hattoki, polisiyachidan dakki eshitishiga ham to‘g‘ri kelgandi. O‘sha davrda statistika xizmati hali bu qadar rivojlangan emasdi va murabbiy futbolchilarga saboq berish uchun tayyorlanadigan videoroliklar montaji bilan ham o‘zi shug‘ullanardi. Kasper bunday yumushlarni «eksperimentlar laboratoriyasi» sifatida ko‘rardi. Xyulmand keyinchalik «Nordshelland» bosh murabbiyi yordamchisiga aylandi, yana bir necha yil o‘tgach, boshqaruv tizginini o‘z qo‘liga oldi. 2012 yilga kelib, jamoani dastlabki chempionlik sari yetakladi. Hozircha o‘sha zafar «Nordshelland» uchun yagona bo‘lib qolmoqda. «Jamoalarga yordam bera olishimga hech qachon shubhalanmaganman. Ammo o‘zim hamisha ishonchga muhtoj edim. Odamni qandaydir qutiga qamab qo‘yish mumkin emas. «Lyungbyu»da mustaqil ish yuritishimga sharoit yaratib berishdi va o‘zim o‘ylagan manzillarga ancha yaqinlashdim. «Nordshelland»da ham shunday muhitda faoliyat olib bordim», - degandi Kasper. 2014 yili daniyalik murabbiyni «Mayns»ga chorlashdi. Xyulmand shartnoma ostiga imzo chekishi oldidan to‘liq erkinlik huquqini talab qildi, jamoa rahbariya­ti bunga va’da berdi. Lekin 8 oydan keyin Kasperning ortga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Faoliyatining ayni shu davri uning uslubini yoqtirmaydiganlarga tanqid uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

 

XYULMAND - BOLALAR FUTBOLI ISLOHOTCHISI

Kasper o‘z vatanida yoshlarga ustozlik qilish bilan cheklanib qolmay, islohotlar jarayonida ham faollik ko‘rsatdi. U ikki asr oralig‘ida murabbiylik kursisida terma jamoaning sobiq a’zosi Keld Bordinggaard bilan tanishdi. Ular qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng yakdil xulosa chiqarishdi: «Daniyada bolalarga noto‘g‘ri tahsil berilmoqda». Bunda bolalarning juda barvaqt katta maydonlarda o‘ynashlarini asosiy dalil sifatida qayd etishdi. Bolakaylar bunday sharoitda to‘p bilan kam muomala qiladilar, oqibatda ularda fikr­lash qobiliyati pasayadi, texnik salohiyat rivojiga ham putur yetadi. «Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalar oxirgi yillarda ko‘chalarda o‘ynamay qo‘yishdi. Vaholanki, ular kichik hududlarda, 2ga 2 yoki 4ga 4 tizimida kuch sinashib, ko‘p narsa o‘rganishlari mumkin. Ammo endi bolalar klublarda shug‘ullanishmoqda va birdaniga 11ga 11 tizimida to‘p surishmoqda. Bunday muhitda tarbiyalanuvchi bir o‘yin davomida atigi 4 marta to‘pga teginishi mumkin. Oqibatda u futboldan tez zerikadi yoki mahoratini talab darajasida rivojlantirolmaydi. Bolakaylarga zavq-shavq bilan to‘p suradigan, mahoratlari oshishini ta’minlaydigan sharoitni qanday yaratish mumkin? Albatta, o‘yin orqali o‘rgatish asnosida. Albert Eynshteyn bejiz aytmagan: «O‘yin - tadqiqotlarning eng oliy formasi», - degandi Xyulmand.

Muhimi, Daniya futbol ittifoqi ikki murabbiyning xulosa va tavsiyalarini inobatga oldi va yosh futbolchilarni tayyorlash tizimiga tegishli o‘zgarishlar kiritdi. Deylik, bolakaylar maktablarda 5ga 5 ko‘rinishida kuch sinashadigan bo‘ldilar, mamlakatda kichik darvozali maydonchalar bunyod etildi. Asosiysi, 2005 yili Daniyada «Iqtidorlarni kompleks rivojlantirish» dasturi qabul qilindi, bunda Kasper Xyulmand kuratorlardan biri bo‘ldi. «Agar terma jamoaning 10 yildan keyin yaxshi natijalarga erishishini istasak, hozirgi bolalar bilan talab darajasida ishlashimiz shart», -  deya qat’iy gapirgandi Kasper o‘sha payt. Mana, yangi tizimning samarasi yaqqol bo‘y ko‘rsata boshladi. Yusuf Poulsen, Pyer-Emil Xeybyerg, Andreas Kristensen, Rizo Durmisi, Viktor Fisher va Kristian Nergor ayni shu sa’y-harakatlarning ilk mevalaridir.

 

XYULMAND -  FALSAFA SHAYDOSI

Uning fikricha, gumon - muvaffaqiyat garovi. Kasper kutubxonasidagi kitoblarning asosiy qismi futbolga taalluqli emas. Shkaflarda Sartr, Kamyu va Kyerkegor asarlari bor. Kasper o‘smirlik chog‘idan falsafaga alohida qiziqqan. U ishonarli g‘oya izlagandi. «Fikrni nima harakatga aylantirishini bilish qiziqarli. Fikrlash jarayoni yanada qiziqarli. Futbolni olsak, 30-yillarda Xugo Mayslni Vena qahvaxonalarida o‘tirib olib, o‘zgacha o‘ynash mumkinligi haqida bosh qotirishga nima majbur etgandi? Keyin shu izlanish Avstriya futbolidagi ulkan shov-shuvga olib keldi. Yoki sobiq ittifoqda Valeriy Lobanovskiy va Niderlandiyada Rinus Mixels dunyoni larzaga solgan total futbolni qanday yo‘lga qo‘yishgan? 80-yillarda nima Arrigo Sakkini himoyada hududiy o‘yin uslubini qo‘llashga majbur etgan? Ajoyib g‘oyalar qayerdan kelishi, qanday yuzaga chiqishini bilish istagi menga sira tinchlik bermaydi» - deydi Kasper. - Boshida o‘zimni ham qandaydir yangilik yaratgan yosh murabbiy sifatida bilardim. Lekin aslida bunday emas. Hammasi biz dunyoga kelishimizdan ancha avval o‘ylab topilgan. Mavzuga chuqurroq yondashib, bosh­qacha ifoda etsak, yangi yorliq yopishtirilgan idish ichida ko‘hna sharob bor...». Xyulmandning fikricha, muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l - shubha-gumonlar ichida yashirin: «Ayrimlar shubhani zaiflik sifatida baholashadi. Ammo shaxsiy fikrimcha, shubha - harakatga keltiruvchi asosiy kuch. Faoliyatimdagi eng yaxshi uchrashuvlarni umuman notanish raqiblarga qarshi kurashlarda o‘tkazganman». Kasper Xyulmand uchun eng muhimi - terma jamoaning muxlislar bilan aloqani aniq his etishi. «Maqsadimiz - daniyaliklar qalbiga quvonchli titroqni olib kirish. G‘alabamiz, maydondagi shijoatimiz va qayerdan kelganimizni unutmagan holda, albatta. Bu yigitlar yurtimizning turli shaharlaridan to‘planishgan. Ular o‘z hududlarida ulg‘ayotgan bolalar va qizaloqlar sharafini himoya qilmoqdalar. Yo‘q, bu mening yoki Daniya futbol ittifoqiniki emas, balki bizning umumiy jamoamiz. Fuqarolarimiz terma jamoa bilan faxrlanishlarini istayman. G‘alaba qozonish va sovrinlarni qo‘lga kiritish mumkin. Shuningdek, qalblarni zabt etish imkoni ham bor. Menga ikkinchisi ma’qulroq. Endi futbolda eng muhimi g‘alaba qabilidagi tushunchaga chek qo‘yish kerak. Ha, natija quvonch bag‘ishlaydi, ammo o‘yinning o‘zi ham takrorlanmas zavq ulashishi, ilhom uyg‘otishi mumkin» - darhaqiqat, daniyalik faylasuf murabbiyga e’tiroz bildirishning iloji yo‘q. Uning jamoasi Daniya­ga guruh bosqichidayoq finaldagidan ziyoda quvonch tortiq etdi...

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 05.07.2021. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.